Raqobat shakllari:
1. Ishlab chiqaruvchi larning bozordagi mavqeiga ko`ra
2. Miqyosiga
ko`ra:
- Tarmoqlar ichidagi raqobat;
- Tarmoqlar o`rtasidagi raqobat;
- Millliy xo`jalik doirasidagi raqobat;
- Jahon xo`jaligi doirasidagi raqobat.
3. Sodir bo`lish xarakteriga ko`ra
- Tartibsiz (stixiyali) raqobat;
- Tartibga solinadigan raqobat
4. Amalga oshirish usuliga ko`ra:
5. Amalga oshirish yo`liga ko`ra:
- Xalol raqobat;
- G`irrom raqobat.
Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) larning bozordagi mavqeini belgilab beruvchi omillar:
- Ishlab chiqaruvchi (sotuvchilar) soni.
- To`siqlarning mavjudlik darajasi (bozorga kirish va undan chiqib ketish).
|
Sof raqobat
|
Sof monopoliya
|
Monopolistik raqobat
|
Oligapoliya
|
1.Ishlab chiqaruvchi (sotuvchilar) soni
|
Juda ko`p
|
Yagona
|
Nisbatan ko`proq
|
Kam sonli
|
2. To`siqlarning mavjudlik darajasi
|
Mavjud emas
|
Katta, taqiqlash bilan barobar
|
Unchalik katta emas
|
Katta
|
Raqobat shakllari
Asosiy
belgilar
- Tarmoq ichidagi raqobat – mahsulot ishlab chiqarish va sotishda qulay sharoitga ega bo`lish uchun bir tarmoq korxonalar o`rtasida boradi. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida turli ishlab chiqaruvchilar tovarlarning individual (alohida) narxi bozor narxiga aylanadi.
- Tarmoqlar o`rtasidagi raqobat – turli tarmoq korxonalari o`rtasida yuqoru foydaga ega bo`lish uchun boradi. Bu raqobat natijasida korxonalarda hosil bo`lgan turli foyda normalari o`rtacha foydaga aylanib boriladi.
- Millli xo`jalik doirasidagi raqobat – natijasida o`rtacha narxlar va bozor subyektlarining yalpi milliy (ichki) mahsulotdagi ulushi aniqlanadi.
- Jahon xo`jaligidagi raqobat – turli davlatlar milliy ishlab chiqaruvchilarning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlash uchun boradi va uning natijasida alohida tovarrlarning jahon narxlari shakllanadi.
- Tartibsiz (stixiyali) raqobat - bozor kuchlarining ta`sirida, tabiiy ravishda ro`y beradi.
- Tartibga solinadigan raqobat – madaniylashgan tarzda va ma`lum me`yorlar doirasida sodir bo`ladi.
Narxning raqobat vositasi sifatida qo`llanish darajasiga qarab narx yordamidagi va narxsiz raqobat ajratiladi.
Raqobatlashishda g`ayrioddiy usullar (josuslik, qotillik, zo`ravonlik va h.k.) ning qo`llanish darajasiga ko`ra halol va g`irrom raqobat farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |