Mavzu: nutqning to’G’riligi, aniqligi, mantiqiy izchilligi, sofligi, ta’sirchanligi va nutqda bularga rioya qilish reja
MAVZU: MA’LUMOT MATNLARI, ULARNING MAZMUNIY QURILISHI
Download 230.15 Kb.
|
D.T. (1)
MAVZU: MA’LUMOT MATNLARI, ULARNING MAZMUNIY QURILISHI.
REJA: 1.Ma'lumot matnlari, ularning mazmuniy qurilishi. 2.Ma’lumotnomaning matnida sarlavha. 3.Asosiy qism va asos-dalilning mazmuni. Yakka savollar 1.Farmoyish tarzidagi hujjatlarning asosiy qismlariga nimalar kiradi? 2.Buyruq matnlarida katla harf bilan yoziladigan so’zlar qanday joylashtiriladi? 3.Buyruq matnlarida fe'lning qaysi shakllari qo’llanilishi lozim? 4.Buyruq namunasini tayyorlang? Bolgan voqea yoki mayjud holatlarni bildirish-axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat. Ma'lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor, xususiy va yuridik shaxslar hamda oddiy kishilarning ko'rsatmasi, talabi yoki iltimosiga ko'ra tuziladi hamda biron-bir masalada iltimosni qondiradigan axborot va ma'lumotlarni o'zida aks ettiradi. Ma'lumotnoma o'z xususiyati va mazmuniga ko'ra ikkiga: xizmat ma'lumotnomasi va shaxsiy ma'lumotnomaga bo'linadi. Xizmat ma'lumotnomasi - muassasa faoliyatiga doir voqea-hodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradi va tasdiqlaydi, axboriy xususiyatga ega bo’lgan xilma-xil ma'lumotlarni o'z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko'rinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan malumotlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlarining bajarilishi, moddiy-tovar boyliklarining saqlanishi, mehnat intizomining ahvoli haqida va boshqa xilma-xil masalalar to'g'risida hozirlanadi. Xizmat malumotnomasi o'z navbatida ikkiga - ichki xizmat va tashqi xizmat malumotnomalariga bo'linadi. Ichki xizmat malumotnomasi-muassasa ichki ishlari, xo'jalik faoliyati, biror tarkibiy bo'linma yoki ayrim xodimning ishi faoliyati haqida tayyorlanib, shu muassasa rahbariga yollanadi. Bunday malumotnomalar bevosita tuzuvchi (bolinma boshlig'i, kadrlar bolimi boshlig'i, ish yurituvchi, oddiy xodim va boshqalar) tomonidan imzolanadi va oddiy qog'oz varag'iga qo'lda yozilishi ham mumkin. Tashqi xizmat malumotnomasi-muayyan muassasa nomidan yuqori idora yoki mansabdor shaxslarga, ular ko'rsatmasiga, talabiga muvofiq tayyorlanib jo'natiladi hamda xos ish qog'oziga yoki maxsus bosma ish qog'oziga yoziladi va muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Har qanday xizmat ma'lumotnomasi boshqa biron-bir hujjatni guvohlantirish yoki muayyan qaror qabul qilish uchun asos bo’ladi. Ma'lumotnoma sanasi u imzolangan va yo'llangan kuni qo'yiladi, chunki u jo'natma hujjatlar daftarida qayd etiladi. Xizmat malumotnomasiga matn mazmunini ochib beruvchi sarlavha qo'yiladi. Masalan, «Korxona ma'muriy-boshqaruv xodimlari soni haqida». Ma'lumotnomada qayd etilayotgan xabarlar taalluqli bolgan sana alohida ajratilib, asosiy matn oldidan yoziladi. Masalan: «2000 yil 1 iyundagi holatga ko'ra (muvofiq)» yoki «2000 yil 1 yanvardan 1 sentabrgacha bo’lgan davr uchun» kabi. Ushbu malumotlarni matn sarlahvhasi tarkibiga kiritib yuborish ham mumkin. Rasmiy xizmat ma'lumotnomasida bosma ish qog'ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo’ladi: 1.Hujjat jo'natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog'ozining yarmidan o'ng tomonga yoziladi). 2.Hujjat nomi (Ma'lumotnoma). 3.Ma'lumotnoma matniga sarlavha (xat boshidan yoziladi). 4. Asosiy matn (ma'lumotnoma mazmuni). 5.Mansabdor shaxs (tuzluvchi yoki korxona rahbari) imzosi. Moliyaviy masalalarni aks ettiruvchi rasmiy ma'lumotnomalarda bosh (katta) hisobchining imzosi va muhri bo’ladi. 1-, 2-ilovalarda ichki xizmat ma'lumotnomasi namunalari keltirildi. Ichki malumotnoma namunasi Download 230.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling