Mavzu: Noma kasalligi. Bajardi: Mardonova. D


Download 40.5 Kb.
Sana23.10.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1717208
Bog'liq
Noma kasalligi

Mavzu: Noma kasalligi.

Bajardi: Mardonova. D.


Noma
Noma - yuz to'qimalarini, jag'laring va og'iz bo'shligi to gimalarining tez targaluvchi suvli gangrenasi bilan kuzatiladigan infeksion kasallik hisoblanadi. Hozirgi kunda noma kasalligi bilan kasallanish juda kam uchraydi. Ogiz bo'shlig'i shilliq qavatidagi nekrotik jarayonlar ko'pgina holatda stomatitlarni, ko'p formali eksudativ eritema, chuqur mikoz, yurak-qon tomir yetishmovchiligining asorati sifatida yuzaga keladi.
Kasallik etiologiyasi
Noma kasalligini etiologiyasi hozirgi kungacha noaniqligicha
golmoqda. Kasallikni rivojlangan davrida, nekrotik sohalar ajralmasidan
fuzospirilyar fonnasidagi anaerob mikroblar, shuningdek, og'iz
bo'shligidagi odatiy anaerob mikrofloralar aniqlanadi.
Kasallik patogenezi.
Noma kasalligini va og'iz bo'shlig'ini boshqa nekrotik
jarayonlarining patogenezida organizmni antiinfeksion himoya kuchlarini pasayishi katta ahamiyat kasb etadi. Kasallik ko pincha bolalarda uchraydi.
Katta yoshdagi kishilarda 50 yosh va undan kattalarda uchrab, uning sababi ko pgina holatlarda qon-tomir sistemasining kasalliklari ogibatida
yuzaga keladi.
Nekrotik jarayonni rivojlanishida og'iz bo'shlig'ini gigiyenasiga
rioya gilmaslik, gangrenoz tishlarni bo'lishi, ogiz shilliq avatini jarohatlovchi o'tkir qirrali tishlarni bo"lishi asosiy sababchi bo' lib xizmat
giladi.
Kasallik patologik anatomiyasi
Noma kasalligini va yuz - jag' sohasini boshga nekrotik
jarayonlarini morfologiyasida lablar, lunj, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini
suvli gangrenasi yuz beradi. Nekroz o'choqlari kengligi va chuqurligi bo'ylab kattalashib boradi. Bu kasallikda nekrotik jarayonni demarkatsiya rivojlanmaganligi aniqlanadi. Nekroz sohalari chegarasi aniqlanmaydi.
sohalardagi mikroskopik tekshirilganda, qon-tomir, limfatik
tomirlarni tromblanib golishligi kuzatiladi. Jarayon rivojlanib, tez
targalish xususiyatiga ega bo'lib, yangi sohalarni egallay boshlaydi. O'z vaqtida davolashni boshlash va kasallikni xavfsiz kechishida nekrozga
uchragan sohalarni ko'chib tushishi va uning o'rida nuqson yuzaga
kelishi kuzatiladi. Nekroz ko'chib tushgan sohalar gattiq, q0'pol
chandiqlar bilan goplanib, bu esa yuzning xunuklashishiga, yuz - jag sohasidagi chaynov va mimik mushaklarni kontrakturasiga, chaynov, so' zlashuv, mimika, yutinish kabi funksiyalarni buzulishiga olib keladi
Klinik manzarasi:
Noma kasalligi umumiy holsizlik, tana haroratini subfebril bo'lishi bilan ba'zida otkir boshlanadi. Tana harorati 38 - 40 °C ko tariladi, organizmni umumiy intoksikatsiya belgilari yuzaga chiqadi.
Ogiz shilliq qavatida, yuz terisida, lab sohalarida yallig'lanuvchi
o'choq paydo bo'ladi. Og iz shilliq qavatida sekin asta yaraga o'tuvchi pufak yoki gemorragik dog' ko'rinishlarida, yuz terisida qora ko'kimtir rangli teri goplamini yuzaga kelishi bilan kuzatiladi. Ayrim holatlarda kasallik yiringli nekrotik gingivit bilan boshlanadi. Birlamchi nomatoz sohadan boshlangan nekroz atrof to'gima bo'ylab to 'qimalarni kengligi
va chuqurligi bo'ylab targala boshlaydi.
Yara biroz vaqt turib keyin progressivlanib ketadi. Yuz shishib boradi, yara bo'lgan joyda avval sariq, keyin gora dog'lar hosil bo'ladi.
Kasallik boshlanganini 2-5 kuni lunj toqimalari lab va og'iz burchaklar to'qimalarida perforatsiya (teshilish) paydo bo'ladi.
Nekroz milklarga tarqalib, tishlarni qimirlab qolishiga olib keladi
hamda yuqorigi va pastki jag'gacha, tomoq va og'iz bo'shligi oxiriga
tarqalishi mumkin. Kasallik boshida tana harorati 38-40 °C gacha ko'tariladi, umumiy holsizlik kuzatiladi, ich ketishi, alahsirash, pnevmoniya belgilari kuzatiladi. O'pka gangrenasi, sepsis kuzatilishi mumkin.
Davolash. Birinchi o'rinda organizm umumiy quvvatini kuchaytirish kerak va zararlanish o'chog'ida mikroflora hayot faoliyatini to 'xtatishga garatilgan muolajalar qilish kerak.
Kasallik tashhisi
Noma kasalligini tashxisi yaqqol klinik belgilar asosida bundan tashqari mikrobiologik, morfologik, immunologik tahlillar, natijalar asosida qo' yiladi.
Kasallikni taqqosiy tashxisi
Noma kasalligi va boshqa nekrotik jarayonlar yuz - jag' sohasi
yiringli - nekrotik flegmonalari bilan, yiringli, yiringli - nekrotik
parotitlar bilan, otkir leykozdagi otkir nekrotik jarayonlar bilan, xavfli
o'smalardagi nekrotik erib ketish kabi jarayonlar bilan taqqosiy
tashhislanadi.
Antibiotiklar. Mahalliy novakain-penistillin blokadasi va zararlangan o'choq atrofiga antibiotiklarni tampon yordamida qo' yish gangrenaga garshi zardob yuborish, yaraga malhamli aseptik bog lamlar qo'yish ishlari o'tkaziladi.
Gemotransfuziya askorbin kislotasi (0.3-0.5 g 2-3 mahal kuniga)
nikotin kislatasi (0.2-0.4g 2-3 mahal kuniga) tiamin (0,01-0,015g ) pentoksil (0,02 2-3 mahal kuniga) somatik kasalliklarni davolash, stomatitlarni prafilaktika qilish kerak.
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling