Mavzu: Nerv sistemasining klinik anatomiyasi va fiziologiyasi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Nerv sistemasining klinik anatomiyasi. Sezgi sferasi, tekshirish usullari va patologiyasi
2-rasm. Yuza va chuqur
sezgi o’tkazgich yo’li sxemasi A- yuza sezgi yo’li B- chuqur sezgi yo’li 1- yuza sezgi 1-neyroni (orqa miya gangliysi) 2- yuza sezgi 2-neyroni(orqa miya orqa shoxi) 3- spinotalamik yo’l 4- yuza sezgi 3- neyroni(ko’ruv do’mbog’i) 5- sezgi markazi (orqa markaziy pushta) 6- chuqur sezgi 1-neyroni (orqa miya gangliysi) 11
8- chuqur sezgi 2-neyroni (nozik tutam yadrosi) 9- bulbotalamik yo’l
Po’stloq sezgi markazida tana qismlariga nisbatan innervatsiya soxalari
* Yuza sezgi turlari: 1. Og’riq 2. Harorat 3. Taktil. * Yuza sezgini tekshirish usullari: 1. Taktil sezgi - bemor ko`zini yumgan holda yotadi. Bosh, tana va qo`l - oyoqlarining simmetrik sohalariga paxta yoki qog’oz bilan tegiladi. Normada bemor har bir tegishni sezadi va so`z bilan "bir xil" deb javob beradi. Zararlanish belgilari: Zararlanish sohasida bemor tegishni sezmaydi. (anesteziya,) yoki kuchsiz sezadi.(gipesteziya) yoki kuchli sezadi.(giperesteziya). 2. Og’riq sezgisi: Bemor ko`zini yumgan holda yutadi. To`g’nog’ich bilan tananing simmetrik sohalariga engil sanchiladi. Normada har bir sanchilishni sezadi va so`z bilan javob beradi. Zararlanish simptomlari:
12
jarohatlanish sohasida bemor ignani sezmaydi (anesteziya). yoki kuchsiz sezadi.(gipesteziya), yoki kuchli sezadi (giperesteziya). 3. Harorat sezgisi: Issiq probirka (40 gradus S) va sovuq probirka (18-20 gradus S) olinib, tananing simmetrik sohalariga navbat bilan tegiziladi: normada bemor issiq va sovuqni yaxshi ajratadi. Zararlanish simptomlari: Zararlanish sohasida bemor haroratni sezmaydi (termoanesteziya, termogipesteziya, termogiperesteziya). * Yuza sezgi buzilishi turlari turlichadir. Eng ko`p uchraydigan simptom bu- og’riqdir. Og’riqlar lokalizatsiyasi va xarakterga qarab har xil bo`ladi. Lekin og’riq periferik nervlar, nerv ildizlari ko`ruv do`ngligi zararlanishida kuchliroq bo`ladi.Og’riq impulslarini o`tkazishda barcha afferent - mediator sistema qatnashadi. (xolenergik adrenergik, serotaninergik, gistamina -ergik va boshqalar. Ta’sirotsiz sezgi yuzaga kelishi (chumoli o`rmalash, uyushish)-paresteziya deyiladi. Dizesteziya – ta’sirotni noto`g’ri qabul qilishi (taktil sezgi- og’riq). Alloxeyriya - ta’sirot simmetrik sohada qabul qilinadi. Poliesteziya - bitta ta’sirot ko`p bo`lib qabul qilinadi. Anesteziya - sezgini butunlay yo`qolishi. Gemiansteziya - tanani yarmida sezgi yo`qolishi Monoansteziya - bitta qo`l yoki oyoqda sezgi yo`qolishi. Paresteziya, gipesteziya, giperesteziya, giperpatiya, sinstapatiyalar farqlanadi. * Chuqur sezgi yo`li tuzilishi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling