Mavzu: Nur kasalligi


Download 1.99 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1542757
Bog'liq
Nur kasalligi

Mavzu:Nur kasalligi


Reja:
  • Tekis nurlanishdan yuzaga kelgan o’tkir nur kasalligi.
  • Notekis nurlanishdan yuzaga kelgan o’tkir N.K.
  • Nurlangan organizmda tiklanish jarayonlari.
  • Xafli o’smalar kelib chiqishi.
  • Nurlanish asoratlarining kelib chiqish mexanizmlari.
  • Nurlanish kasalligini davolash printsiplari.

Tekis nurlanishdan yuzaga kelgan o’tkir nur kasalligi
Kasallik kechishining o’ziga xos tomoni, uning to’lqinsimon kechishi. Unda aloxida to’qimalar sistemasida rivojlanuvchi o’zgarishlar navbatma-navbat rivojlanadi.
Utkir NK-ning shakllanish davrida 4 faza tafovutlanadi:
1. Birlamchi reaktsiyalar fazasi.
2. Latent (yashirin), sog’ayish fazasi.
3.Klinik belgilarning yaqqol yuzaga chiqishi, kasallikning qizg’in rivojlangan fazasi (faza razgara).
4. Dastlabki tiklanish fazasi.
O’tkir NK birlamchi reaktsiyalar fazasi

Birlamchi umumiy reaktsiya, nurlanish dozasi 2 gr-dan yuqori bo’lgan xollarda kuzatiladi, u 1-4 kun davom etadi. Bu reaktsiya – ko’ngil aynishi, qusish, ishtaxa yo’qolishi, og’iz qurish, achchiq ta`m, bosh og’rig’i, darmonsizlik, uyqu bosishi kabi umumiy belgilardan iborat.
Nur kasalligi bilan og’rigan bemor
Nurlanishdan keyin, bemorda karaxtlikka uxshash xolat kuzatilishi, arterial bosimning pasayib ketishi, qisqa muddatli xushdan ketishi, tana xaroratining ko’tarilishi, ich ketishi kasallikning o’ta og’ir kechishidan darak beradi.
Bu davrda terida o’tkinchi giperemiya, turli nerv-reflektor buzilishlar mushak-pay reflekslarining assimetriyasi, dermografizmning kuchayishi, miyaning bioelektrik aktivligining o’zgarishi kuzatiladi.
Suyak iligi punktatida mielokariotsitlarning soni va mitotik indeksning keskin kamayishi, kumik yosh xujayralarining yuqolib ketishi kuzatiladi. Maxsus tsitologik tekshirishlar kumikda degenerativ o’zgarishli xujayralar sonining ortishini dastlabki soatlardanoq ko’rsatadi.
Nurlanishdan keyin, bemorda
Xavfli o’smalarning kelib chiqishi

Ionlovchi nurlarning xavfli o’smalar keltirib chiqarishi rentgen nurlari kashf etilgandan 10-12 yil o’tgach ma`lum bo’ldi. Nur bilan ishlovchi vrachlar va tadqiqotchilar terisida nurli kuyishdan so’ng rak kelib chiqishi ma`lum bo’ldi. Bu xayvonlarda o’tkazilgan eksperimentlarda o’z isbotini topdi.

Suyak kumigi o’zgarishlari

Bu o’zgarishlar nurning bevosita va vositali ta`siridan kelib chiqadi. Kumukning bir qismini qurg’oshin plastinka bilan tusib nurlansa, nurlanmagan kumik soxasida xromosoma abberatsiyalari ko’payishi kuzatiladi.
Nurlash kritik bulmagan boshqa strukturalarda – markaziy nerv sistemasi, sezgi organlari, endokrin, immunologik sistema, nafas organlari, jigar, buyrak, suyakmushak, bu o’zgarishlar nurning bevosita xamda bilvosita ta`siri natijalari bo’lib, umumiy radiatsion patologiyaning kelib chiqishida o’ziga xos ahamiyatga ega.

Immunitetning postradiatsion susayishi

Immun sistema organizmning kritik va nokritik sistemalari orasida joy olgan bo’lib, nur kasalligining potogenezida alohida o’ringa ega. Nurlanishdan sung asosiy immunnokompentent xujayralar xisoblangan limfotsitlarning yalpi qirilib ketishi ro’y beradi. Shu bilan birga nospetsifik gumoral bakteritsid sistemalar – properdin, lizotsim, terining bakteritsidligi pasayadi, antitelalar hosil bo’lishi kamayadi.
Nur kasalligini davolash printsiplari

Bu kasallik davolash, nurlangan organizmda kritik sistemalarda yuqotilgan xujayralarning o’rnini to’ldirish; infektsiyaning oldini olish va kuchsizlantirish; funktsional va simptomatik terapiyadan iborat.
Foydalanilgan darsliklar:
 
1.Yarmonenko S.P. Radiobiologiya cheloveka i jivotnix. M.: «Visshaya shkola». 1988.
2.Kudryashov. B. S, Berenfel`d «Osnovы radiatsionnoy biofiziki» M. «Universitet» 1982.
3. To`raqulov Yo. X. Biokimyo T.: «O`qituvchi» 1998.
4.Nikolaev A.Ya. Biologik ximiya. T.: «Ibn Sino» 1991.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling