Mavzu: nutqning to’G’riligi, aniqligi, mantiqiy izchilligi, sofligi, ta’sirchanligi va nutqda bularga rioya qilish reja


Download 230.15 Kb.
bet22/45
Sana24.12.2022
Hajmi230.15 Kb.
#1052291
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Bog'liq
D.T. (1)

Frontal savollar.

1.Shaxsiy hujjat turlari, uning zaruriy qismlari tuzilishi haqida gapirib bering.


2.Tarjimai hol qanday yoziladi?
3.Ariza-chi?
4.Tushuntirish xati yozayotganda nimalarga etibor berish lozim?
5.Tilxat va ishonchnomaning zaruriy qisimlari haqida gapirib bering.


MAVZU: TAVSIFNOMA, TAVSIYANOMA MATNLARI QISIMLARINING O’ZARO BOG’LANISH YO’LLARI.
REJA:
1.Tavsifnoma, tavsiyanoma matnlari qismlarining o’zaro bog'lanish yo’llari. 2.Tavsifnoma, tavsiyanoma matnlari namunasini tayyorlash.
3.Matnning kirish, asosiy qism va xulosasining bog'liqligini ta'minlash.
Yakka savollar
1.Tavsifiy matn qanday leksik-uslubiy belgilarga ega?
2.Tavsifiy matn qanday qismlarga bo’linadi va ularning bog'liqligini qanday ta'minlanadi?

Ma'lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek uning o'ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat tafsifnomadir.Tavsifhoma muassasa ma'muriyati yoki jamoat tashkilotlari (agar ular mavjud bo'lsa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o'quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlantirish va boshqa hollarda) beriladi. Tavsifhomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va ahloqiy sifatlari ham ko'rsatib o'tiladi. Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:


1.Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma'lumotlar:
- ismi, otasining ismi va familiyasi;
-tug'ilgan yili;
-millati;
-partiyaviyligi;
-ma'lumoti;
-lavozimi; ilmiy darajasi va unvoni;
2.Hujjat nomi (Tavsifhoma).
3.Matn.
4.Imzolar.
5. Sana.
6.Muhr.
Tavsifhoma matnini o'zaro mantiqan bog'langan uch tarkibiy qismga ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati, ya'ni mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o'zgarishlar va boshqalar haqida ma'lumot beriladi. Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya'ni ishga munosabati, mutaxassislik bo'yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, hulq-atvori, xatto ba'zida siyrati, jamoa a'zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo'lganligi va boshqa asosiy rag'batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo'lish uchun kamchiligi ham ko'rsatilib, istak bildiriladi. Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko'rsatiladi.Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Xodimning tavsiflashda “halol”, «topshiriqlarni vaqtida bajaradigan», «mehnatsevar», «talabchan», «tashabbuskor», «tezkor», «prinsipial», «intizomli» kabi sifatlardan foydalaniladi. Agar tavsifnoma jamoat tashkilotlari yig'ilishida tasdiqlangan bo'lsa shu yig'ilish bayonnomasi raqami va sanasiga havola bo'ladi. Qoidaga ko'ra tavsifnomaga ikki shaxs: muassasa (yoki bo'linma) boshlig'i va kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.Tavsifnoma xodimning qo'liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo'natiladi. Tavsifnomalarning «ishlab chiqarish tavsifnomasi», «Tavsifiy tavsiyanoma», «xizmat tavsithomasi» kabi turiari mavjud bo'lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o'zaro farqlanadi.

Download 230.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling