Mavzu: nobank moliya-kredit muassasalari reja: Nobank moliya kredit muassasalarining zarurligi Kredit korparativ va uyushmalari


Lambardlar ssuda jamg’arma assasiyasalari


Download 70.29 Kb.
bet10/11
Sana16.02.2023
Hajmi70.29 Kb.
#1203827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
18- mavzuНобанк кредит муассасалари

4. Lambardlar ssuda jamg’arma assasiyasalari

Lombardlar – ixtisoslashgan tijorat tashkiloti bo‘lib, asosiy faoliyati fuqarolarning harakatdagi mulklari garovi ostida, qisqa muddatli kreditlar berish va buyumlarni saqlash bilan shug‘ullanadi. Lombardlarning ixtisoslashganlik darajasiga qarab buyumlar, oltin buyumlar va avtoulovlar garov sifatida qabul qilinadi. Buyumlar tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida baholanadi. Lombard va kredit oluvchi shaxs o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida kredit beriladi. Dastlabki lombardlar XV asrlarda Frantsiyaning Lombard shahrida savdogarlar tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunda amaliyotda qo‘llanilib kelinayotgan “lombard” termeni shu tariqa paydo bo‘lgan. Lombardlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ushbu
muassasalar mijozning ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan summani juda tez fursatda berish imkoniyatiga egaligidir. Bunda lombard va qarz oluvchi o‘rtasida, ko‘pchilik hollarda qimmatbaho buyumlar garov sifatida foydalaniladi. Lombard tashkiloti berilgan kredit uchun undirilishi lozim bo‘lgan foiz to‘lovini, ko‘pchilik hollarda, oldindan kredit summasidan
chegirib qoladi.
Lombard kredit uchun hisoblanadigan foiz summalari quyidagi tartibda
hisoblanadi.
Masalan, kredit summasi – 1,0 mln so‘m, oylik foiz to‘lovi – 3 %,
kreditdan foydalanish muddati – 20 kun.
Kredit summasidan kelib chiqib, ushbu kredit summasiga nisbatan to‘lanadigan foiz to‘lovi quyidagicha aniqlanadi: 1000000*0,003*20=60000 so‘m.O‘zbekistonda lombardlar bank tizimining ikkinchi pog‘onasidagi kredit muassasalari tarkibiga kiradi.
Ilk marotaba kredit kooperativini tashkil etish kontseptsiyasi 1850 yilda Germaniyada, aholining kam ta’minlangan qatlamlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo‘lgan. Tegirmonchi va novvoylarning dastlabki kooperativ kredit jamiyatini tuzgan German Shultse- Delich va kredit uyushmalari faoliyatining asosiy qoidalarini birinchi bo‘lib bayon
etgan hamda keyinroq kredit uyushmalari federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ni shakllantirishga ko‘mak bergan Frederik Rayfayzen kooperativ harakatiga asos solganlar. Frederik Rayfayzeng‘ bu inson birinchi bo‘lib kredit uyushmalar uchun faoliyat printsiplarini yozadi va keyinchalik
kredit uyushmalari assotsiatsiyasini tashkil etadi. Bu assotsiatsiyani tashkil etib, yangi ochilgan kredit uyushmalarni qonun, mijozlar bilan ta’minlash bilan shug‘ullangan.
Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Mikrokredit tashkilotining firma nomi va muhri. Mikrokredit tashkilotining firma nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa mikrokredit tashkilotlarining firma nomiga o‘xshash bo‘lmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkiloti o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan eri ko‘rsatilgan muhriga ega bo‘lishi kerak. Muhrda ayni vaqtning o‘zida firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin. Mikrokredit tashkiloti o‘z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‘z emblemasiga ega bo‘lishga haqlidir. Mikrokredit tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Mikrokredit tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofik davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Mikrokredit tashkiloti faoliyatini litsenziyalash.Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya
berishni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida qabul qilinadi.
Ayni damda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Lombard tashkilotlari ro’yhati:


Download 70.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling