Mavzu: navoiy ruboiylari tahlili dars jadvali
Download 40.58 Kb.
|
Ochiq dars savollari
MAVZU: NAVOIY RUBOIYLARI TAHLILI DARS JADVALI: 1.She`riy lahzalar 2.O`tilgan mavzularni takrorlash (tezkor savollar, mushoiraxonlik, xalq og`zaki ijodi) 3.Yangi mavzu bayoni 4. Mustahkamlash 5.Dars yakuni va uyga vazifa Darsning maqsadi: 1.Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga ruboiy janri haqida ma`lumot berish. 2.Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarda mumtoz allomalar ijodiga qiziqish uyg`otish. 3.Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning og`zaki nutqini o`stirish shakllantiriladigan kompetensiya: Nutqiy kompetensiya, o`qish,yozish,tinglab tushunish Dars turi. An`anaviy, guruh va yakka tartibda ishlash Dars usuli. Savol – javob, suhbatlashish Tezkor savollar 1.Yirik dostonchilik maktablari qachon payo bo`lgan? 2.xx-asrning 50-yillarida xalq dostonlariga jumladan, qaysi dostonga bu asar mehnatkash, xalq manfaatini emas, balki yuqori tabaqalar manfaatini himoya qiladi degan mafkuraviy ayblar qo`yiladi. 3.Bazzoz so`zining ma`nosini ayting. 4. O`z zamonasining “Malik ul kalomi “ deb e`zozlangan shoir kim? 5.Navoiy qaysi asarida Lutfiy haqida ma`lumot beradi. 6.Qaysi asar uzoq yillar davomida Lutfiyga tegishli deb taxmin qilingan. 7.Lutfiy ijodidan qanday janrlar o`rin olgan. 8.Ikki tilda erkin ijod qilaoladigan shoirlarni qanday shoir deb ataymiz. 9.Bobur nomli xalqaro jamoat fondi tashabbusi bilan 2006-yilda qanday ishlar amalga oshiriladi. 10.Beshak, biling bu dunyo barcha eldin o`taro, ishonmagil molingga bir kun qo`ldan ketaro. Misralari muallifini toping 11.Faqat turkiy adabiyotga xoz janr? 12.Navoiy kichikligidanoq kimning qaysi asarini yoddan bilardi. 13. Navoiy 1483-1485-yillar oralig`ida qaysi asarni yaratdi. 14.Arabchadan olingan bo`lib to`rtlik degan ma`noni beruvchi lirik janr? 15.Navoiyning 1492-1499-yillar oralig`ida tuzgan devoni? 16.Navoiyning do`sti H.Bayqaro taxtga chiqishi munosabati bilan qanday asar yozgan. 17. Navoiyning so`nggi asari? 18.Keyingi yillarda, qaysi shaharlarda Navoiy haykali o`rnatilgan. 19.1466-1469-yillarda Navoiy qayerlarda ta`lim olgan? “gardun gah mang jafo-u dunluq qildi.........” Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi, Baxtim kibi, har ishta zabunluq qildi, Gah kom sari rahnamunluq qildi, Alqissa, base buqalamunluq qildi. “ahbob, yigitlikni g`animat tutunguz...........” Ahbob, yigitlikni g`animat tutunguz. O`zni qariliq mehnatidin qo`rqutungiz. Oyini adovat-u hasadini o`tungiz, Har nav,ila o`zni necha kun ovutunguz. “ey umri aziz” radifli ruboiy Jondin seni ko`p sevaveraman, ey umri aziz, Sondin seni ko`p sevaveraman,ey umri aziz. Har neniki sevmak ondin ortuq bo`lmas, Ondin seni ko`p sevaveraman,ey umri aziz. “bo`lmas emish “ radifli ruboiy G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish, El anga shafiq-u mehribon bo`lmas emish. Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulg`a tikandek oshyon bo`lmas emish Download 40.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling