Bunda kuzatuvchilar uchun sharni harakatini ko’raylik. 1. Yerdagi kuzatuvchi uchun shar inertsiya qonuniga buysunib tekis to’g’ri chiziqli harakatini davom ettiradi. 2. Vagondagi kuzatuvchiga shar kuch ta’sirisiz harakatga kelishi ko’rinadi. Shar - ao tezlanish oladi. Kuzatuvchi shu tezlanishni yuzaga keltiruvchi kuchni axtarib topa olmaydi. Bu inertsiya qonuniga ziddir. Yuqoridagi kelishmovchilikni inertsiya kuchlari tushunchasini kiritish bilan bartaraf qilamiz: sharni tezlanishi vagondagi jismga boshqa jismlarni ta’siri tufayli emas, balki vagonni Yerdagi kuzatuvchiga nisbatan tezlanuvchan harakati tufayli vujudga keladi. Shuning uchun noinertsial sanoq sistemadagi jismga ta’sir etuvchi bunday kuchlarni (Nyuton kuchlaridan farq qilish uchun) inertsiya kuchlari deyiladi. Bu kuchlarni jismlarga ta’siri ham Nyuton kuchlarinikidek bo’ladi. Demak vagondagi shar inertsiya kuchi Fi = - m ao ta’sirida harakatga keladi. Shuning uchun noinertsial sanoq sistemalarida jismga ta’sir etuvchi kuchlarni Fn va Fi kuchlarni yigindisi deb qarash kerak - Demak vagondagi shar inertsiya kuchi Fi = - m ao ta’sirida harakatga keladi. Shuning uchun noinertsial sanoq sistemalarida jismga ta’sir etuvchi kuchlarni Fn va Fi kuchlarni yigindisi deb qarash kerak
- ma' = ∑ Fn + Fi
- yoki
- ma' = ∑ Fn - m ao
- Bu yerda a' noinertsial sanoq sistemadagi jismni barcha kuchlar ta’sirida olgan tezlanishidir.
- Inertsiya
- kuchlarining xususiyatlari
- 1. Inertsiya kuchlari faqat noinertsial sanoq sistemadagina ta’sir qiladi. .
- 3. Inertsiya kuchlari uchun Nyutonning III-qonunini qo’llab bo’lmaydi.
- Tekis aylanma harakat qlayotgan sistemaning har bir nuqtasi markazga intilma kuch ta’sirida bo’lib, u bilan bogliq sanoq sistemasi noinertsial sistemani hosil qiladi. Tezlanuvchan harakat qiluvchi ushbu sistemadagi inertsiya kuchini ko’raylik.
- Massa markazidan o’tgan qo’zgalmas o’q atrofida o’zgarmas burchak tezlik bilan aylanayotgan disk olaylik. Disk bilan birgalikda uning markaziga prujina bilan bog’langan jism ham aylanma harakat qilishi mumkin. Tinch holatda bo’lgan disk ustidagi jism aylanish o’qdan ma’lum bir masofada joylashgan bo’lsin. Disk aylanma harakatga keltirilsa, sharchaga radius bo’ylab markazga intilma kuchga teskari yo’nalishda markazdan qochma inertsiya kuchi ta’sir qilib prujinani cho’zadi.
- Bu kuch bilan prujinaning elastiklik kuchi tenglashganda sharchaning siljishi to’xtaydi.
- Bu holatdagi sharchaning chiziqli tezligi v bo’lsa, markazdan qochma inertsiya kuchi
-
- Shunday qilib ω burchak tezlik bilan aylanuvchi har qanday sistema noinertsial sanoq sistemasini hosil qiladi. Bu sistemada joylashgan jismlarga markazdan qochma inertsiya kuchlari ta’sir qiladi. Bunday kuchlar ta’sirida aylanayotgan diskdagi mayatnik muvozanat holatidan ma’lum burchakka og’adi.
- Agar jism noinertsial sanoq sistemasiga nisbatan harakatlanayotgan bo’lsa unga qo’shimcha inertsion tabiatga ega bo’lgan Koriolis kuchi ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |