Mavzu: Nikoh oila barqarorligining asosiy omili ekanligi. Reja: Nikoh va oilaning mazmun-mohiyati va shartlari


Download 28.74 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi28.74 Kb.
#1450145
  1   2
Bog'liq
Nihoh


Mavzu: Nikoh oila barqarorligining asosiy omili ekanligi.
Reja:

  1. Nikoh va oilaning mazmun-mohiyati va shartlari.

  2. Islomda oila munosabatlari va er-xotin oʻrtasidagi mushtarak huquqlar


Nikoh (arab. نكاح; talaffuzi: nikah; tarjimasi: „jinsiy a'loqa“) — ikki jins vakillarining oʻzaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq. Nikoh oilaning vujudga kelishida birdan-bir asos boʻlgani bois u faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ijtimoiy munosabat sifatida nikoh turli jamiyat va tuzumlarda turlicha koʻrinishda boʻlgan. Nikohni qayd qilish tartibi, nikoh yoshiga qoʻyiladigan talablar turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladi.
Bir qator mamlakatlarda nikoh fuqaroviy-huquqiy bitim hisoblanib, uni rasmiylashtirish tartibi oila qonunchiligi bilan emas, fuqaro qonunchiligi bilan belgilanadi. Fransiyada nikoh yoshi ayollar uchun 15, erkaklar uchun 18, Italiyada tegishlicha 14 va 16, Germaniyada esa 16 va 21, AQShda (turli shtatlarida turlicha) 14—18 va 15—21 yosh qilib belgilangan. Nikohdan oʻtishda boʻlajak er-xotinning mol-mulki toʻgʻrisidagi masala katta ahamiyatga ega. Buning uchun nikoh shartnomalari tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 63-moddasida taʼkidlanishicha, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi. Nikoh masalalari Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksida (1998-yil qabul qilinib, oʻsha yili 1-sentabrdan amalga kiritilgan) oʻz ifodasini topgan. Amaldagi oila qonunchiligi nikohning tuzilishi tartibiga, uni davlatning tegishli organlari tomonidan rasmiylashtirilishiga alohida eʼtibor beradi. Oʻzbekiston Respublikasi OKning 13-moddasiga binoan, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Shunday nikohgina huquq va majburiyatni vujudga keltiradi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh yuridik kuchga ega emas. Shuningdek, soxta nikoh, yaʼni er-xotin yoki ulardan birining oila qurish maqsadini koʻzlamay tuzgan nikohi ham haqiqiy emas deb topiladi. Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi va nikoh yoshi nikohdan oʻtishning asosiy shartlari hisoblanadi. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Nikoh yoshi Oʻzbekistonda erkaklar uchun 18, ayollar uchun 17 yosh etib belgilangan. Uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda nikohlanuvchilarning iltimosiga koʻra, nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin. Loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar oʻrtasida, nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida, loaqal bittasining ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida nikoh tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish shart qilib qoʻyilgan. Unga koʻra, nikohlanuvchi shaxslar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan nikohni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlishi mumkin.

Oila qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Koʻp jamiyatlarda oila bolalar ijtimoiylashuvi uchun asosiy institut vazifasini oʻtaydi. Antropologlar oilalarni matrilokal (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari boʻlsa, nuklear oila deyiladi) va qon-qarindosh (nuklear oila va qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga ajratishadi.
Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga bogʻlangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.
Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar muayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, soʻngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib, guruhli oila paydo boʻlgan, lekin bu oilalarda hali er-xotin nikohi barqaror alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan. Bu davrda tabiiy omil oʻz vazifasini tugalladi, yaʼni jinsiy munosabatlar doirasidan qon-qarindoshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mahsulot ishlab chiqarishda ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan oʻzgardi. Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli boʻlishi, ona mulkiga merosxoʻr sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota huquqiga asoslangan patriarxal oila vujudga keldi. Shunday qilib, hozirgi individual oilaning oʻtmishdoshi — monogam oila vujudga kelgan.
Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ijtimoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qoʻshish bilan esa oila jamiyat yoʻnalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan. Xususan, oʻzbek oilalarining serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Oʻzbeklarda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta roʻzgʻor tutishi, farzandlarni odobli, maʼnaviy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. oʻzbek oilalari oʻzlarining mustahkamligi, saranjom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mehr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi.


Bugun butun dunyo oila instituti inqiroziga, xususan, nikohlar beqarorligi, ajrashishlar soni ortishi, nikohsiz tugʻilishlar koʻpayishi, oilaviy hayot va farzand tarbiyasiga toqatsizlik kabi muammolarga toʻqnash kelyapti. Olimlar bunday muammolar millatning maʼnaviy tanazzuliga sabab boʻlishi mumkinligini ilmiy jihatdan asosladi.


Bu borada Abdurauf Fitrat: “Har bir millatning saodati va izzati shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bogʻliq. Tinchlik va totuvlik esa millat oilalarining intizomiga tayanadi, mamlakat va millat ham shuncha kuchli boʻladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yoʻl qoʻysa shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi” [1:8], deb taʼkidlagan.


Oila borasidagi diniy, ilmiy va falsafiy yondashuvlarni kuzatsak, oila barqarorligida er-xotin munosabatlari asosiy oʻrin tutishini koʻramiz. Masalan, islomda nikoh orqali inson va oilani ulugʻlashga, erkak va ayolning huquqlariga, ularning shaʼniga va oilada tinchlikni saqlashga katta eʼtibor qaratilgan: “Ayollar (uchun belgilangan huquqlar) oʻz meʼyorida erkaklar (huquqi) bilan tengdir” [2:36].
Burhonuddin Margʻinoniyning “Hidoya” asarida yozilishicha, oila va nikoh masalasida maʼrifiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega hukmlardan biri ayolning nikohda qanday haq-huquqlari borligi haqidagi bilimga ega boʻlishidir: «Nikohning asl mohiyati haqida ilm boʻlishi shart. Chunki, qiz bola faqat ilm boʻlgandagina tasarruf eta oladi. Bu dunyo ilm olish dunyosi, bunda johillik uzr boʻlolmaydi» [3:675]. “Hidoya”da oila va nikohga oid hukmlarning ijtimoiy ahamiyatga ega tomoni erkak va ayolning ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy va aqliy jihatdan bir-biriga teng boʻlishiga eʼtibor qaratilganidir: «Nikohda tenglik eʼtiborga olinadi. Paygʻambarimiz (S.A.V.) aytganlarki: “Ogoh boʻlingki, ayollarni faqat oʻzlariga teng boʻlgan kishigagina bersinlar” [3:680].


Islomda er-xotin oʻrtasidagi munosabatning davomiyligini taʼminlash uchun oʻziga xos qonun-qoidalar joriy qilingan. Bunda oilaviy hayotning asosiy tashkilotchilari va aʼzolari boʻlmish er va xotinning har biriga oʻziga xos burch va vazifalar yuklangan, bir-biriga nisbatan haq-huquqlari ham belgilab berilgan. Bu haqda Qurʼonning bir qator suralarida oyatlar keltiriladi: “Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshligʻi sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sababi – Alloh ularning ayrimlari (erkaklar)ni ayrimlari (ayollar)dan (baʼzi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar oʻz oilasiga) oʻz mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir” (Niso surasi, 34-oyat) [4:390]; “Va yaxshilik ila ularning burchlari muqobilida haqlari ham bordir” (Baqara surasi, 228-oyat) [3:398]. Agar er va xotin bu qoidalarga amal qilsa, bir-biriga nisbatan zimmasidagi burch va masʼuliyatini his qilib sidqidildan ado etsa, bunday oila baxt va saodat qasriga aylanadi. Bunday oilada tugʻilgan farzandlar ham goʻzal tarbiya topadi va ulardan jamiyatga foydasi tegadigan insonlar yetishib chiqadi. Islom dini har bir er va xotin uchun oʻziga xos huquqlarni ishlab chiqish bilan birga, ularga muayyan majburiyatlarni ham yuklagan. Bularning baʼzilari er va xotin oʻrtasida mushtarak boʻlsa, baʼzilari erga, baʼzilari xotinga tegishlidir.


Xotinning er zimmasidagi haqqi erning oʻziga ham, moliga ham tegishlidir. Xotinning eri zimmasida mahr va nafaqa singari shaxsiy va moliyaviy haqlari bor. Ular quyidagilar:


  1. Download 28.74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling