Mavzu: Navoiy hayoti va ijodi. G`azallar tahlili


Download 215 Kb.
bet20/31
Sana05.01.2022
Hajmi215 Kb.
#218912
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
8-sinf adabiyot 2-chorak

MIRRIX YULDUZIGA
Go‘zal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqg‘ani!

Nega bizdan qochib muncha uzoqlarg‘a tushibsan,

Tuvg‘aningga nechun sira gapurmasdan turibsan?

So‘yla, yulduz, holing nadir? Nechuk topding dunyoni?

Bizning yerda bo‘lib turgan tubanliklar, xo‘rliklar.

So‘yla, yulduz, sening dag‘i1 quchogMngda bo‘lurmi?

Bormi senda bizim kabi insonlar,

Ikki yuzli ishbuzarlar, shaytonlar.

O‘rtoq qonin qonmay ichkan zuluklar,

Qaardosh etin to‘ymay yegan qoplonlar?

Bormi senda o‘ksuz2 yo‘qsulning qonin –

Gurunglashib, chog‘ir3 kabi ichkanlar?

Bormi senda butun dunyo tuzugin4

O‘z qopchig‘in to‘ldirg‘ali buzg‘anlar.

Bormi senda bir o‘lkani yondirib,

O‘z qozonin qaynatg‘uchi xoqonlar.

Bormi senda qorin-qursoq yo‘lida

Elin, yurtin, borin-yo‘g‘in sotqonlar?


Fitratshunoslarning ta’kidlashicha, «Mirrix yulduziga» she’ri 1920-yilda yozilgan. Xo‘sh, bunchalik dard va fig‘onga to‘la she’r yozilishiga o‘sha yillari nimalar sabab bo‘lgan?

Kelasi o‘quv yilining tarix darslarida Turkiston o‘lkasining XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid tafsilotlar bilan batafsil tanishasiz. Biz hozir millatparvar ijodkorlar qatbini yaralagan o‘sha davrning ayrim voqealarinigina aytib o‘tamiz. Shundagina Fitrat she’rining mohiyatini, bu asarda mujassam bo‘lgan millat qayg‘usini anglash mumkin bo‘ladi. Shundagina shoir Fitrat jasorati, uning insoniy fazilatlari ko‘z oldimizda yaqqolroq namoyon bo‘ladi...




Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling