Mavzu: Nikoh oila barqarorligining asosiy omili ekanligi. Reja: Nikoh va oilaning mazmun-mohiyati va shartlari
Download 28.74 Kb.
|
1 2
Bog'liqNihoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Moʻmin er moʻmina xotindan nafratlanmasin, agar uning bir xulqini yomon koʻrsa, boshqa xulqi tufayli undan rozi boʻlib ketaveradi”
- “Xotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz”
- ” Alloh taolo roziligini istab qilgan har qanday xarjing uchun ajr olasan. Hatto xotining ogʻziga solgan taoming uchun ham senga ajr bor»
- “Boy-badavlat kishi oʻz boyligidan
- “Ayol besh vaqt namozini oʻqisa
- “Barchangiz rahbardirsiz va barchangiz qoʻl ostingizdagilardan soʻralursiz. Amir rahbardir. Er kishi oʻz oilasiga rahbardir, ayol kishi erining uyida va uning farzandlariga rahbardir”
- “Ayol kishi uchun eri borida uning iznisiz uyiga begona erkakni kiritishi halol boʻlmaydi”
- “Harom kasbdan saqlaning! Biz ochlik va qiyinchilikka chidaymiz, ammo doʻzax oloviga chiday olmaymiz”
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Xotinning er zimmasidagi haqlaridan birinchisi er tomonidan unga yaxshi va adolatli muomala qilinishidir. Zero, Alloh taolo Oʻz Kitobida: “Ayollar bilan yaxshilik ila turmush kechiring. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada koʻplab yaxshiliklarni paydo qilsa!”, deya amr etgan (Niso surasi, 19-oyat) [3:402]. Bu amr erning xotinga yaxshi muomalada boʻlishini, tabiatidagi ayrim noqisliklarga sabr qilishini, baʼzi xatolariga koʻz yumishini taqozo etadi. Shuningdek, ayolni tarbiyalash va unga dunyoyu oxiratda foydasi tegadigan narsalarni oʻrgatib, taʼlim berishni ham nazarda tutadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bir hadislarida: “Moʻmin er moʻmina xotindan nafratlanmasin, agar uning bir xulqini yomon koʻrsa, boshqa xulqi tufayli undan rozi boʻlib ketaveradi”, deyiladi (Imom Muslim rivoyati). Yaʼni, er xotinining ayrim feʼlidan gʻazablansa, oilani buzib yuborishga shoshilmasligi, shu tufayli xotinini yomon koʻrib qolmasligi lozimligi, balki uning yaxshi odatlarini ham koʻz oldiga keltirib, shu bilan koʻnglini toʻq qilib yurishi kerak. Shuningdek, er xotiniga xushfeʼl boʻlishi, u bilan yaxshi muomala qilishi, birga farovon hayot kechirishi, ozor yetkazmasligi kerak. Bu bilan er Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislariga amal qilgan boʻladi.
Ayolning eri zimmasidagi ikkinchi haqqi mahrdir. Bu – ayolni ikrom qilish, unga yaxshilik qilish bobidan. Alloh taolo Qurʼoni karimda erlarni ayollarning bu haqqiga rioya qilishga chaqirib: “Xotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz” (Niso surasi, 4-oyat), deb amr etgan. Er xotinning ozorini koʻtarishi, u gʻazablanganida va jahli chiqqanida muloyim boʻlishi, uning xatolarini kechirishi kerak. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga amal qilishdir. Imom Muslim Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Rasululloh (S.A.V.)dan boshqa oilasiga mehribonroq biror kishini koʻrmadim”. Erkak ayolining or-nomusini saqlashi kerak. Oqibati buzuq boʻladigan har qanday holatga beparvo boʻlmaslik lozim. Ammo yomon oʻy, oʻta talabchanlik va gumonda haddan oshish durust emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bundan qaytarganlar. Imom Muslim Jobir roziyallohu anhudan bunday rivoyat qiladi: “Rasululloh (S.A.V.) erni oilasini xiyonatda gumon qilib, uyga kechqurun kelishdan qaytarganlar”. Er xotinining oziq-ovqat va kiyim-bosh kabi ehtiyojlarini isrof etmay, yetarli taʼminlashi kerak. Er oilasiga sarflagan xarjlari uchun ajr va savobga erishadi. Imom Buxoriy va Muslimning “Sahih”larida bunday keltirilgan: “Saʼd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning rivoyat qilishicha, Paygʻambarimiz (S.A.V.) dedilar: ” Alloh taolo roziligini istab qilgan har qanday xarjing uchun ajr olasan. Hatto xotining ogʻziga solgan taoming uchun ham senga ajr bor». Shuningdek, bu masalada, yaʼni nafaqa masalasida er oʻzining iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib ish koʻradi. Alloh taolo Qurʼoni karimda bunday marhamat qiladi: “Boy-badavlat kishi oʻz boyligidan (yaʼni, oʻz boyligiga yarashadigan tarzda) nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambagʻal) boʻlsa, u holda Alloh oʻziga ato etgan narsadan (oʻz holiga yarasha) nafaqa bersin. Alloh hech bir jonga Oʻzi unga ato etgan narsadan boshqa narsani yuklamas. Alloh tanglik – kambagʻallikdan soʻng yengillik – boylikni ham paydo qilur” (Taloq surasi: 7-oyat) [2:559]. Er xotinining iffatini saqlashi lozim. Xotinini haromdan himoya qilish erga vojibdir. Er xotinini yaxshi koʻrsa, juda hurmatlashi lozim, yomon koʻrsa, zulm qilmasligi kerak. Istasa, chidab yashasin yo yaxshilikcha ajrashsin. Ayolni faqat mardlar qadrlaydi, pastlar xoʻrlaydi. Erning ham oʻz xotini oldiga i sharʼiy haq-huquqlari belgilangan. Zero, oilaning davomiyligi er-xotinning bir-biridan roziligi va haqlarini ado etishiga bogʻliq. Erning xotin zimmasidagi eng muhim haqlari quyidagilar: Xotinning er oldidagi eng birinchi burchi yoxud erning oʻz ayolidagi eng birinchi haqqi – bu ayol kishining eriga hurmatli va itoatkor boʻlishidir. Ayol Allohga maʼsiyat hisoblanmaydigan barcha ishda eriga itoat qilishi lozim. Ayol kishi oilada oʻjar-qaysar boʻlsa, unday oilaning davomiyligi va mustahkamligi haqida gap ham boʻlishi mumkin emas. Ayolning eriga hurmatli boʻlishi naqadar buyuk fazilat va baxt ekani haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qiladilar: “Ayol besh vaqt namozini oʻqisa, (yilda) bir oy (farz) roʻzasini tutsa, oʻz farjini haromdan saqlasa va eriga itoat qilsa, unga “jannatning istagan eshigidan kir!”, deyiladi” (Tabaroniy rivoyati). Erning ayol ustidagi bu haqqi, yaʼni ayol kishi muboh ishlarda eriga itoat qilishi doirasiga ayol kishi erining ruxsatisiz nafl roʻza tutmasligi, uning ruxsatisiz nafl haj qilmasligi, unga aytmasdan uydan chiqmasligi, uning roziligisiz uydagi narsalardan birovlarga sadaqa va ehson qilmasligi ham kiradi. Shariatda erga itoat qilish ayol kishiga vojib boʻlishining hikmatlaridan biri shuki, erning oʻz ayolidagi haqlari va fazli oilaning boshqa aʼzolariga nisbatan buyukdir. Er tufayli ayol oilaning hurmatli bekasiga aylanadi, yomon koʻzlardan va yomonlardan muhofaza qilinadi, himoyalanadi. Ayol kishi asosiy vaqtini farzand tarbiyasi bilan oʻtkazishi lozim. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Barchangiz rahbardirsiz va barchangiz qoʻl ostingizdagilardan soʻralursiz. Amir rahbardir. Er kishi oʻz oilasiga rahbardir, ayol kishi erining uyida va uning farzandlariga rahbardir”, deydilar [4:358]. Xotin erining haqqini hurmat qilishi kerak. Chunki zimmasidagi erining haqqi kattadir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qilganlar: “Ayol kishi uchun eri borida uning iznisiz uyiga begona erkakni kiritishi halol boʻlmaydi” (Imom Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan). Xotin kishi Alloh taolo bergan nasibaga rozi boʻlishi, eriga injiqlik qilmasligi kerak. Xotin kishi nochorligi uchun gʻazablanmasligi va oh-voh urmasligi lozim. Balki xushnudlik va qanoat libosini kiyib, erining rizq topishdagi mashaqqatlarini qadrlashi, harom kasbga oʻtishidan qoʻrqib, undan hojatdan ortigʻini talab qilmasligi lozim. Aksincha, erini ham qanoatga undab, harom yoʻllardan ogohlantirishi zarur. Momolarimiz erlarini kuzatayotib bunday derdi: “Harom kasbdan saqlaning! Biz ochlik va qiyinchilikka chidaymiz, ammo doʻzax oloviga chiday olmaymiz”. Ayol kishi erining tuygʻularini hurmat qilishi, u yoqtirmaydigan yoki unga ozor beradigan ishlardan yiroq boʻlishi va erining moliyaviy sharoitini hisobga olishi, erining uydan tashqaridagi masʼuliyatini qadrlab, uyga kech kelishidan bezovta boʻlmasligi yoki bu borada eriga bosim oʻtkazmasligi lozim. Shuningdek, eri toqat qilolmaydigan darajada pul talab qilmasligi kerak. Baʼzi ayollar nuqul boshqa oilalarda erning xotiniga sarflagan narsalarini misol qilib, eridan xuddi shunday taʼminot talab qiladi. Ayol kishi erini qadrlasa, unga minnatdorlik tuygʻularini oʻzining muomalasi va xatti-harakatlari bilan izhor qilsa, Alloh unday ayoldan rozi boʻladi. Xotin erining doʻstiga notanishdek boʻlishi lozim. Eri uyida boʻlmaganida, uning doʻsti eshik qoqsa, u bilan soʻzlashmasin. Aks holda, bu rashk va janjalga sabab boʻlishi mumkin. Xotin goʻzalligi bilan eriga faxrlanmasligi, eri xunuk boʻlsa, yomon koʻrmasligi, agar boy boʻlsa, moli bilan gʻururlanmasligi kerak. Erning qarindoshlarini hurmat qilishi va qadrlashi lozim. Xotin farzandlarini ham hurmat qilishi, ularni urishib, laʼnatlashdan tiyilishi lozim. Bu farzand tarbiyasi va ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Er – oila rahbari. Ayol eriga hurmat va itoatda boʻlsa, farzandlar ham otaga itoat qiladigan boʻladi. Natijada oilada ahillik, muhabbat hukm suradi va u mustahkam boʻladi. Ayolning eriga itoatsizligi esa oilaning buzilishi va boshqa koʻplab noxushliklarga sabab boʻladi. Ammo bu ayol kishi xohlasa ham, xohlamasa ham oilada yashashga majbur, uning ajrashishga haqqi yoʻq, degani emas. Islomda ayol kishi ham ajrashish huquqiga ega. U buni “xuluʼ” yoʻli bilan bajaradi. “Xuluʼ” “kiyim yechish” maʼnosini bildiradi. Shariatda esa, xotin kishining arz qilish orqali eri bilan ajrashishiga “xuluʼ” deyiladi, yaʼni ayol ajrashmoqchi boʻlsa, qozixonaga ariza berib ajrashish huquqiga ega boʻladi [5]. 2020-yil 6-avgust kuni Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasida “Musulmon jamiyatlarida oilaviy munosabatlardagi muammolar: Sabab va yechimlar” [6:121] mavzusida xalqaro mutaxassislar va yurtimizdagi islomshunos olimlar, imom-xatiblar, diniy bilim yurtlari mudirlari va talabalar ishtirokida video-seminar oʻtkazildi. Unda islom ilmlari boʻyicha yetuk olim, Tatariston Respublikasidagi Bulgʻor islom akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi) professori Shayx Abdurazzoq Saʼdiy ishtirok etdi va ajrashishlarning yechimi sifatida quyidagi tavsiyalarni sanab oʻtdi: – oila qurishdan avval kuyov yo kelinning mol-davlati, shon-shuhratiga emas, tarbiyasi va axloqiga, maʼnaviy goʻzalligiga eʼtibor qaratish lozim; – oʻzaro kelishmovchiliklar kelib chiqqanda, darrov ajrashmasdan, oʻrtani isloh qilish va yarashtirish uchun ikki tomondan vakillar chaqirish; – iqtisodiy kamchiliklar boʻlganda, boriga qanoat qilish va sabrli boʻlish; – diniy idora oilaning muqaddasligi, farzand tarbiyasi, taloqning oqibatlari kabi mavzularda juma tezislarini ishlab chiqishi va musulmon ommasiga yetkazishi; – oilalarda vujudga kelayotgan nohaqlik, zulm va ajrashishlarning oldini olish maqsadida diniy idora tizimida fiqhiy ilmga ega 2-3 kishidan iborat yetuk mutaxassislar hayʼatini tuzish va muammolarga oʻz vaqtida yechim topish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: Abdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. –T.: Maʼnaviyat, 2000. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. –T.: Toshkent islom universiteti, 2004. Burxonuddin Margʻinoniy. Hidoya, I-jild, Nikoh kitobi: –T.: Adolat, 2002. Islom odoblari ensiklopediyasi. –T.: Hilol-Nashr, 2019. https://hidoyat.uz/49437 Oybek Neʼmatulloh, Ilhomjon Murod Ali. “Islomda oila” muammo va yechimlar. –T.: Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2019. Download 28.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling