Mavzu: nutqning to’G’riligi, aniqligi, mantiqiy izchilligi, sofligi, ta’sirchanligi va nutqda bularga rioya qilish reja


Download 230.15 Kb.
bet13/45
Sana24.12.2022
Hajmi230.15 Kb.
#1052291
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
Bog'liq
D.T. (1)

Frontal savollar.

1.Atamalar boshqa lug’atiy birliklardan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi?


2.Kasb-hunar so’zlarining ma'naviy-vazifaviy imkoniyatlari nimaga asoslanadi?
3.So’z tanlash tamoyillari nimalardan iborat?
4.So'z qo’llash me'yorlari qanaqa?


MAVZU: O’ZBEK MUNSHOATI TARIXI, UNING AN’ANALARI.
REJA:
1.O’zbek munshaoti tarixi, uning an’analari.
2.Hujjat turlari.
3.O’tmishda hujjat tutish rasmiy tarixiy hujjatlarning turlari.
4.Ichki va tashqi hujjatlar, mazmuniga ko’ra hujjat turlari.
Yakka savollar
1.Ixtisoslikka oid matn tuzish, bunda til vositalaridan o’rinli foydalanish masalasi haqida gapirib bering?
2.Bularda so’z yasash va imlo me'yorlariga qanday amal qilinadi?
3.Kasb-hunar so’zlarini o’rinli qo’llagan holda matn tayyorlang?
4.Uni boshqa uslubdagi matnga aylantirish haqida gapirib bering?
5.Matnda nutq ta'sirchanligini oshiruvchi vositalarni qo’llash nimalardan iborat?
Hujjatlar tarixidan
Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Biron-bir korxona, muassasa yoki tashkilotning faoliyatini bugungi kunda ana shu hujjatlarsiz mutlaqo tasavvur qilish mumkin emas. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo'lgan hujjatlar kattayu-kichik meshnat kollektivlarining, umuman kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo'lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a'zolari o'zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat'iy qayd etib borishga eshtiyoj sezganlar. Ana shu eshtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi Hamurappining adolatpesha qonunlar majmui (kodeksi), undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094 yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi “hujjatlar” deb ataladigan tartibot vositalarining nechog'lik olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko'rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi aniqrog'i, kishilar o'rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi barobarida hujjatlar ham takomillashib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o'rxun-enisey, sug'd, eski uyg'ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko'plab hujjatlar, umuman yozma manbalar ma'lum. Sharqda X-XI asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan.
Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo'lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bil-dirish, tasdiqlash va h.k. Bu o'rinda To'xtamishxoiming 1393 yilda polyak qiroli Yagayloga yo'llagan yorlig'i, Temur Qutlug'ning 1397 yildagi yorlig'i, Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg'ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469 yilda bergan yorlig'i, Toshkent hokimi Yunusxo'janing 1797 yil 2 iyunda Peterburgga-Rossiya podshosiga o'z elchilari orqali yuborgan yorlig'i va boshqalami eslab o'tish mumkin. Mazkur davr yorliqlarida o'ziga xos lisoniy qolip shakllangan, yorliqlar matn jihatidan arianaviy tarkibiy qismlarga ega bo’lgan. Masalan, eslab o'tilgan yorliqlaming birinchisi - «To'xtamish so'zim Yagaylaga» deb, ikkinchisi - «Temur Qutlug' so'zim» deb, uchinchisi esa - «Siilton Umarshayx Bahodir so'zim» deb boshlangan. Bayonda ham muayyan qolip bor. shuningdek, albatta, yorliq raqam qilingan sana va joy ko'rsatilgan.
XIX asrda Qo'qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri «patta»laidir Pattada ma'lum kishiga muayyan miqdordagi pul. rnashsulot, unig' (don) yoki boshqa narsalami berish lozimligi haqidagi ma'luraot aks ettirilgan. Patta matnlarida ham o'ziga xos doimiy tarkib va muayyan nutqiy qono lurg'unlrtshgan. Umuman, o'tmish hujjatlaridagi muayyan turg'un tarkib va nutqiy qolip o'zbek (turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy takomil mashsuli ekaniigining dalilidir. Oktabr to'ntarilishidan so'ng sho'rolar tuzumi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotning barcha sohalarini o'zining yo'rigiga soldi. Butun mamlakatdagi hujjatchilik idoraviy ish yuritish tamoillari ham bu yo'riq sirtmog'idan chetda qolmadi. Turkiston o'lkasining 191S - yildagi Asosiy qonunida o'zbek va rus tillari davlat tili deb e' Ion qilingan. Aytisi lozimki, yaqin o'tmishimizda barmoq bilan sanarh' miqdordagi hujjatlar o'zbek tilida yozilgan. Ammo bu hujjatlaming tili sof o'zbekcha deb aytish ancha qiyin. YaqiE-yaqinlargacha " berildi ushbu spravkani faionchievga shu haqdakim, haqiqatdan ham bu o'rtoq shul joyda yashab ttzradi" qabilidagi 20-yillarda rus tilidan andaza olish tufayli paydo bo'lgan ya'ni, shaklan o'zbekcha ma'lumotnomalar yozib kelindi. O'zbek tiliga daviat tili maqomi berilgan bugungi kunda o'zbek tilida mukammal hujjatchilikning shakillanishi uchun butun imkoniyatlar ochilgan.
Muassasa, tashkilot, korxona va birlashmalardagi ishni ishlab chiqarish taraqqiyotiga muvofiq tashkil etishda, umuman, boshqaruv sohasidagi hujjatlaming o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Ayni paytda hujjatlar matnim tuzish boshqaruv tizimi faoliyatida eng sermehnat va sermashaqqai jarayondir. Shuning uchun ham zamonaviy rahbax har qanday zaruriy axborotni rasmiy ish tilinig tegishli shakillarida bemalol ifodalay olislii muhimdir. Milliy istiqlol hayotimizning hech bir istisnosiz barcha soha^arda bo'lgani kabi ona tilimiz rivoji uchun ham keng yo'l ochdi, Mustaqil davlatimizning asosiy qonuni - konstitutsiyamizda, " Davlat tili haqida " gi qonun va boshqa rasmiy hujjatlarda ona tilimiz bo'lmish o'zbek tilining huquqiy maqomi va istiqboli aniq ko'rsatib berilgan. Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoju shuhrat topgan, gohida nopisandlik, turtkilash va kamsitishlardan ko'ngli singan, ammo yorug' kunlarga yetmoq umidi so'nmagan tilimiz chinakam munawar kunlarga salomat yetib keldi.

Download 230.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling