Mavzu: Noorganik kimyo fani maqsadi, vazifasi. Atom molekulyar talimot


Download 408.5 Kb.
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi408.5 Kb.
#1369054
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1468400046 62974

Noorganik kimyo fani maqsadi, vazifasi. Atom molekulyar talimot

  • REJA:
  • 1.HOZIRGI ZAMON KIMYO FANINING ASOSIY MUAMMOLARI.
  • 2.KIMYO FANINING KELAJAKDAGI RIVOJLANISHI
  • 3.KIMYO FANINING ASOSIY MUAMMOSI
  • 4.KIMYO FANINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI.

Noorganik kimyo fanining boshqa fanlar orasidagi o’rni. Asosiy yo’nalishlari, rivojlanish bosqichlari, asosiy tushunchalari: atom, molekula, kimyoviy reaktsiya, materiya, massa va energiyaning saqlanish qonuni. Moddalarning agregat holatlari. Anorganik birikmalar strukturalarining asosiy turlari Juda qadim zamonlardan beri odamlar tevarak atrofdagi tabiat bilan doimiy muloqatda bo’lib, unga kimyo vositasida ta‘sir etganlar, hamda o’zlari uchun zarur material va mahsulotlar olganlar. Masalan: metall eritish, shisha va sopol, gazlamalar uchun boyoq tayyorlash, teri oshlash, non yopish va h.k. lar. Shu ma‘noda kimyo inson faoliyatining eng qadimgi sohasidir. Ha fan emas, balki faoliyat sohasidir. Kimyo hozirgi tasavvurimizdagi fanga aylanishi uchun ming yillar kerak bo’ldi. Moddani chuqur bilish va undan inson farovonligi yo’lida foydalanish kimyoning hozirgi asosiy shioridir. Kimyoni bilimlar ko’lami jeda keng. Kimyo dunyoni tashkil etgan elementlarni ham, shu elementlardan hosil bo’lgan turli tuman oddiy va murakkab moddalarni ham, ularning bir-biriga aylanishiga doir murakkab qonunlarni ham o’rganadi.

HOZIRGI ZAMON KIMYO FANINING ASOSIY MUAMMOLARI

  • - yangi kimyoviy birikmalarning sintezi va ularning metodikasini ishlab chiqish;
  • - har xil kimyoviy omillar ta‘sirida boradigan kimyoviy reaktsiyalarni o’rganish;
  • - kimyviy analizning –moddiy tarkibi va xossalarini o’rganishning yangi usullarini yaratish;
  • - kimyoviy elementlar va ularning izotoplarini o’rganish;
  • - har xil yangi materiallarni yaratish, ularning tuzilishi va xossalaini o’rganish;
  • - yangi xil yonilg’i va energiya manbalarini yaratish;
  • - moddalarni tozalash va aralashmalarni ajratishning eksperimental usullarini yaratish va uning nazariy printsiplarini ishlab chiqish;
  • - kimyoni elektronikaga tadbiq qilish;
  • - yangi dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlarini sintez qilib olish;
  • - tabiiy resurslardan foydalanish texnologiyasini yaratish;
  • - kimyoviy bionikani rivojlantirish. (54 Sviridov V.V. ximiya segodnya i zavtra s – 127. Minsk, Izd. Universitetskoe 1987. S. 126.).
  • 1977 yil 4 mln 40 ming kimyoviy birikmalar bo’lib, undan 63 mingtasi amalda qo’llanilgan.
  • 1983 yilga kelib 5 mln 475 ming turdagi modda bo’lgan, Ksenonning 400 dan ortiq birikmasi olingan bular kutilmagan birikmalardir.

Download 408.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling