Tanga tipi – tasvir elementlarining barqaror kompozitsiyasi, unga tanganing old va orqa tomonidagi yozuvlar kiradi. Bu holatda tangadagi yozuvning mazmuni ahamiyat kasb etmaydi. Avers – tanganing ikki, old (avers) va orqa (revers) tomonlari bor. Tangalarning aversida odatda hokim, shoh yoki imperator, yoki muqaddas hayvon, reversida ham ma’buda yoki boshqa bir narsa, yozuvlar va tamg‘a tasvirlangan bо‘ladi. Old tomon, tanganing yuzini, old tomonini tasvirlar yoki emitentni kо‘rsatuvchi tangadagi yozuvlar orqali aniqlash mumkin. XIII asrgacha hukmdorning portreti, XIV asrdan boshlab gerblar tanganing old tomonini kо‘rsatib bergan. Odatda ular bir – birini tо‘ldirib borgan va tanganing bir tomonidan bо‘lsa, davlat yozuvi bо‘lgan tomon avers hisoblanadi. Ammo shunday tangalar ham borki, ular yuqoridagi fikrlarga mos kelmaydi. Masalan, XVI asrda zarb etilgan Riga talerlarining har 2 tomonida ham shahar gerbining tasviri berilgan. - Uning bir tomonida yozuvning boshi yangi kumush dinor va keyingi tomonida yozuvning oxiri berilgan. Bu holatda yozuv boshlangan tomon avers hisoblanadi.
- Revers – orqa tomon. Bu tushuncha ham avers kabi shartli hisoblanadi. Hozirgi kunda bu holatga aniqlik kiritish sohasida bahslar davom etmoqda, ammo bahslarda bu tushunchalar tangani ta’riflashda о‘ng‘aylik bо‘lishi uchun kashf etilganligi yoddan kо‘tarilmoqda.
- Emitent – tanga zarb etish huquqiga ega bо‘lgan shaxs, xо‘jayin, sohib tangani о‘zining nomidan chiqaradi. О‘rta asrlarda bunday huquqga - hukmdor, imperator, qirol, feodal respublikasi, erkin shahar ega bо‘lgan.
- Bugungi Numizmatika
- Tangalarni to'plash va tangalarni o'rganish zamonaviy kommunikatsiyalar va internet bilan juda boshqacha davrga aylandi. Mahalliy jamg'armalar va ixtisoslashgan jamiyatlar hozirgi kunda AQSh va butun dunyoda keng tarqalgan. Butun dunyo bo'ylab tanga sotib olishdan tashqari, numismatistlar ham o'z kollektsiyalaridagi tangalar tarixini o'rganishlari mumkin.
- Tangalarning ixtisoslashtirilgan ishlariga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |