15.4-rasm. Raqamli infraqizil nurli termometrning sxemasi.
2.11-rasmda avtomobillarda qoʻllaniladigan
zamonaviy tipdagi avtomobil
soat-termometr-voltmetr sxemasi tasvirlangan. Bu
quril-mada asosiy element
dasturlashtirilgan AT39C2051 rusumli mikrop-rotsessor hisoblanadi. U masofadan
boshqaruvchi datchik SFH506 dan olingan oraliq masofa haqidagi ma’lumotlarni,
akkumulyator batareyasidagi kuchlanish haqidagi ma’lumotlarni, DS1820 rusumli
termodatchikdan olingan harorat haqidagi ma’lumotlarni jamlaydi, tahlil qiladi va
KP1820VG1 rusumli mikroprotsessor qoʻllanilgan U2 va U3
hisoblagichlarga
uzatadi. Hisoblagichlar olingan ma’liumot-larni LCD suyuq kristalli koʻrsatish
displeyiga
yuboradi, natijalar ekranda raqamlar koʻrinishida aks etadi.
Zamonaviy
raqamli termometrlar meditsina, sanoat, qishloq xoʻjaligi va
boshqa sohalarda keng qoʻllanilmoqda.
Mavzuni takrorlash uchun savollar:
1. Logometr
qanday asbob, u qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?
2. Logometrlarning ishlash prinsipi qanday?
3. Optik pirometrlar qanday asbob hisoblanadi?
4. Pirometrning prinsipial sxemasini tushuntirib bering.
5. Optik pirometrlarning ishlash prinsipini tushuntirib bering.