Mavzu. Nikuradze tajribasi va grafigi. Mahalliy qarshiliklarda energiya yo’qotilishini vujudga kelish sabablari. Mahalliy qarshiliklardagi energiya yo’qolishini aniqlash
Download 100.81 Kb.
|
Mustaqil ish 5-21 KEM Ileshov Xayotbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
Mavzu. Nikuradze tajribasi va grafigi. Mahalliy qarshiliklarda energiya yo’qotilishini vujudga kelish sabablari. Mahalliy qarshiliklardagi energiya yo’qolishini aniqlash. Reja: I Kirish II Asosiy qism Nikuradze tajribasi va grafigi. Mahalliy qarshiliklarda energiya yo’qotilishini vujudga kelish sabablari. Oqimning keskin kengayishi. III Xulosa IV Foydalanilgan adabiyot Tayanch so’zlar: yo’qotish koeffisiyenti, Nikuradze grafigi, kvadrat qarshilik sohasi (zonalari), gidrаvlik silliq va g’ir-budir quvurlar, mahalliy qarshiliklar (o’zanning kengayishi va torayishi, burilish, diafragma, ventil, jo’mrak), Borda teoremasi. 11.1. Nikuradze tajribasi va grafigi Eksperimental tadqiqotlar asosida Nikuradze va boshqa olimlar tomonidan gidravlik ishqalanish koeffisiyenti yoki Darsi koeffisiyentining suyuqlik harakat rejimi, Reynolds soni va quvurning g’adir-budirligiga bog’liqligini o’rganishgan hamda ushbu bog’lanishning quyidagi grafigini taklif etdi (11.1-rasm). Osil bo’la grafigi sun’iy hosil qilingan g’adir-budur quvurlqr uchun qurilgan. Ushbu grafikda suyuqlik oqimining harakatidagi to’rtta bo’limlarning (zonalar) mavjudligi tasvirlangan: I zonada suyuqlikning laminar harakati hosil qilingan. G’adir – bugirlik λ ning qiymatiga ta’sir ko’rsatmayapti, λ = f(Rе). (to’g’ri chiziq: tr= ); II zonada suyuqlikning silliq quvurlar uchun turbulent rejimdagi harakati hosil qilingan. Ushbu holatdagi harakat Blazius formulasiga mos keladi (to’g’ri chiziq: tr= ); III zonada suyuqlikning harakati davomida gidravlik ishqalanish koeffisiyenti λ ning qiymatiga Reynolds soni va g’adir – budirliklar sezilarli ravishda ta;sir ko’rsatadi. Ushbu vaziyat uchun, yani λq=64/Rе va tr= chiziqlar oralig’iga mos keluvchi Al’tshul formulasidan foydalanish zarur bo’ladi; Suyuqlikning turbulent rejimdagi harakati davomida quvur devorining holati uning harakkatlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Suyuqlikning laminar harakatida u silliq, asta-sekinlik bilan turli to’siqlarni aylanib o’tadi. Ushbu vaziyatdagi mahalliy qarshiliklarning qiymatlari shu darajada kichikki, ularni hisoblashlarda inobatga olishmaydi. Suyuqlikning turbulent rejimdagi harakati davomida hatto kichik to’siqlar ham uyirmali harakatlarni yuzaga keltiradi va mahalliy qarshiliklarning miqdorini kattalashtiradi. Bu turdagi qarshiliklarni asosan quvurlardagi notekisliklar hisobiga hosil qilinadi. Ushbu notekisliklar, yani g‘adir-budirliklar quvurlarning qanday materialdan tayyorlanganligiga va qay darajada silliqlanganganiga qarab ularning devor sirtidagi turlicha kattalikdagi yoki juda ham kichik bo’lgan g’adir-budurliklar bilan xarakterlanadi. G’adir-budirlikni xarakterlash uchun quvur sirtidagi balandliklarning o‘rtacha qiymati qabul qilinib, u absolyut g‘adir-budirlik deyiladi va ular ∆ belgisi bilan belgilanadi. 11.1- rasm. Nikuradze grafigi. IV zonada suyuqlikning harakakati turbulent rejimga mos keladi (kvadrat rejimdagi qarshilik). Ushbu zonada Reynolds sonining qiymati gidravlik ishqalanish koeffisiyenti λ ning qiymatiga ta’sir ko’satmaydi va chiziqlar absissa o’qiga parallel holatda joylashadi. Bu holatda gidravlik ishqalanish koeffisiyenti λ ning qiymatiga faqat quvurning g’adir- budirligi ta’sir qiladi. Bu zona gidravlik ishqalanish koeffisiyenti λni aniqlash uchun Nikuradze formulasidan foydalanishadi va u grafikda IV egri chiziqdan o’ng tomonda joylashgan bo’ladi.
Download 100.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling