Mavzu: nazariy jihatdan talab qilinadigan havo miqdori va yonish mahsulotlarining hajmlari
Yonish mahsulotlarining hajmiy ulushlari
Download 33.26 Kb.
|
marjan 2
Yonish mahsulotlarining hajmiy ulushlari.Qattiq va suyuq yoqilg‘ining elementar tarkibini quyidagicha yozish mumkin:
C+H+S+O+N+A+W=100% (1.1) Yoqilg‘ining yonuvchan qismiga uglerod, vodorod va oltingugurt kiradi. Yoqilg‘ining yonmaydigan qismiga eca, azot, kislorod, namlik W va yoqilg‘i yonganda kulga aylanadigan mineral moddalar A kiradi. Yoqilg‘ining tarkibi ishchi, quruq, yonuvchan va organik massalarga ajratiladi. Xar bir massa tarkibiga mos ravishda quyidagidek indekslar beriladi: ishchi – i; quruq – q; yonuvchan – yo; va organik – o; Yoqilg‘i iste’molchiga qaysi holda berilsa va yondirilsa, shu holdagi yoqilg‘iga ishchi yoqilg‘i, massasi va elementar tarkibi esa, mos ravishda ishchi massa va ish tarkibi deyiladi. Ishchi massaning elementar tarkibini quyidagicha yozish mumkin. (1.2) Yoqilg‘ini yonmaydigan elementlari uning ballastini tashkil etadi. Kislorod va azot yoqilg‘ining ichki ballasti, kul va namlik esa tashqi ballasti hisoblanadi. Yoqilg‘ining quruq massasi tarkibida namlik bo‘lmaydi: (1.3) Ishchi massadan quruq massani qayta hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega: (1.4) Yoqilg‘ining yonuvchan massasi tarkibida tashqi ballast, ya’ni namlik va kul bo‘lmaydi: (1.5) Bunday tarkibni “yonuvchan massa” deb aytishimiz shartli albatta, chunki uning tarkibidagi faqat C, H va S largina yonuvchan elementlar hisoblanadi. Yoqilg‘ining yonuvchan massasining tarkibi uning o‘zgarmas tavsifi bo‘lib, xajmi va kul miqdori o‘zgarganda ham bu tavsifi o‘zgarmaydi.Qattiq yoqilg‘idagi uglerod miqdori uning geologik yoshi ortishi bilan ko‘payadi. Masalan, torfdagi uglerod miqdori Cyo=5060%, qo‘ng‘ir ko‘mirda Cyo=6075%, toshko‘mirda Cyo=7590% ni tashkil etadi. Quruq va ishchi massadan yonuvchan massani qayta hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi. (1.6) Download 33.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling