Mavzu: Nizoli vaziyatlarda o'smir xulq- atvorining psixik xususiyatlari Mundarija : kirish I bob. O`Smirlik davrining umumiy xususiyatlari


III. BOB Nizoli vaziyatlarda o’smir xulq-atvori borasida tajriba sinov ishlari


Download 44.27 Kb.
bet7/8
Sana25.01.2023
Hajmi44.27 Kb.
#1121418
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nizoli vaziyatlarda o\'smir xulq- atvorining psixik xususiyatlari 1

III. BOB Nizoli vaziyatlarda o’smir xulq-atvori borasida tajriba sinov ishlari
3.1 O’smirda “Men”konsepsiyasining shakllanganlik darajasi
O’smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, prinsip, o‘zligini anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr hisoblanadi. O‘smir ulg‘aygan sari unda «Ideal Men», «Axloqiy Men» va «Haqiqiy Men» singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi.0‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtayi nazari asosida tashkil qila boshlaydi. 0‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchiligi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, axloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zaminida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning «men»i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi.O‘smir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini-o‘zi ishontiradi,men endi «katta bo‘lib qoldim» deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham psixologlar «katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi»ni shaxsning o‘smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar.L.S.Vigotskiy o‘smirlik davrida qiziqishlarning o‘zgarishiga bog‘liq ravishda ikki fazani (salbiy va ijobiy) ajratib ko‘rsatgan.Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarning so‘nishi va yangi dastlabki jinsiy qiziqishlarning paydo bolishi bilan bog‘liq. Bunda quyidagi salbiy xulq-atvor ko‘rinishlari namoyon boiadi: ish qobiliyatining, o‘zlashtirishning pasayishi, o‘smirning qo‘polligi va yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, uning o‘zidan qoniqmasligi va xavotirlanish va b. Ijobiy faza keng, chuqur yangi qiziqishlarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi

Download 44.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling