Islom karimov nomidagi toshkent Davlat Texnika Universiteti “Konchilik ishi va metallurgiya”fakulteti “Konchilik ishi“kafedrasi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
atrof tog\'
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorladi:Mazairov Kamoliddin, Solijonov Xazratbek. Olmaliq-2023 Mavzu
- 2.Qulatilgan rudalarni yetkazib berish. 3.Qavatni o ‘z-o‘zidan qulatish tizimi. II. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
ISLOM KARIMOV nomidagI Toshkent Davlat Texnika Universiteti “Konchilik ishi va metallurgiya”fakulteti “Konchilik ishi“kafedrasi “ Yer osti konchilik ishlari jarayonlari ” fanidan Mustaqil ish Guruh: 3d-20 YOKI. Qabul qildi: Soxibov I.Y. Tayyorladi:Mazairov Kamoliddin, Solijonov Xazratbek. Olmaliq-2023 Mavzu: Atrof tog’ jinslarini qulatib qazib olish tizimi. Reja: I.Asosiy bo’lim: 1.Rudani chuqur skvajinalar bilan qulatish tizimi. 2.Qulatilgan rudalarni yetkazib berish. 3.Qavatni o ‘z-o‘zidan qulatish tizimi. II. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.Rudani chuqur skvajinalar bilan qulatish tizimi Bu guruhdagi tizim kam tarqalgan bo‘lib, ruda tanasi qalin konlarda qo‘llaniladi. Bu guruhni keng tarqalgan varianti rudani qatlamlab qulatish tizimi bo‘lib, rudani qulatish gorizontal yoki nisbatan qiya skvajinalar bilan amalga oshiriladi (5.9-rasmga qaralsin). Qazib olishga tayyorlash, kesish, qazib olish usuli bo‘yicha bu variant qavatli kamera tizimida rudani gorizontal qatlamlab qazib olish variantiga o‘xshash. Bu qazish tizimining farqi shundan iboratki, kameradagi birinchi ruda portlatishdan oldin to‘laligicha kameradan chiqariladi, ikkinchisi esa magazinlanadi, undan ortiqchasi (30-40%) chiqariladi. Birinchi qazib olish tizimidan ikkinchisiga o‘tish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu tizimni qoilanishi shundan iboratki, qatlamni qo‘porib qulatishdagi kuchli portlatish natijasida saqlovchi butunliklami butunligiga zarar ko‘rsatadi, aralashma jinslar qatlamlanib ko‘chib tushadi. Qazilgan bo‘shliqni qo‘porilgan ruda bilan toidirish qisman boisa ham bu hodisani bartaraf etish imkonini beradi. Rudani qo‘porish uni tashib yetkazib berish ishlari qavatli-kamera tizimidagidek tartibda olib boriladi. Qatlam yelpig‘ichsimon (veyer) shaklda joylashtirilgan bir necha skvajinalar bilan qo‘porib qulatiladi (5.9-rasm). Qatlam qalinligini ko‘paytirish va burg‘ilash lahimini hajmini kamaytirish ba’zan burg‘ilash kamerasini kameralar oralig‘idagi saqlovchi butunliklarda emas, magazinning oxirgi qismiga joylashtirilishi ham mumkin, uskunalar esa qo‘porilgan ruda yuzasiga o‘rnatiladi. Chuqur skvajinalar bilan rudani qulatib magazinlash tizimini ko‘rsatkichlari qavatli-kamera tizimini ko‘rsatkichlaridan deyarli farq qilmaydi. Qalin ruda tanasida shpurli qulatish usulini chuqur skvajinalar bilan almashtirish kovjoy ishchilarini mehnat unumdorligining o‘sishiga, qazib olish xarajatlarini kamayishiga olib keladi va mehnat xavfsizligi yaxshilanadi, chunki ishchilar ochiq shift ostida ishlamasdan kamerada ishlaydi. Bu usulda chang hosil boiishi kamayadi. Bu tizimning asosiy kamchiligidan biri qazish tizimini boshqa tizimlardagidek rudani miqdor yo‘qotilishi va sifatsizlanish darajasi o‘sadi. Ayniqsa, rudani aralashma jinslar bilan kontakda bir tekis boimay, mahkam va ruda tanasini qalinligi keskin o‘zgarganda, ruda tanasi о4a qalin tikka yaqin joylashgan konlarni qazib olishda, qavat ostini shpurlar bilan va rudani magazinlab qulatib qazish tizimi qoilaniladi. Aralashma jinslar turg‘un boimaganida qavat ostini magazinlab qazib olish tizimi maqsadga muvofiq emas, bunday holatda oddiy qavat osti shtreklari bilan rudani qazib olish tizimi qoilaniladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling