Mavzu: Nerv sistemasining klinik anatomiyasi va fiziologiyasi
Chuqur sezgi o`tkazuvchi yo`llari
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Nerv sistemasining klinik anatomiyasi. Sezgi sferasi, tekshirish usullari va patologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og’riqli nuqtalar va tortilish simptomlarini tekshirish usullari.
Chuqur sezgi o`tkazuvchi yo`llari:(2-rasm)
Tr.gangliobulbaris, tr. bulbathalamicus,tr.thalamacorticalis. * Chuqur sezgini tekshirish va uning patologiyasi. 1. Mushak bo`g’im sezgisi. Bemor ko`zini yumgan holatda yotadi. Bemorning bo`g’imlarida (barmoq bo`g’imlaridan boshlab) uncha keskin bo`lmagan bukuvchi va yozuvchi harakatlar qilinadi. Bunda bemordan "qaysi barmoq" va "harakat yo`nalishi qanday" deb so`raladi. Agar distal bo`g’imlarida mushak bo`g’im sezgisi buzilishi aniqlansa, bu holda praksimal bo`g’imlarda ham aniqlanadi. Normada bemor shifokorning barcha harakatlarini bilishi kerak.
13
Zararlanish simptomlar: jarohatlanish sathiga qarab shifokor mushak bo`g’im sezgisini qaysi bo`g’imlarida buzilganligini aniqlash lozim. Masalan, katta miya tepa bo`lagi zararlansa, jarohatga qarama qarshi tomonda bo`g’imlarida mushak bo`g’im sezgisi buziladi. Orqa miyaning orqa tizimchalari zararlansa mushak-bo`g’im sezgisi 2 tomonda buziladi. Romberg holatida ko`zini yumgan holatda bemor keskin chayqaladi (orqa ustun sensitiv ataksiya). 2. Bosim sezgisi:tekshirish usuli: Bemor ko`zni yumgan holda bo`ladi va uning tanasining turli sohalariga turli kuch bilan bosiladi qilinadi. Normada bemor bosimini tegishdan farqlashi va bosimini turli kuch bilan berilishini bilishi kerak. Zararlanish simptomlari: Bemor bosim farqini bilmaydi. Og’irroq holatlarda esa bosim va tegizish farqini bilmaydi. 3. Og’irlik sezgisi: Bemorga ko`zini yumgan holatda kaftiga turli vazndagi predmet qo`yiladi. Normada bemor vazndagi 1-20 qism farqni bilishi kerak. Zararlanish simptomlari : bemor predmetlar vaznidagi farqni ajratib bilmaydi. 4. Vibratsiya sezgisi: Tekshirish uchun tebranish soni 128-256 gerts bo`lgan kamertonlar ishlatiladi. Vibratsiyalangan komerton oyoqchalari qo`l yoki oyoqqa qo`yiladi. Dastlab kamerton zararlangan tarafga, keyin sog’lom tarafga qo`yiladi. Keyin vibratsiya sezgi davomiyligi orasida farq taqqoslanadi. Zararlanish simptomlari: zararlangan tomonda bemor vibratsiyani sezmaydi (vibratsiya anesteziyasi) yoki sog’lom tarafga qaraganda kuchsizroq sezadi (vibratsiya gipesteziyasi). * Murakkab sezgini tekshirish: 1. Lokalizatsiya sezgisi: bemorga ko`zini yumgan holda bo`ladi va tanasining simmetrik uchastkalariga sekin (igna bilan, barmoq tekkizish, issiq probirka tegizish) ta’sir qilinib lokalizatsiyasini ko`rsatish so`raladi. Sog’lom odam ta’sirot o`rnini aniq ko`rsatadi. Zararlanish simptomlar: bemor ta’sirot o`rnini aniq ko`rsatib bilmaydi yoki haqiqiy o`rnini noto`g’ri ko`rsatadi. Kamdan kam hollarda bemor ta’sirot o`rnini qarama qarshi simmetrik tomonda ko`rsatadi (allaxitriya). 2. Diskriminatsiya sezgisi: Veber tsirkuli yordamida tekshiriladi. Veber tsirkuli shkalalarga bo`lingan bo`ladi. Uzun plastinka, harakatlanadigan va harakatsiz
14
oyoqchalaridan iborat. Terining ma’lum bir sohasiga dastlab Veber tsirkuli oyoqchalari orasi kengroq masofali (8-10sm) qilib qo`yiladi. Keyinchalik oyoqlar bir biriga yaqinlashtiriladi. Bemor ikkita nuqtani bitta qilib sezishgacha tsirkul oyoqlari yaqinlashtiriladi. TSirkul oyoqlari orasidagi minimal masofa sog’lom odamda 2 mm dan 60 mm gacha. Zararlanish simptomlari: bemor bir vaqtdagi ikkita ta’sirotini bitta qilib sezadi, ya’ni faqatgina uzoq masofada ajrata oladi. 3. Kinestatik sezgi: bemor ko`zini yumgan holatda yotadi. Bemor terisi burmaga olinib,u yoki bu yo`nalishda harakatlantiriladi. Bemor burma yo`nalishini aniqlashi kerak.Normada bemor burma yo`nalishini aniq aytishi kerak. Zararlanish simptomlari: kinestatik sezgi buzilishida bemor burma yo`nalishini bilmaydi. Bo`nga kinestatik anesteziya deyiladi.Agar bemor burma yo`nalishini qiyinchilik bilan aniqlasa, bo`nga kinestatik gipesteziya deyiladi. 4. Tanaga yozilgan shaqllarni sezish: bemor terisiga barmoq yoki o`tmas predmet bilan son, harf, yoki oddiy shaqllar chiziladi. Sog’lom kishi ko`zini yumgan holda bu shaqllarni aniq aytib beradi. Zararlanish simptomlar: bemor teriga yozilgan son, harf va shaqllarni bilmaydi. 5. Stereognoz: bemor ko`zini yumgan holda qo`liga turli predmetlar beriladi (kalit, tanga, qalam va boshqalar). Bemordan paypaslab shu narsa nomini aytish so`raladi. Tekshirishni dastlab kasal tarafda keyin sog’lom tarafda o`tkaziladi. Predmetlarni paypaslab bilish buzilishiga astereognoz deyiladi. * Og’riqli nuqtalar va tortilish simptomlarini tekshirish usullari. Radikulyar sindrom - sezuvchi va harakatlantiruvchi ildizlarning zararlanish yoki ta’sirlanish belgilaridan iborat (og’riq, antalgik holat, paresteziya, giperesteziya) va yo`qolish (reflekslarning pasayishi yoki yo`qolishi, segmentar anesteziya yoki gipesteziya). Og’riqli mushak reflektor fenomeni bo`lishi mumkin. Neri simptomi - bemorning boshi bukilganda belida og’riq bo`lishi. Lassega simptomi - yozilgan oyoqni tovondan ko`targanda belda og’riq bo`lishi (1-chi fazasi)- tizza bo`g’imidan oyoqni bukqanda og’riq yo`qolishi (2-chi fazasi). Bonni simptomi- kasal oyoqni yaqinlashtirganda belda og’riq bo`lishi. 15
Sikar simptomi- uzatilgan oyoqda tizza osti chuqurchasida tovonni yozganda yoki bukqanda og’riq bo`lishi. Lassega yon simptomi-oyoqni tashqariga tortganda yaqinlashtiruvchi mushaklarda og’riq bo`lishi. Lassega kesishgan simptomi (Bexterev)- sog’lom oyoqda Lassega simptomini chaqirishda kasal oyoqda og’riq bo`lishi. Bexterev tizza simptomi- chalqancha yotgan bemorni tizza bo`g’imidan bosilganda og’riqni pastga yoki yuqoriga tarqalishi. Turin simptomi- 1-chi barmoq birdaniga yozilganda boldir mushaklarida og’riq bo`lishi. Vilenkin simptomi- dumba perkussiya qilinganda N.ishiadiccus bo`ylab og’riq bo`lishi. Vasserman simptom- qorin bilan yotgan bemorni oyog’gi maksimal yozilgan holda ko`tarilganda sonning oldi yuzasida og’riq bo`lishi. Shtryumpel - Matskevich simptomi- qoringa yotgan bemorning tizza bo`g’imi bukilganda sonning oldingi yuzasida og’riq bo`lishi. Seletskiy simptomi- Lassea simptomini chaqirilganda qorin mushaklarini ko`tarilishi(ekspert amaliyotda qo`llanadi). Vengerov simptomi- Lassega simptomini chaqirganda qorin mushaklarining tonik zo`riqishi(eksper amaliyotda qo`llanadi). Birinchi Minor simptomi- bemor o`rnidan turganda sog’lom oyog’i bilan turadi. Ikkinchi Minor simptomi- bemor oyoq uchi bilan o`rnidan turganda zararlangan oyoq bukiladi va shu oyoq tovoni shikastlanmagan oyoq tovoniga qaraganda yuqori holda turadi. Periferik nervlar shikastlanish simptomlari innervatsiya sohasida harakat, sezgi va vegeto tomir buzilishlarining qo`shilib kelishi bilan xarakterlanadi. Polinevropatiya sindromi – oyoq va qo`llar distal bo`limlarida nervlarning ko`p sonli zararlanishi. Poliradikulonevropatiya sindromi - nervlar va ildizlarining ko`p sonli zararlanishi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling