Mavzu: nurlanish pirometrlari va ularning ishlash


-rasm. Optik pirometrning prinsipial sxemasi


Download 317.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi317.52 Kb.
#1414224
1   2   3
Bog'liq
15-amaliy mashg\'ulot. Nurlanish pirometrlari.docx

15.2-rasm. Optik pirometrning prinsipial sxemasi. 
1 - obyektiv linzasi; 2 - okulyar linzasi; 3 - pirometrik lampa; 4 – qizil yorug‘lik 
filtri; 5 – kul rang yutuvchi filtr; 6 – chiqish diafragmasi; 7 – kirish diafragmasi. 
Asbobsozlik sanoatida turli konstruksiyalardagi yoʻqoluvchi tolali optik 
pirometrlarni ishlab chiqariladi. Ularning oʻlchash diapozoni 800 ℃ dan 10000 ℃ 
gacha. Xatolik chegarasi ±1,5 % dan oshmaydi. Bu pirometrlar bilan haroratni 
oʻlchash vaqtidagi qiyinchiliklardan biri – real jismning nurlanish toʻliqsizligiga 
toʻgri tuza-tish kiritishdan iborat. Turli materiallar uchun qoralik koeffisientlari 
tegishli jadvallarda keltirilgan, lekin ularning konkret sharoitlarda oʻzgarishini 
doimo nazarda tutish kerak. Yuqorida keltirilgan optik pirometr koʻchma asbobdir. 
U bilan uzluksiz oʻlchash va haroratni qayd qilish mumkin emas. 


Lazer termometrlari an’anaviy usullar samarasiz boʻlgan sharoitlarda 
qoʻllaniladi. 
Quyidagi 15.3-rasmda zamonaviy dastur asosida ishlaydigan termometrning 
sxemasi 
keltirilgan. 
Bu 
termometrda 
asosiy 
element 
PIC16F873A
mikroprotsessori boʻlib, u dastur asosida ishlaydi. Termometrda DS 18B20 harorat 
datchigi qoʻllanilgan. Bu datchik orqali olingan harorat haqidagi ma’lumot 
signallari mikroprotses-sorga uzatiladi. Mikroprotsessor qabul qilingan signallarni 
tahlil qiladi va LCD 16x2 displey ekraniga uzatadi. Termometr 5…12 V 
kuchlanishli barqarorlashgan doimiy tokda ishlaydi.
15.3-rasm. Zamonaviy raqamli termometr sxemasi. 
 
15.4-rasmda esa umumiy anodli BA56-12SRWA indikatorli zamonaviy 
termometrning tuzilish sxemasi keltirilgan. Unda DS18B20 yoki DS1820 rusumli 
harorat datchiklaridan foydalanilgan boʻlib, ularning xatoligi 0,1 °C … 0,5 °C ga 
teng.
Termometrning sxemasiga nazar tashlaydigan boʻlsak, unda dastur asosida 
ishlaydigan PIC16F628A rusumli mikroprotsessor qoʻllanilganligini koʻrishimiz 
mumkin. 
Termodatchik 
oʻlchanayotgan 
harorat 
haqidagi 
signallarni 
mikroprotsessorga uzatadi, mikroprot-sessor esa oʻz navbatida olingan 
ma’lumotlarni tahlildan oʻtkazib, BA56-12SRWA suyuq kristalli displeyga 
uzatadi.
Dasturning oʻzi datchik tipini aniqlaydi. Termometrning oʻlchash diapazoni 
-55 °C dan +125 °C gacha. 



Download 317.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling