Mavzu: nurlanish pirometrlari va ularning ishlash


Download 317.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi317.52 Kb.
#1414224
  1   2   3
Bog'liq
15-amaliy mashg\'ulot. Nurlanish pirometrlari.docx



MAVZU: NURLANISH PIROMETRLARI VA ULARNING ISHLASH 
PRINSIPI 
Mahsg‘ulotning maqsadi: Nurlanish pirometrlari, ularning tuzilishi va 
ularning ishlash prinsipi bilan tanishsih. 
 
Nazariy ma’lumotlar 
Kvazimonoxromatik (optik) pirometrlar. Issiqlik nurlanish qonunlariga 
asoslanib yuqori haroratlarni oʻlchash usullari optik pirometriya deb ataladi. Shu 
maqsadda qoʻllaniladigan qurilmalarni esa optik pirometrlar deyiladi.
Pirometr spektrning optik sohasida shaffofmas jismlarning nurlanishiga 
qarab ularning haroratini oʻlchash uchun moʻljallangan oʻlchash asbobidir. Optik 
pirometrlarning ishlash prinsipi harorati oʻlchanayotgan jismning nurlanish 
ravshanligi etalon jismlarning monoxromatik nurlanish ravshanligi bilan 
solishtirishga asoslangan. Etalon jism sifatida, odatda, nurlanish ravshanligi 
rostlanadigan choʻgʻlanish lampasining tolasidan foydalaniladi. Pirometr yordami-
da harorati oʻlchanadigan jism issiqlik muvozanatida turishi va yorugʻlik yutish 
koeffitsiyenti 1 ga yaqin boʻlishi kerak. Pirometr yordamida yuqori haroratlar 
oʻlchanadi.
Shuni alohida ta’kidlab oʻtish lozimki, pirometrlar haroratni oʻlchashda 
qoʻllaniladigan boshqa asboblar (termometr, termopara) larga nisbatan ma’lum 
afzalliklarga ega, ya’ni pirometrlar yordamida nihoyat yuqori haroratlarni ham, 
kuzatuvchidan juda olisda joylashgan jism (masalan, astronomik obyekt)larning 
haroratlarini ham oʻlchash mumkin. 
Pirometrlar radiatsion, ravshanlik va rangli pirometrlarga boʻlinadi.
Quyidagi 15.1-rasmda pirometrning prinsipial sxemasi tasvirlangan.
15.1-rasm. Pirometrning prinsipial sxemasi. 


Optik pirometrlarning ishlash prinsipi harorat oʻlchanayotgan jismning 
nurlanish ravshanligi etalon jismlarning monoxromatik nurlanish ravshanligi bilan 
solishtirishga asoslangan. Etalon jism sifatida, odatda nurlanish ravshanligi 
rostlanuvchi choʻgʻlanish lam-pa tolasi ishlatiladi. Bu guruhdagi keng tarqalgan 
asboblardan biri choʻgʻlanish tolasi yoʻqolib ketadigan monoxromatik optik 
pirometr-dir. Bu asbobning prinsipial chizmasi 15.2-rasmda keltirilgan.
Pirometr teleskopi obyektiv linza 1, okulyar 2 dan tashkil topgan bо‘lib, 
obyektiv fokusida yoysimon volfram simli pirometrik lampa joylashgan. Uning 
issiqlik darajasini reostat R yordamida о‘zgartirish mumkin. 0,65 mkm tо‘lqin 
uzunligidagi monoxramatik (bir xil rangli) nurlanishga erishish uchun okulyardan 
oldin qizil shisha yorug‘lik filtri 4 о‘rnatilgan. 
Obyektiv va pirometrik lampa orasiga yutuvchi (kulrang) shisha о‘rnatilgan 
bо‘lib, undan pirometr yuqori о‘lchash chegarasini oshirish uchun qо‘llaniladi. 
Shunday qilib, optik pirometrlarning ishlash prinsipi ikki jism ya’ni, temperaturasi 
о‘lchanayotgan jism va volfram simining yorug‘ligini solishtirishga asoslangan 
ekan. 

Download 317.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling