Mavzu: nutqning to’G’riligi, aniqligi, mantiqiy izchilligi, sofligi, ta’sirchanligi va nutqda bularga rioya qilish reja


Download 230.15 Kb.
bet29/45
Sana24.12.2022
Hajmi230.15 Kb.
#1052291
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
Bog'liq
D.T. (1)

Frontal savollar.
1.Ma'lumot matnlari, ularning mazmuniy qurilishi nimalardan iborat?
2.Ma’lumotnomaning matnida sarlavha qanday qo’yiladi?
3.Asosiy qism va asos-dalilning mazmuni deganda nimani tushunasiz?


MAVZU: HISOBOT, DALOLATNOMA, BILDIRISH TARZIDAGI MATNLARDA IFODA USLUBI.
REJA:
1.Bunday matnlar namunasini tayyorlash.
2.Xabar mazmunini asosiy va qo’shimcha ma'lumotlar bilan to’ldirish.
3.Ma'lumotlarning aniqligi va ixchamaligini ta'minlash.
Yakka savollar
1.Ma'lumot matnlari, ularning mazmuniy qurilishi nimalardan iborat?
2.Ma’lumotnomaning matnida sarlavha qanday qo’yiladi?
3.Asosiy qism va asos-dalilning mazmuni deganda nimani tushunasiz?
Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma'lumot beruvcbi hujjat. Hisobotda keltirilgan ma'lumotlar aniq, ishonarli bo'lishi kerak. Hisobotda quyidagilarga e'tibor beriladi: nima mo'ljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e'tibor berildi, qanday yetishmovchiliklar bo'ldi, ularni bartaraf etish uchun inmalar qilish kerak. hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo'lsa, uning sababi ko'rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi bisobotlar amalda keng qo'llanadi (1-ilovaga qarang). Hisobot shakl jihatdan ham, mazmun jihatdan ham bildirishnoma )qarang) hujjatga o'xshaydi. Uning zaruriy qismlari:
1 .Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun, qanday bo'lim yoki shaxs tomonidan berilyapti.
2.Hujjatning nomi (Hisobot). 3.Hisobot matni.
4.Lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi, imzo, 5.Sana.
6.Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi.
Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobot namunasi:
Navoiy nomidagi jamoa xo'jaligi 5-bo'limining 1998 yilda rejalashtirilgan ishlarining bajarilishi haqida
HISOBOT
5-bo'lim tasarrufidagi ekin ekiladigan 100 gektar yerga yil boshida 10 turdagi ekin ekish rejalashtirilgan edi. Shundan 8 tur ekin ekildi. Ikki turi - ukrop va kashnich sharoit yo'qligi tufayli ekilmay qoldi. Yil oxirida rejadagi 2004 tonna o'rniga 2030 tonna sabzavot mahsulotlari olindi. 3 gektar tokzorda 90 tonna xo'raki uzum yetishtirildi. Bu rejadagidan 26 tonna ko'p. Kartoshka, pomidor, piyoz, sabzi gektar boshiga awalgi yildagiga qaraganda bu yil 2-3 tonna ko'proq yetishtirildi. Piyoz rejadagidan 3 tonna kam olindi. Sababi - un-shudring tushdi, vaqtida agrotexnika tadbiri o'tkazilmadi. Jamoa xo'jaligi agronomi Q.Soliev sustkashlik qildi.
Bo'limimiz ishida o'rnak ko'rsatgan a'zolarimiz quyidagilardir:
1 .T.Turobov
2.S.Rustambekov
3.K.Xo'jaev (oila pudratiga ishladi).
4.L. Sobirxo'jaev (oila pudratida ishladi).
Yil yakuni bo'yicha moddiy va ma'naviy rag'batlantirishda bularning xizmatni inobatga olishingi'zni so'rayman.

5-bo'lim boshlig'i (imzo) I. K.Rahmonov 1999yil5yanvar


Xizmat safari va rahbaming muayyan topshirig'ini bajarish bo'yicha hisobotlar ma'lum davr ishlari bo'yicha hisobotdan qisman farq qiladi. Zaruriy qismlari:
1 .Sarlavhasi: idora rahbarining lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi, kim tomonidan qanday topshiriq uchun hisobot berilyapti. 2.Hujjatning nomi (Hisobot),
3.Hisobot matni («Sizning topshirig'ingizga binoan» kabi iboralar bilan boshlanadi,
topshiriq qanday bajarilganligi aniq ma'lumotlar bilan bayon qilinadi; xulosa yasaladi).
4.11ovalar ko'rsatiladi (ko'p hollarda).
5.Hisobot beruvchining lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi, imzo. 6.Sana.

Download 230.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling