Mavzu: Nizoli vaziyatlarda o'smir xulq- atvorining psixik xususiyatlari Mundarija : kirish I bob. O`Smirlik davrining umumiy xususiyatlari


II BOB. Nizoli vaziyatlarda o’smir xulq-atvorining psixologik xususiyatlari


Download 44.27 Kb.
bet5/8
Sana25.01.2023
Hajmi44.27 Kb.
#1121418
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nizoli vaziyatlarda o\'smir xulq- atvorining psixik xususiyatlari 1

II BOB. Nizoli vaziyatlarda o’smir xulq-atvorining psixologik xususiyatlari
2.1. Nizoli vaziyatlarda o’smir xulq-atvorining psixologik xususiyatlari va tavsifi
O`smir yoshida (12–17 yosh)gi qonunbuzarlik harakatlari anchagina anglangan va ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu yosh uchun “odatiy” buzilishlar — o’g’il bolalarda — o`g’rilik va bezorilik qizlarda — o`g’rilik va fohishabozlik bilan bir qatorda yangi shakllar ham keng tarqaldi — giyohvand moddalar va qurol bilan savdo-sotiq qilish, reket, qo`shmachilik, muttahamlik, biznesmen va xorij fuqarolariga tashlanish. 1998 yili 190 mingga yaqin voyaga yetmagan jinoyatchilar (qonunni buzuvchilarning umumiy sonini 10 foizi) ro`yxatga olingandi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda o`smirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning katta qismi guruh bo`lib amalga oshirilgan. Guruhda jazodan qo`rquv pasayadi, tajovuz va shafqatsizlik keskin kuchayadi, o`ziga va sodir bo`layotganlarga nisbatan tanqid susayadi. Guruhli qonunbuzarlik axloqining birmuncha yuqori ko`rsatkich namunasi futbol matchidan keyin yoshlar ko`pchilikni tashkil etuvchi ishqivozlarning “sayri” hisoblanadi.
O’smir xulq-atvorida ro’y beruvchi “og`ishlar” psixopatologik sindromlar (bir qancha-simptomlar yig`indisi)ning, yaqqol ko’zga tashlanuvchi belgilari quyidagilardan iborat:
Asabiylashish belgilari — tajanglik, intizomsizlik, o’qituvchilarga qo’pollik, urishqoqlik, chekishga ruju qo’yishlik, toksik moddalardan goho foydalanib turishlik, maktabdan qochishlik.
Disforik o’zgaruvchanlik belgilari — to’satdan kayfiyatning buzilishi, larzaga kelishi, affektiv, ya`ni hissiy zo’riqishdan forig`lik, ruhan yengillashish, tajovuzkorlik, bo’zg`unchilik.
Autizm, ya`ni individni o’zining atrofidagi odamlardan uzoqlashishi evaziga o’z kechinmalariga berilishdan iborat psixologik begonalashuv belgilari-bemaqsadlik, tuzalmas xulq-atvor buzilishining sabablariga:
— oila a`zolaridan birining qandaydir surunkali yoki og`ir dardga chalinganligi;
— oila a`zolaridan birining alkogol va narkotik moddalarga ruju qo’yganligi;
— oila a`zolaridan birining aksilijtimoiy xulq-atvorga egaligi;
— ota-onaning o’zaro munosabatlarida bir-birlarini tushunishga intilishning yo’qligi;
— ota-onalar o’rtasida muhabbat tuyg`usining etishmasligi;
— ota-onada o’zaro adovat saklanganligi;
— o’zaro munosabatlarda (ko’pincha otalarda) zug`umkorlik ifodalanishi, masalan, otaning onaga, otaning farzandlariga, ba`zan onaning jahl ustida o’z farzandlariga zug`um o’tkazishi va hokazolar kiradi.
Odatda, bunday oila yo to’liq bo’lmaydi, yoki nomaqbul oila ekanligani anglatadi. Bunday oilalarda doimo nizoli vaziyatlar ustuvorlik qilib, ularda urish-janjal hukmrondir. Ular bir-birlarini ayblash bilan ovora bo’ladilar.
Vaholanki, ushbu vaziyat bolaning ko’z o’ngida sodir etiladi, ko’pincha farzandlar ham bunday vaziyatning ishtirokchilariga aylanadilar. Achinarli tomoni shundaki, o’z hissiy kechinmalarini boshqara olmagan ota yoki ona, ba`zan har ikkalasi notinchlik sabablari sifatida o’z farzandlarini ayblaydilar. Shu tariqa o’smir psixikasi “zaharlanib” boradi, asta-sekin uning ruhiy rivojlanishida, shuningdek, xulq-atvorida “og`ishlar” yuzaga keladi va shakllanishda davom etadi.
Taassufki, farzandlar ham ota-onalarining o’zaro nomaqbul munosabatlariga shu tariqa o’ziga xos “reaktsiya” ko’rsatadilar. Ushbu holat esa oila, maktab, mahalla ahli uchun “yangicha jonlanish kompleksi” ustida bosh qotirish kerakligini taqozo qiladi.
muammoli oilalar oʻsmir shaxsida deviant xulq-atvorni shakllanishiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni tahlil qilishda biz dastlab oila tasniflari nuqtai nazardan yondashishga harakat qildik. Buning uchun V.A.Gurieva tomonidan ilgari surilgan oila tasniflariga eʼtiborimizni qaratdik. Uning tasnifiga koʻra, ijtimoiy moslashuv darajasiga asoslanib, oilalarni yuqori, oʻrta, past va juda past kabi turlarga ajratiladi. Shunga muvofiq ravishda farovon oila, xavf ostida boʻlgan oila, disfunktsional oila va asotsial oilalarga ajratiladi [6]. Unga koʻra, farovon oilalar moliyaviy, psixologik va boshqa ichki zahiralarga asoslangan holda moslashuvchanlik qobiliyatlari yuqori boʻlganligi tufayli oʻzlariga tegishli boʻlgan funktsional vazifalarni muvaffaqiyatli bajaradilar. Farovon oilalarda kamolga yetayotgan bola shaxsining ehtiyoj va moyilliklari oʻz vaqtida va oʻrinli ravishda qondiriladi va taʼlim bilan bogʻliq muammolar muvaffaqiyatli hal qilinadi.
Xavf guruhiga kiruvchi oilalarda bola shaxsiga taʼsir koʻrsatuvchi noxush, salbiy holatlarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Bunday oilalarga toʻliq boʻlmagan oila, kam taʼminlangan oila, jamiyatning ushbu boʻgʻinlariga nisbatan moslashish qobiliyatini kamaytiradigan buzgʻunchi ota-ona munosabatlariga asoslangan oilalar misol boʻladi. Bu toifadagi oilalarda ota-onalar kuchli darajadagi stresslar bilan voyaga yetishadi. Shu bois, oʻzlaridagi turmush tajribalariga asoslanib, oʻzgalarga taʼlim-tarbiya berishga harakat qilishadi. Haqiqatdan, ham bu oila vakillari farzandlarini kamolga yetkazishda oʻzlarining hayotlari andoza vazifasini oʻtaydi.
Disfunktsional oilalar – hayot faoliyatining maʼlum bir sohasida yoki aksariyat hollarda past darajasidagi ijtimoiy maqom bilan tavsiflanadi. Disfunktsional oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarda begonalashuv, oʻzaro munosabatlarda bir-biridan uzoqlashish, oʻzidan katta insonlardan ajralib turish va tez-tez jismoniy jazolarni qoʻllanilishi kuzatiladi. Bunda asosan kattalar oʻzlariga yuklatilgan oilaviy vazifa va funktsiyalarni bajara olmaydilar.
Natijada bola shaxsidagi moslashuvchanlik salohiyatiga yetarlicha baho berilmasligi va kamolga yetayotgan shaxs tarbiyasi muammo va qiyinchiliklar bilan kechadi.
Asotsial oilalar – oilaning katta vakillarini odobsiz, axloqsiz noqonuniy turmush tarziga asoslangan oilalar. Mazkur oilalarda yashayotgan insonlarning yashash sharoitlari oddiy epidemiologik meʼyorlarga toʻgʻri kelmaydi. Koʻpincha bunday toifadagi oilalarda ota-onalar bolalarning taʼlim-tarbiyasi bilan shugʻullanmaydilar natijada oʻsmirlar qarovsiz holatga tushib qoladilar hamda intellektual va jismoniy rivojlanishida yoshga bogʻliq kechikishlar uchraydi. Shu bois, bolalar aksariyat hollarda ota-onalari yoki ularga teng ijtimoiy mavqeidagi boshqa fuqarolar tomonidan zoʻravonlik harakatlarining qurboni boʻlishadi.



Download 44.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling