Mavzu: Navoiy hayoti va ijodi. G`azallar tahlili


Darsning usuli: Induktiv (bosqichma-bosqich)


Download 215 Kb.
bet19/31
Sana05.01.2022
Hajmi215 Kb.
#218912
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
8-sinf adabiyot 2-chorak

Darsning usuli: Induktiv (bosqichma-bosqich)

Darsning turi:Yangi bilimlarni o`rganish


Sana

Darsning umumiy vaqti



Darsning



tarkibiga



ajratilgan



vaqt





Dasning tashkiliy qismi


O`tgan mavzuni takrorlash


Yangi dars bayoni


Yangi darsni mustahkamlash


Uy vazifasini baholash






45 daqiqa

3 daqiqa

10 daqiqa

10 daqiqa

17 daqiqa

5 daqiqa


1.Darsning tashkiliy qismi:

A) salomlashish

B) davomat

E) Ta`lim-tarbiya ishlari

2.O`tilgan mavzularni takrorlash

Yangi mavzu:

XX ASR OZBEK ADABIYOTIDAN

ABDURAUF FITRAT

(1886-1938)
XX asr boshidagi o‘zbek milliy uyg‘onish davri adabiyotining yetakchi siymolaridan biri Abdurauf Fitrat ko‘hna ilm-fan markazlaridan bo‘lmish Buxoro shahrida 1886-yilda tavallud topgan.

Shundan so‘ng 1911-1912-yillarda birin-ketin uning forsiy tilda yozilgan she’rlari to‘plami – «Sayha» («Na’ra»), nasriy asari -«Hind sayyohi qissasi» («Bayonoti sayyohi hindi») bosilib chiqadi. O‘sha yillari Turkiya yoshlari orasida avj olgan hurfikrlilik Fitratga ham kuchli ta’sir etgani, u uzoqda turib, ona yurti Buxoroning ayanchli ahvoliga qanchalar achingani mazkur asarlarda o‘z ifodasini topdi.

Biroq o‘qishni tugallab yurtiga qaytgan Fitrat mavjud ahvolni o‘zgartirish oson kechmasligini ich-ichdan his qiladi. Zero, butun Turkistonda bo‘lgani singari Buxoroda ham diniy mutaassiblik, jaholat va qonunsizlik barcha jabhalarda hukm surar, kishilar ongida o‘zgarish yasamay turib, jamiyatda biror ijobiy o‘zgarish qilishning imkoniyati yo‘q edi.

. 1920-yil oxirlarida Fitrat o‘zining sadoqatli do‘sti Fayzulla Xo‘jayevning taklifi bilan Buxoroga qaytadi. Unga F.Xo‘jayev boshchiligidagi Buxoro hukumatining yirik lavozimlari ishonib topshiriladi. Fitrat va F.Xo‘jayev tashabbusi bilan o‘sha yillardayoq 60 nafardan ko‘proq yoshlar davlat yo‘li bilan Germaniyaga o‘qishga yuboriladi. 1921-yil mart oyidan e’tiboran Buxoro Jumhuriyatida turk (o‘zbek) tili davlat tili deb e’lon qilinadi. Buxoro teatri ish boshlaydi, ilmiy jamiyatlar tuziladi...

Fayzulla Xo‘jayevning ko‘magi bilan adib Moskvaga ketadi va 1923–1924-yillarda Sharq tillari institutida mehnat qiladi. Shuningdek, hozirgi Sankt-Peterburg universitetining Sharq fakultetida sharq xalqlari tili, adabiyoti, madaniyatidan ma’ruzalar o‘qiydi, professorlik unvoniga ega bo‘ladi.

Ilmiy faoliyatga jiddiy berilgan Fitrat shu yillari «Bedil» ilmiy-ommabop ocherkini, «O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba: Sarf (1-kitob), Nahv (2-kitob)», «Sarfi zaboni tojik», «Adabiyot qoidalari» singari darslik-qo‘llanmalarni e’lon qiladi.

Adib O‘zbekistonga 1927-yilda qaytib keladi. Samarqandda tashkil etilgan Oliy Pedagogika instituti (hozirgi SamDU) da ishlay boshlaydi. Ilmiy izlanishlarining mevasi o‘laroq, birin-ketin uning «Eng eski turkiy adabiyot namunalari», «O‘zbek adabiyoti namunalari», «Sharq shaxmati», «O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi», «Fors shoiri Umar Xayyom» singari ilmiy asarlari dunyoga keldi.

Afsuski, 30-yillardan e’tiboran avj olib ketgan siyosiy ta’qib -terror muhiti ko‘plab milliy ziyolilar qatori professor Fitratni ham chetlab o‘tmadi. Vaqtli matbuotda, ketma-ket uyushtirilgan turli majlislarda Fitrat «millatchi», «turkparast», «islomparast», hatto «g‘arbning josusi» sifatida qoralandi, unga kurakda turmaydigan ayblovlar taqaldi. Nihoyat, 1937-yilning 24-aprelida u qamoqqa olindi.

Tergovning biror bir qonuniy talablariga amal qilinmay o‘tkazilgan so‘roq-savollardan so‘ng, Abdurauf Fitrat «xalq dushmani» sifatida ayblanib, 1938-yilning 4-oktabrida Toshkentda otib o‘ldirildi. Bu qotillikning g‘ayriqonuniy harakat ekanini shundan ham bilsak bo‘ladiki, Fitratning qatl etilishi e’lon qilingan hukmga u ijro etilganidan bir kun keyin – 5-oktabrda imzo chekilgan...

Yurtimiz istiqlolga erishganidan keyingina millatparvar shoir-yozuvchilarimiz to‘g‘risidagi barcha haqiqat ro‘yobga chiqdi. Fitratshunos olimlarimizdan H. Boltaboyev, B.Qosimov, I. G‘aniyev, B. Ergashev va boshqalar adib hayoti va ijodi to‘g‘risida o‘nlab yangi tadqiqotlarni e’lon qildilar.

«Ma’naviyat» nashriyoti tomonidan 2000-yilda Fitratning 2 jildlik «Tanlangan asarlar» to‘plami chop etildi. Bugun Fitrat nomida Respublikamizning barcha viloyatlarida ko‘chalar bor. Buxoroda Lining yodgorlik muzeyi ochilgan, xiyobon barpo etilgan. Abdurauf Fitratga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti va «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berilgan.


Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling