• Nerv hujayrasining sitoplazmasida umumiy organellalar va shuningdek maxsus tuzulmalar- tigroid modda va neyrofibrillalarni ham ko’rish mumkin. • Tigroid moddani birinchi bo’lib NISSL 1889-yilda aniqlagan. NERV TO’QIMASINING TUZILISHI. O’SIMTALAR SONIGA QARAB • 1) unipolyar- bitta o’simtali hujayralar. Ular noksimon shaklli bo’lib, undan bitta o’simta neyrit chiqadi. Ular spinal gangliylarda joylashgan. • 2) bipolyar- ikki o’simtali hujayralar. Ularning biri neyrit ikkinchsi dendritdir. Ko’zning to’rpardasida , ichki quloqning spiral gangliylarida uchraydi. • 3) multipolyar- uch va undan ortiq nerv hujayralari farqlanadi. Ularning faqat bittasi neyrit bo’lib, qolganlari dendritdir. Ular odam va hayvon hujayralarida eng keng tarqalgan nerv hujayralaridir. • Bundan tashqari, psevdounipolyar nerv hujayralari ham mavjud.
NEYROSEKRETOR HUJAYRALAR.
• Bu hujayralar neyronning fiziologik belgilar bilan birga bez hujayralarining belgilarini ham mujassamlashtirgandir.
• Umurtqali hayvonlarda neyrosekretor hujayralar bosh miyaning preoptik yadrosi hamda gipotalamik soxasining supraoptik paraventrikulyar yadrolarida uchraydi.
• Bu neyrosekretor hujayralarning aksonlari neyrogipofiz va adenogipofiz tomon yo’nalib, ular bilan birga umumiy sistemani tashkil qiladi.
neyrogliya. (neuroglia) • Neyrogliya--- yordamchi to’qima bo’lib, o’zining tuzilishi va faoliyati turlicha bo’lgan ko’pgina hujayralardan iborat. • Neyrogliya quyidagi vazifalarni bajaradi: • 1) tayanch • 3) trofik • 4) himoya • Neyrogliya 2 turga bo’linadi: • 1) makrogliya • 2) mikrogliya • Makrogliya o’z navbatida quyidagi guruhlarga bo’linadi: • 1) astrogliya • 2) epidemogliya • 3) oligodendrogliya
Do'stlaringiz bilan baham: |