Mavzu: Neft va gaz quduqlarining burg’ulash mashinalari va uskunalari
Download 14.14 Kb.
|
4 mustaqil
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Islom Karimov Nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti 18SV 21NGI gurux talabasi Yusupov Asadbekning Neft va gaz quduqlarini burg’ulash fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Mavzu: Neft va gaz quduqlarining burg’ulash mashinalari va uskunalari. Reja
Turbinаli burg‘ilаsh jаrаyonidа burg‘ini аylаntiruvchi аsbob uskunаlаr TS – turidаgi ikki seksiyali vа ZTS – turidаgi uch seksiyali turboburlаr. Turbinalarning ishi-valning aylanish chastotasi n, valning aylanish momenti M, quvvati N, bosimning tushishi ΔR va gidravlik foydalanish ish koeffitsiyenti η (f.i.k) bilan tavsiflanadi. Turbinlarning tavsifini sxemalari 5.4-rasmda tasvirlangan.Turbinlarning devoriy moslamada tekshirish tarxidan kо‘rinib turibdiki, M=F(nx) aylanish chastotasi bilan aylanish quvvati orasidagi bog‘lanish tо‘g‘richiziqga yaqindir. Bunda aylanish chastotasining tezligini oshishi bilan aylanishquvvati pasayib boradi. Turbinning ishlash tartibi ikkita: tormozli, ya’ni H=0 bо‘lganda, Mmaksimal kattalikga, maksimal qiymat teng bо‘lganda M=0 qiymatga teng bо‘ladi. Birinchi holatda turbin valiga shunday yuklama yuklash kerakki, uning aylanishi tо‘xtasin, ikkinchi holatda – yuklanmani umuman olish kerak. Bir – ikki va uch seksiyali turboburlar qо‘llaniladi, bir-biri bilan ketma-ket ulangan, ikkinchi turi reaktiv – turbina bо‘ladi, ikki va uch seksiyali, bir-biri bilan parallel ulangan. Bir seksiyali turboburning soddalashtirilgan qurilmasi. Bir seksiyali turbobur ikki guruh detallardan tashkiltopgan bо‘ladi, ular – aylanadigan va qо‘zg‘almas qismlardan iborat. Aylanuvchi detal (11) valga kiydiriladi. Unga birinchi pastki radial tayanch (15) vtulkasi kiydiriladi, valning ichki qismiga yuvish eritmasini haydash uchun teshikli tayanch–halqa – (14, 9, 10) turbinlarning 33-ta zinasi о‘rnatiladi. (5.5 va 5.6-rasmlar). Undan keyin о‘rta tayanchning (12) va о‘rta tayanchlarning (13) v) vtulkasi, о‘rtacha tayanchning ikkinchi vtulkasi 33-ta turbinning zinasi, (10) va о‘rtacha tayanchning 34-zinasi о‘rnatiladi. Shunday qilib, turbinning 100 ta zinasi va ikkita о‘rtacha tayanchlari о‘rnatiladi. Bundan keyin valga rostlovchi halqa (8) kiydiriladi, tovon diski – (5), halqa tovoni (7) va pastki tovon ostki (6) о‘rnatiladi. Undan keyin ikkinchi tayanch detallar yig‘indisi: tovon diski, tovon halqasi, tovon tagi va boshqalar о‘rnatiladi. Tayanchning (12) yig‘ma detallarini yig‘ib, mahkamlash detallari (3) burab mahkamlanadi, yuqori tovon diskiga (5) gayka, kalpak va kontrgaykalar esa oxirigacha (5.5 va 5.6-rasmlar, g) buraladi. Mahkamlash detallari (3) berilgan aylantirish momentining kattaligigacha buraladi, mahkamlangandan sо‘ng valga kiydirilgan hamma detallarning bir-biri va tayanch halqa (14) bilan ishonchli qisilishi tо‘liq ta’minlanadi. Bundan keyin turbobur korpusiga ikkita (1) uzatgich buraladi, korpus ichiga (4) tayanch vtulka о‘rnatiladi va val yig‘ilgan detallari bilan birgalikda turbobur korpusining pastki qismi orqali о‘rnatiladi. Ichki qismi rezina qoplami nippel (16), turbobur korpusiga (2) burab kirgiziladi, uning pastki sirtini ishonchli qisilishini ta’minlash uchun eng katta moment kattaligigacha buraladi. Hamma statorlar bir-biriga (13) о‘rta tayanchga, rostlash halqasiga (8), pastki tovonga (6) va tovonlar esa bir-biriga, (4) tirgak vtulkaga va turbobur korpusining yuqori qismidagi tayanchga ishonchli joylashishi uchun katta kuch bilan qisiladi (buraladi). urbobur korpusiga о‘rnatilgan hamma aylanuvchi detallarni, turbobur valiga kiydirilgan va harakatlanmaydigan hamma detallarni ishonchliligi qattiq friksionli mahkamlash orqali amalga oshiriladi. Yuvish eritmasi burg‘ilash tizmasidan (1) yuritma orqali turbobur korpusiga tо‘planadi (5.5-rasm, b) Keyin eritma qо‘zg‘almas tovon tagi (6) teshigidan о‘tadi, birinchi turbinga tushadi. О‘rtadagi ikki tayanch teshigi orqali turbindan – turbinga о‘tib teshiklar orqali turbobur valining ichiga tо‘planadi, (14) tayanch halqa orqali d) burg‘iga beriladi. Quduqlarning chuqurligi oshgan sari, burg‘ilash qurilmalarini mukammallashtirishga, ya’ni ikki seksiyali va uch seksiyali turboburlarni ishlab chiqishga tо‘g‘ri keldi. Ikki seksiyali turboburning quyi qismi yuqori seksiyasi (I) va yuqori qismi pastki seksiyalari (II) tasvirlangan. Korpusning yuqori va quyi qismlari bir-biri bilan (1) va (3) yuritmalar, vallar – konusli – shlisali yarim muftalar (2, 4) yordamida ulanadi. Quyi seksiya shunday bajarilganki, undan mustaqil holda foydalanish mumkin. T12 bir seksiyali turbobur valining yuqori qismidagi konstruksiyasi, tayanch jamlanmalar soni (tovon disklar, tovon tagliklar, tovon halqa) va turbinlar soni (statorlar, rotorlar) bilan farq qiladi. Yuqori tirgakdagi tayanch jamlanmalar sonining 18-25 ga kо‘paytirilgan, yuqori tayanch quyi seksiya ikkala seksiyada paydo bо‘ladigan о‘qli yuklanmalarni qabul qilishga mо‘ljallangan. Radial tayanchning funksiyasi xuddi T12 – T turidagi bir seksiyali turbobur kabi, yuqori tayanch, ikki о‘rta tayanchlar va nippellar vazifasini bajaradi. Tayanchlar oralig‘ida joylashgan turbinlar soni 80-100 ta. Yuqori seksiya, yuqori, bitta – ikkita о‘rta va quyi radial tayanchlar va ular oralig‘ida joylashgan (95-100 zina) turbinlardan iborat. ZTS – uch seksiyali turboburlar TS-turidagi ikki seksiyali turboburlardan о‘rta seksiyasiga radial tayanchlarning о‘rnatilganligi bilan farq qiladi. Turbindagi zinalarning umumiy soni 350 taga yetkaziladi, burg‘iga beriladigan quvvat kuchaytiriladi va turbin usulida chuqur quduqlarni burg‘ilash olib boriladi. Download 14.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling