Mavzu: Neftni birlamchi qayta ishlash
Download 19.72 Kb.
|
1 2
Bog'liq11. Neftni birlamchi qayta ishlash
3-rasm. Neftni haydashning atmosfera-vakuumli qurilmasining prinsipial texnologik sxemasi.
1,5–quvurli pechlar; 2,6–rektifikasiyalash kolonnalari; 3–issiqlik almashtirgichlar; 4 – kondensatorlar. 3-rasmda koʻrsatilganidek neft issiqlik almashtirgichlar orqali oʻtib, 170-175ºC gacha qizdiriladi va quvurli pech 1 ga beriladi. 350ºC gacha qizigan neft atmosfera bosimida ishlovchi kolonnaning bugʻlatish qismiga oʻtadi. Bunda neftni bir martalab bugʻlatish jarayoni sodir boʻladi. quvurli pechga tushgan neft birdaniga bugʻlanishi hisobiga bosimning keskin pasayishi sodir boʻladi va bunda issiqlikning bir qismi sarflanadi. Quyi haroratda qaynovchi fraksiyalarning bugʻlari yuqoriga intiladi va sovish hisobiga qisman kondensatlanadi. Suyuqlik bunda qiziydi va unda engil fraksiyalar uchib chiqadi. Ma’lum haroratlar oraligʻida turli tarkib va tuzilishga ega boʻlgan distilyatlar kolonna balandligiga koʻra ajratib olinadi. 300-350ºC da solyar distilyati, 200-300ºC da kerosin, 160-200ºC da ligroin fraksiyasi ajratib olinadi. Benzin bugʻlari kolonnaning yuqori qismidan tashqariga chiqariladi. 3 va 4 issiqlik almashtirgichlaridan sovutilib kondensatlantiriladi. Suyuq benzinning bir qismi kolonna 2 ga hoʻllash uchun beriladi. Quyi qismda mazut toʻplanadi, u ikkinchi vakuumda ishlovchi rektifikasion kolonna 6 ga keyingi haydash uchun beriladi. Mazut ikkinchi quvurli pech 5 da 400-420ºC gacha qizdiriladi. Hosil boʻlgan bugʻlar rektifikasion kolonna 6 ta tushadi. U yerda bosim 5,3-8,0 KPa holatda tutib turiladi. Kolonna quyisiga tushgan bugʻlanmaydigan suyuqlik ustiga suv bugʻi puflanib, undagi engil tarkibiy qismlarni bugʻlanish sharoiti osonlashtiriladi. Mazutni vakuumli haydashning mahsulotlar assortimenti haydashning qanday variantda moyli yoki yoqilgʻi olib borilishiga bogʻliq boʻladi. Moyli sxemada bir necha fraksiyalar, engil, oʻrta va ogʻir moy distilyatlari hosil qilinsa, yoqilgʻi sxemasida katalitik kreking yoki gidrokrekinga xom ashyo hisoblanadigan vakuumli gazoyl deb nomlanuvchi bitta fraksiya olinadi. Kolonnaning quyi qismida neftni vakuumda haydash qoldigʻi – gudron chiqarib olinadi. Gudron kimyoviy qayta ishlash usullari: termik kreking va kokslash orqali bitum va yuqori quyuq moylar ishlab chiqarish uchun xom-ashyo hisoblanadi. Download 19.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling