Mavzu: Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda ettirishning to’g’riligini tekshirish


Nomoddiy aktivlar bo’yicha hisoblangan amortizatsiya


Download 32.07 Kb.
bet2/4
Sana22.04.2023
Hajmi32.07 Kb.
#1380849
1   2   3   4
Bog'liq
2 MAVZU

Nomoddiy aktivlar bo’yicha hisoblangan amortizatsiya
ajratmalarini schyotlarda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish (namuna) 
Muomalalar mazmuni 
№21-BHMS bo’yicha 
Korxonada tuzilgani 
Schyotlar 
korrespond.
Dastlab. 
huj.
schyotlar 
korrespond 
Dastlabki huj 
Dt 
Kt 
Dt 
Kt 
1. Asosiy ishlab chiqarishda ishlatilayotgan 
NA ob’ektlari bo’yicha amort-ya hisoblash 
2010 

0510
-


0590 
Amor-ya 
hisob-
kitobi, 
hisob 
siyosati 
26 
05 
Amort-ya 
hisob-kitobi 
2. 
Yordamchi 
ishlab 
chiqarishda 
ishlatilayotgan NA ob’ektlari bo’yicha 
amor-ya hisoblash 
2310 
0510
-
0590 
- // - 
23 
05 
- // - 
3. Umumishlab chiqarish maqsadlari uchun 
ishlatilayotgan 
NA 
bo’yicha amor-ya 
hisoblash 
2510 
0510
-
0590 
- // - 

4. Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarda ishlab 


chiqarishida ishlatilayotgan NA bo’yicha 
amor-ya hisoblash 
2710 
0510
-
0590 
- // - 
29 
05 
- // - 
5. Ma’muriy maqsadlarda ishlatilayotgan 
NA bo’yicha amor-ya hisoblash 
9420 
0510
-
0590 
-

// - 


6. Kapital qo’yilmalarda ishlatilayotgan NA 
ob’ektlari bo’yicha amor-ya hisoblash 
0810
-
0890 
0510
-
0590 
- // - 
89 
05 
- // - 
7. NA ob’ektlarini hisobdan chiqarishda 
(sotish, hisobdan o’chirish, tekinga berish) 
to’plangan amor-ya summasini hisobdan 
o’chirish.
0510
-
0590 
9220 
- // - 
05 
48 
- // - 
8. 
Joriy 
yilda 
NA 
larga 
oshiqcha 
hisoblangan amor-ya summasini tuzatish 
0510
-
0590 
9390 
- // - 
05 
85/3 
- // - 
9. Joriy yilda NA larga kam hisoblangan 
amor-ya summasini tuzatish 
Хaraj
at 
schy
otlari 
0510
-
0590 
- // - 
46 
05 
- // - 

Hisobot davridagi amortizatsiya ajratmalari arifmetik hisob-kitoblarining to’g’riligini 


tekshirish auditorlik jamlash qoidalarini hisobga olgan holda, jamlash asosida amalga oshiriladi. 
Ushbu ish quyidagi shakldagi ishchi jadval bilan rasmiylashtirilishi mumkin.

№ 
Ob’ekt 


nomi 
Dast-labki 
qiymati

Amortizatsiya 


normasi 
Amortizatsiya
summasi 
Farq nimaning 
hisobiga 
Korxona 
ma’lumotlari 
Auditor 
ma’lumotlari 
Korxona 
ma’lumotlari 
auditor 
ma’lumotlari 
Norma 
hisobiga 
Hisob-kitob 
noaniqligi 
1.
Patent 
100000 
30 
20 
30000 
20000 
10000 

va h. k.

Jami: 

Yuqoridagi jadval asosida aniqlangan farqlar bo’yicha auditor eng katta farqlarni tahlil qiladi va 


ularning hisobotlar ishonchliligiga ta’sirini baholaydi.
Auditor amortizatsiya ajratmalarining har oyda hisoblanayotganligini ham tekshirishi lozim. 
CHunki amaliyotda nomoddiy aktivlarga har chorakda bir marta amortizatsiya hisoblash hollari 
147
uchraydi. shuningdek, korxona zarar ko’rgan davrlarda ham amortizatsiya hisoblanganligini 
tekshirish zarur. Qoidaga ko’ra korxona faoliyatining hisobot davridagi natijalari qanday bo’lishidan 
qat’iy nazar (foyda oladimi yoki zarar ko’radimi) nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashi shart.
Nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari hisoblashni tekshirish chog’ida: 
*
nomoddiy aktivlar ob’ektlarining o’rtacha qiymati va o’rtacha amortizatsiya normasidan 
foydalangan holda hisoblash yo’li bilan amortizatsiya ajratmalari summalarini prognozlash; 
*

bir necha hisobot davrlaridagi hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalarini taqqoslash 


va aniqlangan farqlarni nomoddiy aktivlar ob’ektlarining mavjudligi hamda ular kirimi va 
chiqimining ta’sirini inobatga olgan holda tahlil qilish kabi analitik amallardan ham foydalanish 
mumkin.
Amortizatsiya ajratmalarini batafsil tekshirish chog’ida auditor amortizatsiya ajratmalari 
hisoblash usullaridagi o’zgarishlarning korxona hisob siyosatida aks ettirilganligini aniqlashi lozim. 
CHunki bunday o’zgarishlar bir qancha davrlar oralig’idagi ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligiga 
sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bunda joriy sharoitga yangi baho berish kerak. Nomoddiy 
aktivlarning foydali xizmat muddatlari o’zgargan hollarda o’zgarish sabablari o’rganilib, ularning №1 
- «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» va №7 - «Nomoddiy aktivlar» nomli BHMS talablariga 
muvofiqligi o’rganiladi.
Nomoddiy aktivlardan qancha muddatda foydalanish va ularga eskirish hisoblash zarurati 
haqidagi masalaga ko’pchilik davlatlarning ancha ehtiyotkorlik bilan yondoshishi bu sohadagi 
mavjud xalqaro standartlarga muvofiq keladi. CHunki, hisobning xalqaro standartalari komiteti 
yoxud ishbilarmonlik aloqalari qiymati kapitallashtirishni, yoxud birdaniga korxonaning xususiy 
kapitali hisobiga hisobdan chiqarishga ruxsat beradi.
Lekin, bu standartlarga muvofiq nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashning qandaydir maksimal 
muddati tavsiya qilinmaganligiga qaramasdan, ayrim davlatlarda ma’lum cheklashlar kiritilgan. 
Masalan, firma amaliy shuhrati- ”Goodwill”ning qiymati Kanada va AQSH da 40 yil, Avstraliyada 
20 yil, Niderlandiya va SHvetsiyada 10 yil, Yaponiyada 5 yilda hisobdan o’chiriladi.
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashga qarshilar: birinchidan, nomoddiy aktivlarni 
umuman korxona mablag’i deb hisoblamaydigan iqtisodchilar, ikkinchidan, tegishli sarflar hisobidan 
qo’llab-quvvatlab turilishi sababli, firmaning amaliy shuhrati, savdo belgilari, tovar markalari va 
boshqa nomoddiy aktivlar qiymati pasaymaydi degan fikr tarafdorlari; nihoyat firma amaliy shuhrati, 
savdo belgilari, tovar markalari va boshqalarga amortizatsiya hisoblash hollarida, bir tomondan, 
kamayayotgan qiymatni almashtirish va saqlab turish sarflari amalga oshirilayotganligi sababli 
takroran hisoblash sodir bo’ladi deb hisoblovchi iqtisodchilar.
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari komiteti (BHХS) moliyaviy 
hisobotlarning taqqoslanuvchanligini yaxshilash maqsadida nomoddiy aktivlarga eskirish 
hisoblanmasdan, darrov hisobdan o’chirish metodlarini qo’llashni ta’qiqlash va agar faqat bundan 
uzoqroq muddat belgilash asoslanmagan bo’lmasa (ammo bu holda ham u 20 yildan oshmasligi) 
masalasini o’rganmoqda.
Тa’kidlab o’tganimizdek, bizning respublikamizda foydali xizmat muddatini aniqlash imkoni 
bo’lmagan nomoddiy aktivlarga eskirish 5 yil muddatdan kelib chiqib hisoblanadi (ammo 
korxonaning faoliyat muddatidan oshmasligi kerak). Nomoddiy aktivlar auditi biz uchun yangi hisob 
va audit ob’ektlari hisoblanadi. shuning uchun nomoddiy aktivlarni hisobga kirim qilish usullari, 
haqqoniy baholash metodlari, ular qiymatini qoplash va sh. o’. , shuningdek joriy hisobda harakatini 
aks ettirish masalalari jiddiy ilmiy-tadqiqotlarni talab etadi.

Download 32.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling