Mavzu: Nosir Fozilov bolalar adibi. Reja: Nosir Fozilov
Nosir Fozilov qissalarida o`smirlar obrazi
Download 209.23 Kb.
|
Nosir Fozilov bolalar adibi.
2. Nosir Fozilov qissalarida o`smirlar obrazi
Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlugʻ dargohiga oʻtgan asrning 50-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan. Hozirgacha yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi. Ularning aksariyati tarjima asarlardir. U 1929 yili Qozogʻistonning Chimkent viloyatiga qarashli Turkiston tumanidagi Qoriz qishlogʻida tavallud topdi. Ota-onasi dehqonchilik bilan shugʻullangan, buvasi Tursunmuhammad Aʼlam “Gʻurbatiy” taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Kamiy, Xislat, Sidqiy-Xondayliqiylar bilan hamnafas, hamfikr boʻlib ijod qilgan. Toshkentda uning uchta sheʼriy kitobi chop etilgan. Nosir Fozilovning bolaligi urush davriga toʻgʻri kelganligi uchun ham oʻqib, ham ishlashiga toʻgʻri keldi. Shu tufayli u oʻz tengdoshlaridan ancha kech, yaʼni, 1949 yilda oʻrta maktabni tugatgan. Soʻng Toshkentga kelib, Oʻrta Osiyo Davlat universitetiga oʻqishga kiradi. Uni 1954 yilda tugatadi. Shundan soʻng “Gulxan”, “Sharq yulduzi” kabi jurnallarda, nashriyotlarda turli lavozimlarda ishlaydi. Adibning birinchi hikoyasi 1953 yilda bosilgan. Ilk kitobi 1959 yilda “Irmoq” nomi bilan chop qilingan. Soʻngra “Oqim” (1962), “Robinzonlar” (1964), “Qush qanoti bilan” (1965), “Qorxat” (1968), “Koʻklam qissalari” (1970), “Joʻxori tuzoq” (1971), “Saraton” (1975), “Kichkina demang bizni” (1977), “Diydor” (1979), 2 jildlik “Tanlangan asarlar” (1982–1983), “Shum bolaning nabiralari” (1985), “Bolaligim ‒ poshsholigim” (1989), “Bir otar toʻpponcha”, “Toshkentning nosi”, “Said Ahmad noming baland” (1995), “Munavvar lahzalar” (1998), “Eslasang koʻngling yorishur” (2003), “Ustoz soʻzlaganda” (2007), “Topdimu yoʻqotmadim” (2010) kabi oʻnlab kitoblari nashrdan chiqdi. Nosir Fozilov tarjimon sifatida ayniqsa samarali ijod qildi. Sh. Husainovning “Nurli tosh” (pyesa, 1952), S. Muqonovning “Hayot maktabi” (qissa, 1954), “Choʻpon oʻgʻli” (qissa, 1960), “Choʻloq polvon” (qissa, 1970), B. Mustafinning “Qaragʻanda” (roman, 1956), Q. Abduqodirovning “Xojimuqon” (qissa, 1959), Gʻ. Musrepovning “Qozoq soldati” (roman, 1960), “Choʻlqor” (qissa va hikoyalar, 1960), “Qiron qush qoʻshigʻi” (qissa, 1970), Muxtor Avezovning “Qarash-qarash voqeasi” (qissa, 1960), “Abay ‒ xalq farzandi” (pyesa, 1970), M. Avezov, L. Sobolevning “Abay” (tragediya, 1970) asarlarini tarjima qilgan. Shuningdek, rus, turkman, qirgʻiz adiblarining ham asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Ayni paytda N. Fozilovning ham rus, turkman va qozoq tillarida kitoblari chop etilgan, shuningdek, asarlari arman, latish, gruzin, hind, arab, ozarbayjon tillariga tarjima qilingan.Uning ana shunday samarali mehnatlari zoye ketmadi. 1985 yilda u “Shum bolaning nabiralari” kitobi uchun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Gʻ. Gʻulom nomidagi, 1986 yilda esa qozoq adabiyotidan qilgan tarjimalari uchun Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasining Bayimbet Maylin nomidagi mukofotlar sohibi boʻldi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Nosir Fozilov 1999 yili “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. 2011 yili “Topdimu yoʻqotmadim” kitobi uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlug’ dargohiga 50 yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan bo`lib, hozirgacha jami yetmishdan ortiq qitob chop ettirdi. U 1929-yili Qozog’istonnning Chimkent viloyati Turkiston tumanining Koriz qishlog’ida tavallud topdi. Uning ota va onalari dehqonchilik bilan shug’ullangan bo`lsalar ham buvasi Tursunmuhammad A`lam G’urbatiy taxallusi bilan she`rlar yozgan. Kamiy, Xislat, Sidqiy Xondaliqiy bilan hamnafas, hamfikr bo`lib, Toshkentda uning uchta she`riy kitobi chop etilgan. N.Fozilovning bolaligi urush davriga to`g’ri kelganligi tufayli ham o`qib, ham mehnat qilgan. Shu sababli u o`z tengdoshlaridan ancha kech, ya`ni 1949-yilda o`rta maktabni tugatadi. So`ng Toshkentga kelib, universitetga o`qishga kiradi va uni 1954-yilda tugatadi. Shundan keyin “Gulxan”, “Sharq yulduzi” kabi jurnallarda va “Yosh gvardiya”, G’.G’ulom nomidagi “Adabiyot va san`at” nashriyotlarida turli lavozimlarda ishlaydi. Adibning birinchi hikoyasi “Lening uchquni” gazetasida 1953-yilda bosilgan bo`lsa, uning birinchi kitobi 1959-yilda “irmoq” nomi bilan chop qilinadi. So`ngra “Oqim” (1962), “Robinzonlar” (1964), “Qush qanoti bilan” (1965), “Qorxat” (1968), “Ko`klam qiyoslari” (1970), “Diydor” (1979), “Tanlangan asarlar” 2 jildlik (1983-1984), “Bolaligim-poshsholigim” (1989), “Bir otar to`pponcha” (1995) kabi o`nlab kitoblari nashrdan chiqdi. Nosir Fozilov tarjimon sifatida ram samarali ijod qilmoqda. U Abay, Muxtor Avezov, Sobit Muqonov, G’abit Musrepov, G’abiden Mustafin, Abdulla Tojiboyev, Abdujalil Nurpeisov kabi ko`plab qozoq adiblari asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirdi. Suningek, qirg’iz, qoraqalpoq va o`zga tillardan ham ko`plab sara asarlarni o`zbek tiliga o`girdi. Uning ana shu ijod sohasidagi samarali mehnati zoye ketmadi. 1985-yilda unga “Shum bolaning nabiralari” kitobi uchun O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining G’.G’ulom nomidagi, 1986-yilda esa qozoq adabiyotidan qilgan tarjimalari uchun Qozog’iston Y ozuvchilar uyushmasining Boyimbet Maylin nomidagi, “Ustozlar davrasida asari uchun esa Hamza nomidagi Davlat mukofoti beridi. 1990 –yilda u “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sanat arbobi” unvoniga sazovor bo`ldi. Nosir Fozilovning ko`plab asarlari o`zga tillarga ham tarjima qilinib, nashr etilmoqda. U 1994-yili o`zbek va qozoq adabiy aloqalari borasidagi katta xizmatlari uchun Qozog’iston Prezidenti ta`sis etgan “Tinchlik va ma`naviy hamjihatlik uchun” Xalqaro mukofotiga sazovor bo`ldi. Xulosa qilib aytadian bo’lsak, Nosir Fozilov ijodi namunalari orqali insonlarni kamtarlikka, mehnatsevarlikka, xushxulq va xushodob kabi xislatlar egasi bo’lishga undagan. Nosir Fozilov bolalar adabiyoti nasrining rivojiga katta hissa qo`shgan ijodkordir. Masalan, adibning “Quyoncha” hikoyasini oladigan bo`lsak, ushbu hikoyada bahor fasli tasviri beriladi. Mirtoji bobo bahor faslidagi qizg’in ish tufali uyiga bora olmaydi. Nabiralari Bektosh bilan Hoshim maktabdan qaytib, bobolariga ovqat olib borishadi. Bolalar hali yosh bo`lganlari uchun shoshilmay, atrofning go`zalligidan bahra olib yurib borishardi. Shunda Bektosh uchib yurgan zog’chalarni ko`rib, ularga kesak otadi. Bir otgan kesagi shudgor chekkasidagi qalin olabo`taga kelib tushadi va u yerdan kichkina quyoncha sakrab chiqadi. “Bolalar qiyqirishib o`zlarini quyonchaga otishdi. Bechora quyoncha nima qilarini bilmay olabo`tadan birikki aylandi. Keyin shoshganidan haydalgan yerga qarab qochdi. Bektosh uch-to`rt hatlashdayoq unga yetib, tutib oldi. Orqasidan Hoshim halloslab yetib kelganida, Bektosh quyonchani bag’riga bosdi.” Ular shu zaylda bobalarining oldiga yetib borishadi. Ular yo`lda topib olgan quyonchalarini ko`rsatishganida bobosi uning hali kichkinaligini, o`z uyiga olib borib qo`yishlarini aytadi. Har ikki bola quyonchani topib olgan yerlariga qo`yib kelish uchun yo`lga tushishadi. Bobo esa ular ketgach, ishtaha bilan tovoqning og’zini ochadi O`zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning 1998-yil nashr etilgan “Yo`qotganlarim va topganlarim:Xotiralar. Adabiy o`ylar” kitobining “Ikki xalq bolasi” nomli qismida Nosir Fozilov hayot yo`li xususida quyidagi fikrlarini ilgari surgan: Talantli yozuvchilarimizdan Nosir Fozilov ellik yoshga kirdi. Bolaligimda ko`rgan ellik yoshlilar boshqacha bo`lardi. Belbog’iga nosqovog’u soqoltaroq osgan, bo`yinlari tokning zangidek bujmayib ketgan chollar ko`cha ostonasida iyagiga xassasini tirab: “Yo, haq” deb o`tirishardi. Ana o`shalar hali ellikka kirmay chol nomini olgan kishilar edi. Download 209.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling