Mavzu: nobank moliya-kredit muassasalari reja: Nobank moliya kredit muassasalarining zarurligi Kredit korparativ va uyushmalari


Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida


Download 70.29 Kb.
bet6/11
Sana16.02.2023
Hajmi70.29 Kb.
#1203827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
18- mavzuНобанк кредит муассасалари

Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi ­Prezidentining qarori
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tashkil etish uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, shuningdek, tijorat banklarini mikromoliyalashtirish jarayonlariga jalb qilish boʻyicha koʻrilayotgan choralar respublikada mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish hajmini yetarli darajada kengaytirishga imkon yaratganligini taʼkidlash lozim.
Shu bilan birga, mikromoliyalashtirish sohasini tartibga solish boʻyicha xalqaro tajriba aholi va tadbirkorlik subyektlarining mikromoliyaviy xizmatlarga oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun kredit tashkilotlarining salohiyatini oshirish zarurligini koʻrsatmoqda.
Shu sababli mikromoliyalashtirish qonunchiligini yaxshilash, uning eng yaxshi amaliyotlarini, shu jumladan, masofadan turib xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini joriy etish, koʻrsatilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish, aholida haddan tashqari qarz yuki shakllanishining oldini olish, aholining moliyaviy savodxonligini, moliyaviy ommaboplikni oshirish va mazkur xizmatlar isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish respublikada mikromoliyalashtirish sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha ishlarning hozirgi bosqichdagi dolzarb yoʻnalishlari boʻlishi lozim.
Mikromoliyalashtirish sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5614-son Farmoni bilan belgilangan vazifalarga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy ommaboplik sohasidagi ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, tarkibida moliyaviy xizmatlar ommabopligini kengaytirishni, aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishni, moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini (keyingi oʻrinlarda — Milliy strategiya) ishlab chiqishga Jahon bankining texnik koʻmagi jalb etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini ishlab chiqish va kelgusida amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
masʼul vazirlik va idoralarning Milliy strategiya ijrosining borishi boʻyicha muvofiqlashtirilgan hamkorligini taʼminlash, zarur boʻlganda belgilangan tadbirlarning bajarilishiga oid tezkor choralarni koʻrish;
Milliy strategiyani amalga oshirish masalalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari, ekspertlar hamjamiyati va ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni tashkil etish, ushbu maqsadlarda seminarlar, davra suhbatlari, anjumanlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish.
3. Muvofiqlashtiruvchi kengash (J. A. Qoʻchqorov):
bir oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida koʻrsatilgan tadbirlarni 2019-yil yakuniga qadar ijro qilish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin, shuningdek, reja ijrosining borishi toʻgʻrisida har oy Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin;
2020-yil 1-yanvarga qadar “Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
2020-yil 1-yanvarga qadar sohaga ixtisoslashgan xalqaro ekspertlar koʻmagida aholining moliyaviy savodxonligi va moliyaviy ommaboplik darajasini xolisona baholash maqsadida tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazsin;
moliyaviy ommaboplikni takomillashtirish uchun Moliyaviy inklyuziv ittifoq va xorijiy mamlakatlarning markaziy banklari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining 2019-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi tartibni joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin, unga muvofiq:
mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million soʻmgacha, mikrokredit miqdori — 300 million soʻmgacha va mikrolizing miqdori — 600 million soʻmgacha oshiriladi;
mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati 30 kundan 15 ish kunigacha qisqartiriladi;
mikrokredit tashkilotlari barcha ishonchli (blankli) kreditlarning ular shakllantirgan ustav fondiga foiz nisbatini mustaqil belgilaydi;
aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan mikrokredit tashkilotlariga korporativ obligatsiyalarni chiqarish va ularni faqat yuridik shaxslar oʻrtasida joylashtirish huquqi taqdim etiladi;
xorijiy mikrokredit tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan mikrokredit tashkilotlarining ustav fondida ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
6. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-avgustdan boshlab:
a) mikrokredit tashkilotlariga:

Download 70.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling