Mavzu: Nizoli vaziyatlarda o'smir xulq- atvorining psixik xususiyatlari Mundarija : kirish I bob. O`Smirlik davrining umumiy xususiyatlari


Tajriba sinov ishlari natijalarini tahlil qilish


Download 44.27 Kb.
bet8/8
Sana25.01.2023
Hajmi44.27 Kb.
#1121418
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nizoli vaziyatlarda o\'smir xulq- atvorining psixik xususiyatlari 1

3.2 Tajriba sinov ishlari natijalarini tahlil qilish.
O‘smirda boshqalarning va o‘zining psixologik kechinmalariga qiziqish paydo boiadi. O‘smirlik davridagi inqiroz — o‘smir kechinmalari, uning strukturasi, mazmunining qat’iy o‘zgarishi, buzilishidir. L.S.Vigotskiy 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan. Inqirozdan keyingi davrlar (14—15 yosh) ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan subyektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi psixologik tuzilmalar shakllanadi. Inqirozning kechishi kattalarning o‘sayotgan boladagi o‘zgarishlarni sezuvchanligiga, tarbiya taktikasini mohirona o‘zgartirishiga, o‘smirning yangi ehtiyojlari, yangi qobiliyatlariga bog‘liq ravishda munosabatlarni o‘zgartirishiga bog‘liq.Sog‘lom o‘smirlarga ham kayfiyatning beqarorligi, depressiv kechinmalar, tez ranjish va boshqalar xos. 0‘smirlarda ko‘p uchraydigan «mos emaslik affekti» (arzimas narsaga ham kuchli reaksiya bildirish) o‘zini past baholash va intilish darajasining yuqoriligi orasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘liq.0‘smir intellektining o‘ziga xosligi va affektiv sohasi bilan bogliq ravishda o‘smirlar egotsentrizmining o‘ziga xos shaklini ajratishadi.0‘smir o‘ziga, o‘zida ro‘y berayotgan psixofizologik o‘zgarishlarga qiziqadi, u o‘zini zo‘r berib analiz qiladi, o‘z-o‘zini baholaydi. Unda boshqalar ham uning haqida o‘ylashi, uning tashqi ko‘rinishiga qiziqishi, fikrlari, xulq-atvori va hissiyotlariga qiziqadi, degan illyuziya paydo bo‘ladi. «Xayoldagi auditoriya» fenomeni egotsentrizm komponentlaridan biri bo‘lib, uni har doim tomoshabinlar kuzatadi, u esa har doim sahnaning o‘rtasida deb ishonadi. O‘smirlik egotsentrizmining boshqa komponenti bu shaxsiy afsonadir. Shaxsiy afsona - bu shaxsiy kechinmalarga asoslangan muhabbat, hasad, uyat kabi hislarning o‘ziga xosligiga ishonishdir. Bunday egotsentrizm cho‘qqisi o‘spirinlik davriga o‘tishga to‘g‘ri keladi, bunda tengdoshlari bilan o‘z hissiyotlarini bo‘lishish, ular bilan yaqin ishonchli munosabatlarni o‘rnatish orqali barham berish mumkin.Men konsepsiyasi- o‘z-o‘zini anglashning yangi darajasi sifatida katta o‘smirlik davrida yangi markaziy tuzilma hisoblanadi.0‘z-o‘zini anglashning yangi darajasini shakllanishi (o‘zi haqidagi tasavvur, Men konsepsiyasi) o‘z imkoniyatlari va xususiyatlarini, o‘zining boshqalarga o‘xshashligi va betakrorligini,o‘zini shaxs sifatida bilish ehtiyojidan kelib chiqadi. 0‘smirlarning o‘zi bilan bog‘liq kechinmalari ko‘pincha salbiy bo‘ladi. Bu o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga, kattalarning bahosi va tasavvurlari interiorizatsiyasi qilinishiga bog‘liq.Ko‘pincha o‘smirlar o‘zlariga salbiy baho beradilar, kamchiliklarining uzun ro‘yxatiga faqat bitta ijobiy xislat qo‘shiladi. Bu o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga bog‘liq, kattalarning salbiy bahosi ortib boradigan va ijobiy baho kamdan kam ko‘rsatiladigan tasavvurlari interiorizatsiya qilinadi.0‘smirga o‘zini baholashning shaxsiy mezonlarini ishlab chiqishga, o‘zini «ichdan» ko‘rishga va o‘z yutuqlarini baholashga, shaxsining kuchli tomonlariga suyanishga o‘rgatmoq lozim. O‘smirlik davrining oxiriga kelib kuchli o‘z-o‘zini anglash ro‘y beradi. Kattalarning bahosiga taqlid qilish yo‘qolib, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini ko‘rsatish, o‘z-o‘zini tasdiqlatish, o‘z-o‘zini namoyon qilishga intilish kuchayadi.0‘z oldiga kelajakda bajariladigan topshiriqlarni qo‘yishi o‘smirning o‘qish faoliyatiga yangicha ma’no beradi, o‘z-o‘zini namoyon qilish, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘tiladi. Ilk o‘spirinlik davriga (15—18) o‘tishdagi inqiroz insonning shaxsiy taraqqiyot subyekti sifatida shakllanishi muammosi bilan bog’liq. 18—21 yoshlarda ijtimoiy-psixologik va shaxsiy o‘z-o‘zini belgilash tugallanadi.

Xulosa.
Xulosa qilib aytganda o'smirlar bilan ishlashning asosiy yo'nalishlari ayniqsa, o'smirlar va ota-onalar o'rtasidagi ziddiyat manbai bo'ladi. O'smirlar bilan har bir shaxsning, shu jumladan ota-onaning o'ziga nisbatan huquq va majburiyatlari muammosini muhokama qilish muhimdir. Voyaga etganlik tuyg'usining individual namoyon bo'lishiga kattalar, ayniqsa ota-onalar bolada qanday xulq-atvorni rivojlantirish zarur deb hisoblaganligi va shunga ko'ra, ular unga qanday munosabatda bo'lishlari va qilishlari muhim ta'sir ko'rsatadi. Shunday qilib, itoatkorlik, “kattalar”ga to‘liq bo‘ysunish talabi boshqa odamlarga moslashish, ularning xohish-istaklariga “moslashish” qobiliyatini rivojlanishiga olib keladi.Bunday adaptiv munosabat shakllangan o‘smir kattalardan mustaqilligini tan olishga intiladi. , bir vaqtning o'zida ularga o'zini qarama-qarshi qo'yadi.Bunday o'smirlar ko'pincha o'zlarini tengdoshlari guruhiga aylantiradilar, ular ilgari kattalar talablariga bo'ysunganlari kabi, guruh talablariga to'liq bo'ysunib, ularning xohishlariga "moslasha boshlaydilar". Shaxsning shakllanishida o'smirlik yoshi, o'zining ijtimoiy va biologik rivojlanishida murakkab davr hisoblanadi. Ulkan hayot yo'lining mana shu muhim bir qismida, katta yoshdagi o'smir o'z oldiga kim bo'lish, nima, qanday va nima uchun erishish kabi masalalarni hal etishga to'g'ri keladi. Masalalarni qanday qo'yishni va jamiyat bilan uyg'unligi shaxsning kelajakdagi keng istiqboliga bog'langan holda, uning faolligi, barqarorligi, ma'naviy pokligi, maqsadga yo'nalganligi, betakrorligi, ijtimoiy va psixologik jihatdan mazmundorligi jamiyat uchun ham qimmatlidir. O'smirlik davrining qiyin davr bo'lishi ko'p jihatdan o'smir ruhiyatidagi o'zgarishlarni hisobga olmagan holda nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirish sababli namoyon bo'lishi mumkin.


ADABIYOTLAR RO`YXATI
1.I.A. Karimov Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch. – T.: Ma`naviyat, 2008.
2.Adizova T.M. O`quvchilarning shaxslararo munosabatlarini psixologik diagnostikasi va korrektsion ishlari.- Toshkent, TDPU, 1997.
3.Karimova V.Psixologiya. O`quv qo`llanma. Toshkent, A.Qodiriy nomidagi halq merosi nashriyoti. “O`AJBNT” markazi, 2002.
4. Nishonova Z.T. Psixik taraqqiyot diagnostikasi. Toshkent. Nizomiy nomli TDPU, 2004 y
5. Nishanova Z., Qurbonova Z., Abdiev S., To`laganova SH. Psixodiagnostika. O`quv qo`llanma. -Toshkent , 2008. 7.Davletshin M.G., To`ychiyeva S.M. Umumiy psixologiya, Toshkent, Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti, 2002.
6.Jalilova S. “Shaxs va shaxslararo munosabatlarni o`rganishning proektiv metodikalari”, Toshkent, Nizomiy nomli TDPU, 2006.
7.Kamilova N.G. Muammoli o`smir: tashxis, tadqiqot metodlari. O`quv qo`llanma. Toshkent, Nizomiy nomidagi TDPU, 2004.
8. Karimova V.Psixologiya. O`quv qo`llanma. Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. “O`AJBNT” markazi, 2002.
9. G`oziyev E. Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik, 1- kitob Toshkent «Universitet» nashriyoti , 2002.
10. G`oziyev E., Holmuhammedov M., Ibroximov X. Psixologiya metodologiyasi. Psixolog mutaxassisligi uchun o`quv qo`llanma. Toshkent M.Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti, 2002.
11. Internet kutubxona: 1. www.google.uz 2. www.psy.ru 3. www.ziyonet.uz 4. www.doc.uz


Download 44.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling