Mavzu: Nutqning fonetik bo’linishlari. Nutq tovushlarining fonetik o’zgarishlari. Fraza (jumla), haqida ma’lumot. Takt, fonetik so’z. Bog’un, tovush. Urg’u va uning turlari. Tovush o’zgarishlarining turlari
Download 1.32 Mb.
|
Qandiyorova Moxinur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: Qandiyorova Moxinur
Mavzu: Nutqning fonetik bo’linishlari. Nutq tovushlarining fonetik o’zgarishlari. Fraza (jumla), haqida ma’lumot. Takt, fonetik so’z. Bog’un, tovush. Urg’u va uning turlari. Tovush o’zgarishlarining turlari. Kombinator o’zgarishlar va uning turlari. Pozision o’zgarishlar va ularning turlari.Bajardi: Qandiyorova MoxinurNutqning fonetik bo’linishlari.Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish uchun ketma-ket kelayotgan tovushlarning o`zaro ta`siri natijasida o`zgarishlarga uchrashi fonetik hodisa deyiladi.Fonetik hodisalarga asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan yuz beradigan tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishi hodisalari kiradi.Tovush tushishi - bunga ko`ra asosga qo`shimcha qo`shilishi natijasida asosda unli yoki undosh tovush tushib qoladi.past, sust ulug` so`zlariga –ay fe’l yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush tushadi: pasay, susay.ulg`ay
oxiri –k,-q tovushlari bilan tugaydigan so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda asos tarkibidagi jarangsiz tovush jarangli tovushga almashadi: buloq+i-bulog`i, yurak+i-yuragi, tilak+i-tilagi, bilak+i-bilagi. Lekin idrok, huquq, mashq, park, kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa. tovush almashishi yuz bermaydi: idroki, mashqi, huquqi, parki kabi. Fonetika va uning birligi. Fonetika deganda eng quyi lisoniy sath ham, tilshunoslikning shu sathni o‘rganadigan sohasi ham tushuniladi. Fonetika (gr.phonetikos - tovushga, ovozga xos) tilshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o‘laroq, nafaqat o‘rganish manbaining funktsional tomonini, balki nutq tovushlarini hosil qiluvchi talaffuz apparatini, shuningdek, ularning akustik xossalarini va til egalari tomonidan qabul qilinish jihatlarini ham tekshiradi. Fonetikada tilshunos-likning boshqa fan sohalari-adabiyotshunoslik, fiziologiya, fizika, psixologiya kabi fanlar bilan aloqasi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu fanlardan farqli o‘laroq, fonetika tovushlarga so‘z, qo‘shimcha va gaplarga moddiy qiyofa beruvchi til tizimi unsuri sifatida qaraydi. Fonetika nutqdagi tovush o‘zgarishlari va almashinishini, urg‘u va uning turlarini ham o‘rganadi. Fonetikani o‘rganish imlo (orfografiya), to‘g‘ri talaffuz (orfoepiya) me’yorlarini yaxshi o‘zlashtirib olishda, adabiy va dialektal talaffuz farqlarini aniqlashda, logopediya va surdopedogogikada nutqiy nuqsonlar diagnostikasi va ularni bartaraf etishda katta ahamiyatga ega. Fonetika yutuqlari aloqa vositalarini tekshirish va ular samaradorligini oshirishda hamda nutqni avtomatik aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling