Mavzu: nutqning to’G’riligi, aniqligi, mantiqiy izchilligi, sofligi, ta’sirchanligi va nutqda bularga rioya qilish reja


Download 230.15 Kb.
bet18/45
Sana24.12.2022
Hajmi230.15 Kb.
#1052291
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Bog'liq
D.T. (1)

Ma'muriy boshqaruv hujjatlari
Ma'muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko'ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma'lumotsimon-axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari. Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo'riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi. Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko'rsatma, farmoyish kabilar kiradi. Ma'lumotsimon-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, bunday hujjatlarninig ish yuritish jarayonidagi ishtiroki ham juda faol. Bu guruh dalolatnoma, ma'lumotnoma, ariza, tushintirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifhoma kabi hujjatlarni o'z ichiga oladi. Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil bo'ladi, ularda muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog'liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi. Bu ma'noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko'rsatilgan har uch guruh bilan ham aloqadordir, ularning muayyan bir guruhiga xizmat hujjatlarini kiritish shuning uchun ham maqsadga muvofiq emas. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari xozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin to'rtinchi alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o'rinli. Hujjatlarni tayyorlashning umumiy qoidalari
Hujjatlarni tayyorlash umumiy qoidalarining asosiylari 6.39-72 raqamli Davlat yagona nusxasi (GOST)da qayd etilgan. Ana shu davlat yagona nusxasiga ko'ra, tashkiliy-farmoyish hujjatchiligi, ya'ni tashkiliy-farmoyish, ma'lumotsimon axborot hujjatlari va xizmat yozishmalari zaruriy qismlar (rekvizitlar)ni o'z ichiga olmog'i lozim. Mazkur davlat yagona nusxasida tashkiliy-farmoyish hujjatlari zaruriy qismlarining quyidagi to'liq ro'yxati belgilangan:
Davlat gerbi;
tashkilot yoki korxonaning alomati (emblemasi);
mukofot tasviri;
korxona va tashkilotlarning umumittifoq tasniflagichi (KTUT) bo'yicha korxona, muassasa yoki tashkilotning xos raqami (kodi);
boshqaruv hujjatchiligining umumittifoq tasniflagichi (BXUD) bo'yicha hujjat shaklining xos raqami;
vazirlik yoki idoraning nomi;
muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi;
STIR (soliq to'livchining identifikasion raqami)
tarkibiy tarmoqning nomi;
aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi), pochta va telegraf adresi, teletayp raqami, telefon raqami, bankdagi hisob-kitob raqami;
hujjat turining nomi;
sana;
shartli raqam;
keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqamiga xavola;
tuzilgan yoki nashr qilingan joyi;
hujjatdan foydalanishni cheklovchi belgi («Maxfiy», «Xizmat doirasida
foydalanish uchun» kabi);
hujjatni oluvchi (adresat);
tasdiqlash ustxati;
munosabat belgisi (rezolyusiya);
matn sarlavxasi;
nazorat haqidagi qayd;
matn;
ilova mavjudligi haqidagi qayd;
imzo;
kelishuv ustxati;
rozilik belgisi (viza);
muhr;
nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd;
ijrochining familiyasi va telefon raqami;
hujjatning bajarilganligi va uni hujjatlar yig'majildiga yo'naltirilganligi haqidagi
qayd;
hujjatdagi ma'lumotlarni mashinkada ko'chirilganligi haqidagi qayd;
hujjatning kelib tushganligi haqidagi qayd.

Hujjatning har bir turi mazkur zaruriy qismlarning barchasini o'z ichiga olmaydi. Hujjatning muayyan turiga muvofiq ravishda bu zaruriy qismlarning ayrim bir turkumi huquqiy talablarni ta'minlash darajasida qo'llanadi. Shu narsa ham muhimki, ayni zaruriy qismlarning hujjatda joylashishida qafiy tartib mavjud. Zaruriy qismlarning joylashishidagi qat'iy ketma-ketlik hujjatning huquqiy kuchini ta'minlash, hujjatni zudlik bilan ishlash, bajarish, undan osonlik bilan foydalanish uchun muhim. Mazkur zaruriy qismlarning 10 tachasi nisbatan ko'p qo'llanadi, shuning uchun ularni asosiy zaruriy qismlar deb ham yuritiladi.


Asosiy zaruriy qismlar: hujjat muallifi (muassasa nomi yoki shaxsiy hujjatda imzo qo'yuvchi shaxs), hujjat tirinig nomi, sariavha, hujjatni oluvchi (adresat), kelishuv va rozilik belgilari, matn, tasdiqlash, imzo, muhr, ilova mavjudligi haqidagi qayd (qo'llanmaning asosiy qismida mazkur zaruriy qismlarning qo'llanishi va ularning har bir hujjat turida joylashish tartibi bilan bog'liq xususiyatlar batafsil bayon qilingan).



Download 230.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling