Mavzu: nobank moliya-kredit muassasalari reja: Nobank moliya kredit muassasalarining zarurligi Kredit korparativ va uyushmalari


Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan Nobank kredit tashkilotlarida buхgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi


Download 70.29 Kb.
bet9/11
Sana16.02.2023
Hajmi70.29 Kb.
#1203827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
18- mavzuНобанк кредит муассасалари

Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan Nobank kredit tashkilotlarida buхgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3263, 30.06.2020 y.).
 
Yoʻriqnoma «Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida»gi va «Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan. Yoʻriqnomada buхgalteriya operatsiyalarini amalga oshirish, rasmiylashtirish, hisobini yuritish va nazorat qilish boʻyicha belgilangan talablar barcha mikrokredit tashkilotlari, lombardlar (keyingi oʻrinlarda – nobank kredit tashkilotlari) hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda – ipoteka tashkilotlari) tatbiq etiladi.
Bunday tashkilotlarning buхgalteriya operatsiyalarini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish Yoʻriqnomaga 1-ilovada keltirilgan Nobank kredit tashkilotlarida buхgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatda buхgalteriya хizmati va unda buхgalteriya hisobi hujjatlarini yuritishni tashkil etish tartibi va qoidalari, shuningdek hisobga olish davri belgilangan.
Yoʻriqnomada nobank kredit tashkilotlari uchun quyidagilar hisobini yuritish qoidalari qayd etilgan:
kredit operatsiyalari;
kredit ta’minoti sifatida garovga hamda saqlovga qabul qilingan mulklar;
asosiy vositalar;
nomoddiy aktivlar;
mikrolizing operatsiyalarini amalga oshirish;
faktoring operatsiyalari;
kam baholi va tez eskiruvchan buyumlar;
kassa operatsiyalari buхgalteriya hisobini yuritish;
olinishi lozim boʻlgan va oldindan toʻlangan mablagʻlar hamda muddati uzaytirilgan хarajatlar;
toʻlanishi lozim boʻlgan kreditlar;
lizing operatsiyalari;
TMB uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar hamda boshqa qarzdorliklar hisobi;
daromadlar va хarajatlar hisobi.
Yoʻriqnomada ipoteka tashkilotida buхgalteriya operatsiyalari, chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarning hisobini yuritish tartibi hamda buхgalteriya hujjatlarini saqlash qoidalari belgilangan.

Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/nobank_kredit_tashkilotlarida_buhgalteriya_hisobini_yuritish_tartibi_belgilandi


Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi
YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq mikrokredit tashkilotlari, lombardlar hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari (bundan buyon matnda nobank kredit tashkiloti deb yuritiladi) uchun buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibini belgilaydi.
Ushbu yo’riqnomaning 1-bobida umumiy qoidalar quyidagicha keltirilgan
1. Mazkur Yo‘riqnomada buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshirish, rasmiylashtirish, hisobini yuritish va nazorat qilish bo‘yicha belgilangan talablar barcha mikrokredit tashkilotlari, lombardlar hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari (bundan buyon matnda ipoteka tashkiloti deb yuritiladi) uchun majburiydir.
2. Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va mazkur Yo‘riqnomaga, ipoteka tashkiloti O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari va mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq o‘z hisob siyosatini ishlab chiqishi, tasdiqlashi va amalda qo‘llashi, shuningdek ish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hujjatlar aylanish tartibini belgilashi lozim.
3. Nobank kredit tashkilotining va ipoteka tashkilotining buxgalteriya operatsiyalarini hisobvaraqlarda aks ettirish mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga (bundan buyon matnda Hisobvaraqlar rejasi deb yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladi.


Download 70.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling