Mavzu: Nizoli vaziyatlarda o'smir xulq- atvorining psixik xususiyatlari Mundarija : kirish I bob. O`Smirlik davrining umumiy xususiyatlari


Download 44.27 Kb.
bet2/8
Sana25.01.2023
Hajmi44.27 Kb.
#1121418
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nizoli vaziyatlarda o\'smir xulq- atvorining psixik xususiyatlari 1

Mavzuning dolzarbligi: O’smirlik yoshidagi o’quvchilarning emotsional xususiyatlarini o’rganish.O’smirlarning ketma-ket ravishda yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslangan holda, faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirish.O’smirlarning o’z tengdoshlari bilan muloqot jarayonini o’rganish va o’smirlar orasida uchrab turadigan nizoli vaziyatlarning oldini olish.
Kurs ishining maqsadi: O’smirlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining o’zaro mos kelmasligi o’smirlar bila ota-onalari,o’qituvchilari va boshqa murabbiylari o’rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi.O’smir o’zining juda ko’p istaklari ”xohlaymanlarini” amalga oshirishga intiladi.Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, qo‘rqmas va epchil bo‘lishga intiladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday bo’lishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat «kerakligi» uchun shunday bo’lishini istaydilar. Ana shunday «xohlayman» va «kеrаk» o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» faqat «kerak»ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o‘smir bola tushunishga o‘rgatilmagan bo‘lsa va «kеrаk» bo‘lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo‘lsa, u o‘zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o‘zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi.Mana shunday nizoli vaziyatlarni profilaktika qilish va korreksiyalash.
Kurs ishining vazifasi: Nizoli vaziyatlarda o'smir xulq- atvorining psixik xususiyatlari o’rganish va tadqiq etish.
Kurs ishining ob’ekti: Termiz shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 13-umumiy o’rta ta’lim maktabining o’smir yoshdagi o’quvchilari.
Kurs ishining predmeti: Nizoli vaziyatlarda o'smir xulq- atvorining psixik xususiyatlari ta’sirini o’rganish.
Kurs ishining metodologik asosi:”Kuzatish” metodi ,”Suhbat” metodi,”Nizolashuvchanlik darajasini aniqlash” so’rovnomasi.
Ilk o’smirning psixik rivojlanishini harakatga kеltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, maktab jamoasi, ta'lim jarayoni ko`yadigan talablar darajasining oshishi bilan u erishgan psixik kamolot o`rtasidagi ziddiyatlardir. Turli qarama–qarshiliklar, ziddiyatlar o’smirning ahloqiy, aqliy, estеtik jihatdan tеz o`sishi orqali bartaraf qilinadi. Ilk o’smirnlik yoshidagi еtakchi omil yuqori sinf o`quvchisi faoliyatining xususiyati, mohiyati va mazmunidagi tub burilishdir.

Download 44.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling