Talaba portfoliosini baholash mezonlari
Talaba o’z-o’zini baholashda o’z faoliyatiga tanqid nuqtai nazaridan qarashi, nima uchun aynan ushbu bo’lim yoki mavzularni tanlaganligini o’zi mantiqan bilishi, bu uning ushbu fan bo’yicha umumiy bilimida qanday rol o’ynashi mumkinligini ifoda etishi kerak. «portfolio» yaratishdagi eng murakkab masala - taqdimotga loyiq materiallarni tanlash, ushbu materiallarga tushunarli tilda, ravon, mantiqan mazmunga boy va qisqa izoh yozish hisoblanadi.
Materiallarni to’g’ri tanlash, ularga izoh yozish hamda uni ob’yekiv baholashda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
Talaba faoliyati bo’yicha savollar:
-“Portfolio”ga material tanlashda siz qanday ishlarni amalga oshirdingiz? Nimaga erishdingiz, nimalarda qiynaldingiz?
-“Portfolio”da siz qiynalgan biror material bormi?
-Sizda “portfolio” yaratish bo’yicha mos namuna bormi? Axborotlarni qanday
tashkil qildingiz?
-Muammolarni qaytadan yorita olasizmi (topshiriqni yanada oddiyroq so’zlar
bilan)?
-Qaysi so’zlar, iboralar bu erda ahamiyatlliroq bo’ldi, nima uchun?
-Muammoni qayta yoritish qanchalik ratsional bo’ldi?
-Bu masala, muammo qanday savollarni keltirib chiqarishi mumkin?
-Siz ushbu savollarga yaqinroq savollar tuza olasizmi?
-Ushbu masalani yoki muammoni hal etishda siz uchun nimalar eng qiyin kechdi?
-Ushbu masalani, muammoni echish bilan siz qanday yangi bilimlarga
erishdingiz?
-Hayotda ushbu masala, muammoga o’xshash holatlar bo’lishi mumkinmi?
-Siz tavsiya etga javob ushbu muammo echimining yagona yo’limi?
-Guruhiy ishlashga qanday munosabat bildirasiz? Mashg’ulotda sizga
nimalar yoqadi, nimalar yoqmaydi?
-Ushbu masala sizning fan bo’yicha bilimlaringizni yanada ortdirishda foydali
bo’ladimi?
-Ota-onalar yoki taqrizchilarga savollar bera olasizmi?
-“Portfolio”dan sizning birinchi taasurotingiz qanday?
O’qituvchi faoliyati bo’yicha savollar:
-Talabaning “portfolio” materiallarini taqdimot qilishida sizni nimalar hayron qoldirdi, siz kutmagan holatlar bormi?
-O’z ishingizdan faxrlanish hissi bormi?
-O’z talabangizga kelajakda yordam berish uchun nimalar qilmoqchisiz?
-“portfolio” materiali qanchalik aniq va mantiqan to’g’ri tashkil etilgan?
-Talaba o’z portfoliosini qanchalik mustaqil yaratdi?
-“Portfolio”ni to’zishda sizdan tez-tez
maslahat oldimi?
-“Portfolio”ni to’zishda o’zi mustaqil
qanday materiallar va texnologiyalardan
foydalangan?
Do'stlaringiz bilan baham: |