Mavzu: nutqning to’G’riligi, aniqligi, mantiqiy izchilligi, sofligi, ta’sirchanligi va nutqda bularga rioya qilish reja


Download 230.15 Kb.
bet20/45
Sana24.12.2022
Hajmi230.15 Kb.
#1052291
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Bog'liq
D.T. (1)

TILXAT, TUSHUNTIRISH XATI
Tilxat - Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat. Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanaldi. Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:

  1. Hujjatning nomi (Tilxat)

  2. Matn:

  1. tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi;

  2. pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi,
    ismi va otasining ismi, familiyasi (zaruriyat bo'lganda muassasa nomi);

  3. pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ulaming miqdori (zaruriyat bo'lganda bahosi);

  4. olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina, apparatlar va h.k. bo'lsa).

  1. Tilxat berilgan sana.

  2. Tilxat muallifining imzosi.

Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko'rsatiladi, qavs ichida esa so'zlar bilan ham berilishi shart. Matn va imzo oralig'idagi bo'sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o'chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.

Tilxat namunasi


TILXAT
Men, Toshkent davlat madaniyat instiutining xo'jalik ishlari bolimining muduri Bahodir Olimov, Toshkent milliy cholg'u asboblari zavodining tayyor buyumlar ombori mudiri Erkin Karimovdan institut buyurtmasi asosida tayyorlangan, umumiy bahosi 135000 (bir yuz o'ttiz besh ming ) so'm bo’lgan 100 (yuz) dona rubobni qabul qilib oldim.
(Imzo) B.N. Olimov
25.12.2005
Ba'zan tilxatda guvohlar ismi-sharifi ham ko'rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o'z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.
TUSHUNTIRISH XATI
Tushuntirish xati xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bolim) rahbarga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yollanuvchi hujjatdir. Yuqoridagi ta'rifdan ko’rinadiki, tushuntirish xati xuddi ma'lumotnoma va bildirishnoma singari ichki va tashqi xususiyatga ega. Keyingi holatda, ya'ni tushuntirish xati yuqori tashkilotga yuborilayotgan, u ko'pincha biror asosiy hujjat (rejalar, hisobotlar, loyihalar) ga ilova tarzida bolib, mazkur hujjatni umuman yoki uning ba'zi o'rinlarini qisman izohlab, tushuntirib beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek, muassasada bo'lib o'tgan voqea-hodisaga, rahbarning ba'zi xatti-harakatiga, rejalashtirilgan ishlarning bajarilmay qolishiga ham izoh beradi yoki daholaydi. Demak, bu nolda tushuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi, shunga qaramay, u muassasa xos ish qog'ozida rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan imzolanadi. Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushutirish xatlari, asosan, xodim (ishchi, xizmatchi, jamoa xo'jaligi a'zosi, talaba) tomonidan, ba'zan bo'linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o'qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba'zi xatti-harakatlar masalan, ish yoki o'qishga kech qolish, kelmay qolish, reja yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularning sabablari izohlanadi, dalillanadi. Bevosita xodim (muallif) tomonidan imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy qog'ozga yoziladi. Shaxsiy tushuntirish xatlari odatda mansabdor (rahbar) shaxsning talabi bilan yoziladi, u keyinchalik xodim haqida muayyn qarorga kelish, unga nisbatan tegishli intizomiy jazo chorasi qo'llash yoki, dalillar asosli (uzrli) bo'lsa, qo'llamaslik uchun asos vazifasini o'tish mumkin. Umuman, tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlardan iborat boladi:

  1. Hujjat yo'llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsning to'liq nomi.

  2. Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning to'liq nomi.

  3. Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati).

  4. Hujjat matni (mazmuni).

  5. Imzo.

  6. Sana (hujjat yozilgan vaqt).

Tashqi, xizmat yuzasidan korxona, muassasa va hokazolar nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari xos ish qog'ozida rasmiylashtiriladi va ularning to'liq nomi ushbu ish qog'ozida aks etadi. Ichki tushuntirish xatlarida esa rahbar yoki xodimning to'liq nomi deyilganda, u ishlaydigan o'qiydigan) bo'linmaning nomi, shaxs lavozimi, ismi, ota ismining bosh harflari va familiyasi nazarida tutiladi. Zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan tushuntirish xati arizadan deyarli farq qilmaydi, tarkibiy qismlarining joylashishi ham bir xil. Faqat shaxsiy tushuntirish xatining muallifi arizadagiday chiqish kelishigida emas, balki qaratqich kelishigida rasmiylashtirilgani ma'qulroqdir.
Shaxsiy tushuntirish xati namuna
«Ko'mir» aksiyadorlik birlashmasi Angren qo'ng'ir ko'mir koni shaxta boshlig'i E.S. Latipovga
Ishlab chiqarish intizomining buzilganligi haqida
TUSHUNTIRISH XATI
2004 yil 9 iyun kuni men navbatchilik qilgan birinchi smenada ko'mir o'ygich mashinani ta'minlaydigan kabel uzilib ketdi. Kabelning uzilishi quyidagi sababga ko'ra ro'y berdi: ishchi M.K.Salimov birinchi konveyerni boshqarish chog'ida ko'mir o'ygich kabelini o'rab qo'ymagan, natijada konveyer bloki kabelga ishqalanib, uni uzib ishdan chiqargan va mashina to'xtab qolgan. Ishchi M.K.Salimov avval ham texnika xavfsizligi qoidalarini buzib kelgan va tegishli ravishda jazosini olgan edi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, M.K.Salimovga yanada qat'iyroq intizomiy jazo choralarini qo'llash zarur deb hisoblayman.
Tog'-kon muhandisi (imzo) P.T. Maqsudov
2004.10 06.
Ariza
Muayyan muassasalarga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko'p qo'llaniladigan va keng tarqalgan ish qog'ozidir. Maktab o'quvchisi va talaba, ishchi va yuqori mansabdor shaxs-jamiyatning barcha a'zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo'llanayotgan muassasalar va idoralar ham xar-xildir. Arizalar bog'cha mudirasiga, maktab direktoriga, Oliy o'quv yurti rektoriga, magazin mudiriga, tuman rahbariyatiga, xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyotini ko'rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin. Hajm uslubi va turidan qat'iy najar ariza o'zining umumiy zaruriy qismlarga ega va ana shu qisimlarning izchilligi asosida tuziladi. Arizanirig asosiy qismlari:

- Ariza yo'llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi;


-Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi;
-Hujjatning nomi (Ariza);
-Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
-Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa);
-Ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harfi, familiyasi;
-Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy);
Shuni eslatib o'tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o'zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma'lumot zarur bo'lmaydi. Bunday hollarda xodim o'zi ishlaydigan bolim (qism, brigada va hokazo) va lavozimini ko'rsatsa kifoya. Shuningdek, ko'pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo'lmaydi. Yuqorida sanab o'tilgan zaruriy qismlarning odatdagi joylashuvi quyidagicha ko'rinishga ega


Ariza yozuvchining turar joyi, lavozimi, to’liq nomi

Qayerga yoki kimga



ARIZA


Ariza matni (mazmuni)


ilova



Sana
(yil, oy, kun)

imzo

I.O.va Familiyasi

Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan tushunarli qilib yozilishi kerak. Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi uni tezroq amalga oshishiga xizmat qiladi.


Mehnatkashlarning ariza va shikoyatlarini o'z vaqtida va diqqat e'tibor bilan ko'rib chiqish esa boshqaruv idoralarining muhim vazifalaridan biri, qonunchilikning mustahkam garovidir. Ariza, asosan, qo'lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va usubiga ko'ra arizalar bir xil emas. Bir necha so'zdan iborat bolishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikning o'ylantirayotgan ijtimoiy masalarlar yuzasidan fikr mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo'lishi ham mumkin.
Shu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga jaratiladi. Murakkab ariza matni katta bo'lish bilan birga unga ilovalar qilinishi mumkin. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham bo'ladi. Xizmat arizalari-fuqarolar yoki tashkilotlaming o'z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlaridir. Da'vo arizalari ana shunday arizalardandir. Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettirgan arizalarga hamda davo arizalarga nibatan koup qoilaniladi. Quyida biz ayrim turdagi arizalardan namunalar keltiramiz.
Ariza namunasi
O’zMU Falsafa fakultetining dekani X.I.Ikromovga
Toshkent shahar Sag’bon ko’chasidagi 41 uyda yashovchi O.R.Rahimovdan
ARIZA
Meni fakultetga kotib vazifasiga ishga qabul qilishingizni so’rayman. Arizamga o’rta ma’lumot haqidagi va maxsus kotibalik maktabini tugatganlik to’g’risidagi guvohnomani ilova qilaman
O.R. Rahimov
25.12.2005.

Download 230.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling