So‘zidan olingan bo‘lib
Download 17.21 Kb.
|
qayta topshirish ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yaxshidir achchiq haqiqat”
Sinesteziya haqida gapirar ekanmiz, avvalo, bu so‘zning lug‘aviy ma’nosiga e’tibor bersak o‘rinli bo‘ladi. Sinesteziya yunoncha “sinastez” so‘zidan olingan bo‘lib “aralash tuyg‘u” degan ma’noni bildiradi. Sinesteziya miya bir vaqtning o‘zida bir nechta sezgilardan ma’lumotlarni qayta ishlaydigan nevrologik holat, yoki uni ikki sezgining yaxlit bir sezgi bo'lib qo'shilishi deb aytish mumkin. Sezgilarning o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida sinesteziya, ya’ni, bir sezgi analizatorining qo‘zg‘alishi ta’sirida boshqa analizatorlarga xos bo‘lgan bir xil sezgining hosil bo‘lishi kabi holat ham kuzatiladi. Masalan, odamda tovushlarning ta’siri natijasida rangli sezgilar hosil bo‘lishi mumkin, ba’zi ranglar uyg‘unligi esa o‘z navbatida harorat sezuvchanligiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilikka ma’lumki, baland tovushlarni «yorqin» ranglar bilan, past tovushlarni esa «to‘q» ranglar bilan baholaymiz. Sinesteziya hodisasi sezgilarning his-tuyg‘u ohangini kuchaytirishga xizmat qiladi. Sinesteziya yakka holda ifodalanadi. Sinesteziya har qanday insonda ham kuzatilmaydi, unga yorqin qobiliyati bor odamlar mavjud. A.R.Luriya o‘zining asarida bayon etilgan mashhur mnemonist Sh.Ni mufassal o‘rganib chiqqan. Bu odamda sinesteziya o‘ta yaqqol ifodalanganligini aytib o‘tadi. U barcha ovozlarni bo‘yalgan holda ko‘rgan, va ko‘p hollarda unga murojaat qilgan odamning ovozi «sariq rangda va sochiluvchan» deb ta’riflagan. Eshitilgan ohanglar unda turli ranglardagi ko‘rish sezgilarini ham uyg‘otgan. Idrok etiladigan ranglar u tomonidan «jarangdor» yoki «bo‘g‘iq», «sho‘r» yoki «karsillagan» tovushlar sifatida tasavvur etilgan Shunday qilib, sinesteziya hodisasi – inson organizmi analizatorlar tizimining muntazam ravishda o‘zaro aloqada bo‘lishidan, obyektiv olamni hissiy aks ettirishning yaxlitliligidan dalolat beradi. Sinesteziya genetika bilan bog‘liq hodisa hisoblanadi. Tadqiqotlar natijasida bu o‘ziga xos holat ekanligi va ayollarda erkaklarnikiga qaraganda tez-tez uchraganligi aniqlangan. Amerika Psixologik Assotsiatsiyasi (APA) ma’lumotlariga ko‘ra, sinesteziya hodisasi 2000 kishidan faqat 1 tasida uchraydi. Bu holat ko‘pincha rassomlar, yozuvchilar va musiqachilar orasida kuzatiladi. Kompozitorlardan A.Skryabin, F.List, N.Rimskiy-Korsakovda, Shopen, Betxoven kabilarda «rangni eshitish» qobiliyati mavjud bo‘lgan. Ularga har bir tovush muayyan rangli bo'lib tuyulgan. Masalan, Skryabin «do»da «iroda baxsh etuvchi qizil rang» bor, «re»da «nurafshon sariq rang» bor, «mi»da «havo rang» bor deb hisoblagan. Bu xildagi sinesteziyaning yorqin namunasini Litvalik rassom M.K.Churlyonisning ijodida, uning ranglar simfoniyasida ham ko‘rish mumkin. Sinesteziyaning mohiyati hali to'liq aniqlangan emas. Bizningcha, yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga tayangan holda sinesteziyaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: “Sinesteziya bir vaqtda ikki xil sezgi analizatorining ishlashidir”. Masalan, inson biror tovushni eshitganda tovush ovoziga qo‘shimcha ravishda qandaydir rangni ham his qilishi. Sinesteziya kishilarning taxminan 12 foizida uchraydi, «rangdor eshitish» kishilarning 4 foizida ko‘riladi. Sinesteziya hodisalarini ko'rsatadigan ayrim so'zlarni adabiy tildan topish mumkin. Masalan, «istarasi issiq», «basharasi sovuq», «yumshoq ko‘ngil», «tosh yurak», «shirin so‘z» deb gapiradilar va hokazo. Sinesteziya hodisasi badiiy adabiyotda sinestezik metaforani yuzaga keltiradi. Bizga ma’lumki, metafora – “ko‘chim” degan ma’noni bildiradi, ya’ni so’zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llash. Metaforaning bir turi hisoblanmish sinestezik metaforalarni ham ko‘plab she’rlar, badiiy asarlar tarkibida qo‘llanganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Erkin Vohidovning “Yaxshidir achchiq haqiqat” nomli she’rida ham shunday birikmalar qo‘llangan: Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg'on yomon. Ul shirin yolg'onga mendek aldanib qolg'on yomon. Umrimiz aldoq jahonda aldanib o'tgay, va lek So'nggi qiynalg'on yomondir, so'nggi qiynalg'on yomon. Download 17.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling