Mavzu: Neftni birlamchi qayta ishlash


Download 19.72 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi19.72 Kb.
#1587989
  1   2
Bog'liq
11. Neftni birlamchi qayta ishlash


Mavzu: Neftni birlamchi qayta ishlash
Reja:
1. Neftning tarkibi
2. Xom neftni dastlabki qayti ishlash
3. Neftni birlamchi qayta ishlash

O‘zbekiston noyob yoqilg‘i-energetika resurslariga ega. Respublikamizda 160 ta neft koni mavjud boʻlib, neft mavjud bo‘lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona. Neft zahiralari 1 trillion AQSh dollaridan ortiqroqdir.


Neft xom-ashyosi dastlab 1880-yildan qazib olina boshlagan, keyinchalik uni qazib olish eksponensial tarzda oʻsib borib, hozirgi ko’nda dunyo miqyosida yillik 3,2·109 m3 ni tashkil qiladi. Xom neft tarkibida 100 dan ortiq tarkibiy qismlarni tutuvchi murakkab kimyoviy moddalar aralashmasidan iborat. Neftning asosiy massasini turli tuzilishga ega boʻlgan – alkanlar, sikloalkanlar va arenlar tashkil qiladi. Miqdor jihatidan neftning 50-70%i alkanlardan iborat boʻlishi mumkin. Sikloalkanlar xom neftning umumiy tarkibini 30-60%ini tashkil qilib, ularning koʻpchiligi monosiklli boʻladi. Koʻproq siklopentan va siklogeksan uchraydi. Arenlarning ulushi umumiy massaning alkan va sikloalkanga nisbatan oz qismini tashkil qiladi. Neftning engil qaynovchi fraksiyalarida oddiy aromatik uglevodorodlardan benzol va uning gomologlari uchraydi. Neft tarkibiga koʻra parafinli, naftenli, aromatik, parafin-neftenli va parafin-neften-aromatik boʻladi (1-rasm).

1-rasm. Neftning kimyoviy tarkibi

Neftning organik qismida uglevodorodlardlan tashqari tarkibi yuqori molekulyar uglerod birikmalaridan iborat sulfidli birikmalari, naften kislotalari, fenollar, piridin, xinolin, turli aminlardan iborat boʻlgan smolasimon va asfaltli birikmalar uchraydi. Bu birikmalar neft tarkibidagi bekorchi qoʻshimchalar hisoblanadi. Ulardan tozalash uchun maxsus qurilmalar talab etiladi. Sulfidli birikmalar qurilmalarni korroziyalanishiga olib kelib, neftni qayta ishlash natijasida hosil boʻladigan mahsulotlarni ifloslanishga olib keladi. Neft tarkibidagi mineral qoʻshimchalarga uning tarkibiga tindirish paytida neftdan oson ajralib chiquvchi va barqaror emulsiyali suv kiradi. Suv oʻzida NaCl, CaCl2, MgCl2 va boshqa mineral tuzlarni eritgan boʻladi.


Neft tarkibidagi zollar foizning yuzdan va mingdan ulushlarini tashkil qiladi. Bundan tashqari neft tarkibida mexanik qoʻshimchalar qum va tuproqning qattiq zarrachalari uchraydi. Neft va neft mahsulotlari uglevodorodlar va ularning geterohosilalaridan iborat murakkab aralashma boʻlganligi tufayli ulardan individual moddalarni ajratib olish koʻp vaqt talab qiladi. Shu sababli neftdan turli mahsulotlarni ajratib olishda uning fizik, kimyoviy va ekspluatatsion xossalari hisobga olinadi. Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash va foydalanishda: qotish, yonish, qaynash haroratlari, alangalanish va oʻz-oʻzidan alangalanish, portlanuvchanlik haroratlari, kimyoviy barqarorlik, korroziyalash faolligi kabi xossalari katta ahamiyatga ega.
Neft fraksiyalaridan yonilgʻi sifatida keng foydalanish ularning yuqori yonish harorati, nisbatan arzon tannarxi va foydalanishda qulayligi bilan tushuntiriladi. 1 kg neft yonilgʻisi yonganda oʻrtacha 41670 kj issiqlik ajralib chiqadi. 1 kg koʻmir yonganda 33330 kj. ga yaqin, 1 kg yogʻoch yonganda esa 19500 kj issiqlik hosil boʻladi. Neftni qazib olish koʻmir qazib olishdan 6 marta arzonga tushadi. Bundan tashqari suyuq yoqilgʻilar qoʻllash, toshish, saqlash qulayligi bilan qattaiq yonilgʻilardan kabi bir qator ustunlikka ega.
Neftni qayta ishlash natijasida gazsimon va suyuq yoqilgʻilardan tashqari surkov moylari, konsistent surkovlar, erituvchilar, alohida uglevodlar (etilen, propilen, metan, benzol, toluol, ksilol), qattiq va yarim qattiq uglevodorodlar aralashmasi (parafin, vazelin, serezin), neft bitumlari va kullari, texnik uglerod (qurum), neft kislotalari va uning hosilalari olinadi (2-rasm).

2-rasm. Neftdan olinadigan mahsulotlar

Neftni qayta ishlash natijasida olingan suyuq yoqilgʻi motor va qozon yoqilgʻilariga boʻlinadi. Motor yoqilgʻisi oʻz navbatida karbyurator, refaol va dizel yoqilgʻilariga boʻlinadi. Karbyurator yoqilgʻisi oʻz navbatida avia va avto benzinlarga boʻlinadi, shuningdek undan ligroin va kerosinlar oladi. Dizel yoqilgʻisi gazoyl va solyar fraksiyasidan iborat boʻladi. Motor yoqilgʻisi sanoat pechlarida, issiqlik elektrostansiyayalarida ishlatiladigan mazut yoqilgʻisi va marten pechi yoqilgʻilariga boʻlinadi.


Gazsimon yoqilgʻilar maishiy ko’ndalik turmushda qoʻllaniladigan yoqilgʻi gazlardan iborat. Uning tarkibi turli nisbatlardagi propan va butan aralashmasidan iborat boʻladi.
Surkov moylari turli mashina va mexanizmlarni sanoat, trubina, kompressor, transmission, izolyasion va motorlarni moylash uchun moʻljallangan boʻladi. Konsistent surkovlar tarkibi neft moyi, quyultirilgan sovun, qattiq uglevodorodlar va boshqa quyultiruvchilardan iborat. Ular universal va maxsus boʻlib, 100 dan ortiq sohalarda qoʻllaniladi.
Neft bitumlari ogʻir neft qoldiqlarini oksidlash yoʻli bilan olinib, yoʻl qurilishida qoplov materiallari olishda, poligrafiya boʻyoqlari va asfalt laklarini tayyorlashda va boshqalarda qoʻllaniladi. Xom neft tarkibidagi neft yoʻldosh gazlari bosimni pasaytirish natijasida ajratib olinadi va keyingi qayta ishlov uchun gazobenzin zavodiga yuboriladi. U yerda undan gazli benzin etan, propan, butan ajratib olinadi. Neftni gazlardan batafsil tozalash maxsus rektifikasion kolonnalarda haydash orqali amalga oshadi.
Maxsus qizdirishlarda neftdan engil benzin fraksiyasi ajratilib, unga deemulgator qoʻshiladi va tindirish rezervuarlariga yuboriladi. Bu erda neftning tuproq va gildan tozalash amalga oshiriladi. Neftni tuzsizlantirish termokimyoviy tindirish bilan emulsiyani elektr maydonida ishlov beruvchi maxsus qurilmalarda amalga oishirladi.
Neft tarkibidagi oltingugurt, vodorod sulfid, tuzlar, va kislotalar kabi faol kimyoviy qoʻshimchalardan ishqor yoki ammiak eritmasi yordamida neytrallash orqali tozalanadi. Bu jarayon neftni ishqorlash hisoblanib, qurilmalarning korroziyalanishini oldini olishga qaratilgan.
Neftni birlamchi ishlash qurilmasi barcha neftni qayta ishlash zavodlarida mavjud boʻlib, u oʻz ichiga haydash yoki distillash va rektifikasiyalash jarayonlarini oladi.
Distillash oʻzaro eruvchan qaynash harorati bilan bir-biridan farq qiluvchi suyuqliklar aralashmasini fraksiyalash orqali ajratioʻ jarayoni hisoblanadi. Haydashda aralashma qaynash haroratigacha qizdiriladi va qisman bugʻlantiriladi; olingan distilat va qoldiq oʻz tarkibi jihatidan boshlangʻich aralashmadan farq qiladi. Zamonaviy neftni xaydash qurilmalarda bir marta bugʻlantirish qoʻllaniladi. Buning natijasida yuqori haroratli qaynovchi fraksiyalarni bugʻlanish parseal bosimi pasayadi, natijada haydashni nisbatan quyi haroratlarda olib borish imkoniyati tugʻiladi. Keyingi jarayon qaynash harorati bilan bir-biridan farq qiluvchi koʻp martalab qarshi oqim hisobiga bugʻ va suyuqlikni ta’sirlashishi natijasida suyuqlikni ajratuvchi diffuzion-rektifikasiyalash jarayon hisoblanadi. Zamonaviy neftni birlamchi haydash qurilmalarida bir marta bugʻlatish va rektifikasiya qoʻshib olib boriladi. Neftni haydash uchun bir bosqichli va ikki bosqichli quvurli qurilmalardan foydalaniladi. Neftni qayta ishlovchi zavodning umumiy sxemasiga va qayta ishlash uchun berilayotgan neftning xossasiga bogʻliq ravishda neftni haydash yo atmosferali, yoki atmosfera-vakuumli qurilmalarda amalga oshiriladi (3-rasm).


Download 19.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling