Mavzu: Numizmatika


Download 97.03 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi97.03 Kb.
#1605217
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Barotov Sherali Numizmatika

Birinchi tanga pullar qachon paydo bо‘lgan degan savol hali uzil- kesil hal bо‘lgani yо‘q. Birinchi tanga qayerda zarb qilinganligi tо‘g‘risida antik olimlarning fikri turlicha. Jumladan, Birinchi tanga miloddan avvalgi XII asrlarda Xitoyda, keyinchalik Hindistonda muomalaga chiqarilgan. Chunonchi, Gerodot va Ksenofotlarning ma’lumotiga kо‘ra, birinchi oltin hamda kumush tangalar miloddan avvalgi VII asrda Kichik Osiyoning Lidiya davlatida Mermnad sulolasining asoschisi Giges (mil.av. 692-654 y.) davrida oltin va kumushning tabiiy qotishmasi elektrum (ba’zi manbalarda “elektra”, E.Rtveladzening “Drevniye moneti Sredney Azii” asarida – “oq oltin” iborasida qо‘llaniladi)dan zarb etilgan.

  • Birinchi tanga pullar qachon paydo bо‘lgan degan savol hali uzil- kesil hal bо‘lgani yо‘q. Birinchi tanga qayerda zarb qilinganligi tо‘g‘risida antik olimlarning fikri turlicha. Jumladan, Birinchi tanga miloddan avvalgi XII asrlarda Xitoyda, keyinchalik Hindistonda muomalaga chiqarilgan. Chunonchi, Gerodot va Ksenofotlarning ma’lumotiga kо‘ra, birinchi oltin hamda kumush tangalar miloddan avvalgi VII asrda Kichik Osiyoning Lidiya davlatida Mermnad sulolasining asoschisi Giges (mil.av. 692-654 y.) davrida oltin va kumushning tabiiy qotishmasi elektrum (ba’zi manbalarda “elektra”, E.Rtveladzening “Drevniye moneti Sredney Azii” asarida – “oq oltin” iborasida qо‘llaniladi)dan zarb etilgan.
  • Oʻrta Osiyoda birinchi tangalar (kumushdan) miloddan avvalgi 3-asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi (aversi)ga podshoning surati, orqa tomoni (reversi)ga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamgʻasi tushirilgan.
  • Numizmatika numizmatik kolleksiyadan farq qiladi. Tangalarni kolleksiya kilish 14—15-asrlarda Italiyada paydo boʻlgan. Ilmiy Numizmatika fani 18-asrning 2-yarmida venalik Y. X. Ekkel tomonidan asoslangan.
  • Numizmatika shartli ravishda Antik davr, Vizantiya, Sharq (Osiyo va Afrika mamlakatlarida, shuningdek, Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrim, Volga boʻyida oʻrta asrlarda chiqarilgan tangalarni oʻz ichiga oladi), Gʻarb (Gʻarbiy Yevropa hamda AQSH, Kanada va Lotin Amerikasida chiqarilgan tangalar) va rus Numizmatikasiga boʻlinadi.
  • Sharq Numizmatikasiga X. D. Fren asos solgan. Oʻrta Osiyo davlatlari tangalarini oʻrganishda rus olimlari P. S. Savelyev, V. T. Tizengauzen, Ye. A. Davidovich, O. N. Smirnova, oʻzbekistonlik olimlardan M. Ye. Massoy, Sh. R. Pidayev, E. V. Rtveladze, T. S. Yernazarova, Ye. V. Zeymal, B. D. Kochnev, A. A. Musakayeva, I. T. Toʻxtiyev va boshqalarning hissasi katta.

Download 97.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling