Mavzu: nutqning to’G’riligi, aniqligi, mantiqiy izchilligi, sofligi, ta’sirchanligi va nutqda bularga rioya qilish reja
Download 230.15 Kb.
|
D.T. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Frontal savollar.
- MAVZU: IXTISOSLIK ATAMALARI USTIDA ISHLASH REJA
Matn ustida amallar
Matndagi iqtisodga oid so'zlami terib olamiz: Bozor iqtisodi, xufiyona iqtisod, yuridik va jismoniy shaxslar, iqtisodiy faoliyat, rasmiy va norasmiy iqtisod, ro'yxatdan o'tgan tashkilotlar, yakka tartibda faoliyat ko'rsatuvchi tadbirkorlar, qo'shimcha ravishda ro'yxatdan o'tib daromad olayotgan jismoniy shaxslar, daromadlarini yashirgan, yashirin ishlab chiqarish, buxgalteriya hisob-kitoblarida aks ettirmasdan savdo-sotiq faoliyatini amalga oshirish, qalbaki hujjatlar asosida «bir kunlik» finnalar tashkil etish, hujjatsiz mahsulot sotib olish yoki sotish, kontrabanda, jinoiy elementlar majmuasi, soliqdan bo'yin tovlash, soliqlar yuki, investorlar, faolligini susayishi, iqtisodiy sektor, moliyaviy yordam, moliya-xo'jalik mexanizmini yaratish, ma'muriy to'siqlami yo'qotish. Frontal savollar. 1.Ixtisoslikka oid matn tuzish, bunda til vositalaridan o’rinli foydalanish masalasi haqida gapirib bering? 2.Bularda so’z yasash va imlo me'yorlariga qanday amal qilinadi? 3.Kasb-hunar so’zlarini o’rinli qo’llagan holda matn tayyorlang? 4.Uni boshqa uslubdagi matnga aylantirish haqida gapirib bering? 5.Matnda nutq ta'sirchanligini oshiruvchi vositalarni qo’llash nimalardan iborat? MAVZU: IXTISOSLIK ATAMALARI USTIDA ISHLASH REJA: 1.Matn tilida sohaga xos atamalarning chegaralangan holda ishlatilishi. 2.Qo’shimcha ma'no qirrasi yo’qligi, baynalminallik belgisi. 3.Atamalar ma'nosini izohlashga doir mashg'ulot. Yakka savollar 1.Matnning asosiy faktlarini ajrata bilish deganda nimani tushunasiz. 2.Yordamchi materialni qisqartirish orqali matnni ixchamlashtirish haqida gapirib bering? 3.Asosiy fikrni yordamchi material orqali to’ldirish deganda nimani tushunasiz? 4.Matn mazmunini kengaytirish haqida gapirib bering? Buyuk so'z san'atkorlari, notiqlar nutqning ta'sirchanligiga alohida e'tibor berganlar. Va bu bilan nutq madaniyati rivojiga katta xissa qo'shganlar. Notiq til vositalaridan yaxshi foydalangandagina namunali nutqqa erisha oladi. Har bir targ'ibotchi va tashviqotchi uchun, shuningdek har bir rahbar yoki umuman omma oldida leksiya o'quvchi yoki suhbat o'tkazuvchi har bir shaxslar uchun buyuk notiqlarning chiqishlari doim ibrat bo'lishi kerak. Har bir notiq ulardan o'rganishga harakat qilsa u nutqinig omma uchun tushunarli va ta'sirchan bo'lishga erishishi shubhasizdir. Boshqa qardosh respublikalar qatori O'zbekistonda ham fan-texnikaning barcha sohalaridek til ham shakllanib rivojlanadi. Natijada o'zbek tilida fan va texnikaning barcha sohalariga oid atamalar vujudga keladi, o'zlashtiriladi. Mavjud atamalarning ko’pchiligi umumiy adabiy tilga o'tib, ommalashib ketgan va hamma uchun tushunarli bolib qolgan. O'zbek tilidagi ayrim so'zlarga e’tibor bersak masalan ruchka, sumka, samolyot, parta, stol, stul kabi so'zlarni uchratishimiz mumkin. O'zbek tili atamachihgida ilgari mavjud bo'lgan jumhuriyat, munajjim kabi ko'pgina so'zlar o'rnini ruscha baynalmilal atamalar egalladi. Bir qancha so'zlar borki uni bugungi kun o'quvchilari maxsus lug'atlarsiz tushuna olmaydi. Masalan; munshiy, chorakor, qushbegi, haram, spoxsolar, voiz, anduh kabi. Bu so'zlarning ko'pchiligi taruxiy so'zlar sifatida, bir qismi eskirgan so'zlar sifatida ishlatilmoqda. Yangi vujudga kelgan yoki o'zlashayotgan atamalarni to'g'ri anglamay turib, o'zaro to'g'ri fikrlash, o'zaro bir-birini to'g'ri anglash mumkin emas. Chunonchi ilmiy maqolada ishlatilgan atamani to'g'ri tushunmagan, anglamagan ikkinchi bir xodim o'sha maqoladagi fikrni to'la anglab yetmasligi mumkin. O'quvchi esa oqituvchi fikrini to'la anglamaydi, anglasa ham chala anglaydi. Shuning uchun ham ilmiy jarayonda, shuningdek o'qish, o'qitish jarayonida atamalarning va ularning chuqur bilishni hamda o'rinli, to'g'ri o'rinli qo'llay bilishning, qisqasi atamashunoshik madaniyatining roli beqiyos bo'ladi. Har bir sohaning o'ziga xos tushunchalari bor. Bu tushunchalarning jami esa shu soha terminlarini tashkil etadi. Ana shu atamalar esa shu soha atamalar sistemasini tashkil etadi. Ya'ni shu soha atamachiligi bo'ladi. Jumladan, matematika, kimyo, biologiya, fizika, tilshunoshik, meditsina singari juda ko'p sohalar mavjud. Ularning o'zlariga xos tushunchalari ham bor: qo'shuv, ayruv; molekula, zaryad, kuchlanish va hokazo. Keltirilgan so'zlar ana shu tushunchalarni ifodalovchi atamalardir. Lug'atni atamalar bilan boyitishda dunyo tillarining roli kattadir. Lotin tili bugun o'lik tillar ro'yxatiga kirsa ham, uning tibbiyotga oid ko'pgina so'zlari, hamma tillarda, jumladan o'zbek tili lug'atida katta o'rin egallagan. Masalan: analgin, ampetsilin, anapirin, gulikoza, validol, aspirin kabi. Juda ko'p ilmiy-siyosiy atamalar yunon tilidan, musiqa atamalari italyan tilidan, harbiy atamalar nemis tilidan , kiyim- kechak nomlari fransuz tilidan, diniy tushunchalar arab tilidan kirib kelgan. Ular o'zbek tilining ichki qonuniyatlariga moslashib, so'zlashuvda faol ishtirok etmoqda. Ko'p so'zlar (militsiya, mayor, traktor kabi) o'z talaffuzimizda aytiladi. Lug'at tarkibidagi so'zlar faol va nofaol turlarga bo'linadi. Faol lug'atga umumxalq so'zlari, hamma shevalarda bir xilda tushuniladigan so'zlar kiradi. Nofaol lug'atga atamalar, shevaga xos so'zlar argon va jargonlar, tarixiy va eskirgan so'zlar qochirimlar, varvarizmlar, ayrim shaxslar tilida qollanadigan ayrim so'zlar kiradi. Nutqlar boyligi nutq madaniyatining asosiy mezonlaridan biridir. Bu so'zlovchidan muayyan so'z boyligiga ega bo'lishini talab qiladi. So'zlovchi esa o'z so'z boyligini, asosan, lug'atlar asosidagina boyitishi mumkin. Badiiy asarlarni ko'p o'qish ham so'z boyligini rivojlanishiga yordam beradi. Shunday atamalarni chuqur bilish mavjud lug'atlardan keng foydalanish, kishining so'z boyligini oshirish, so'z, atamalar ma'nosini chuqur anglay bilish katta ahamiyatga ega. Har bir fan olimi ushbu fanlar o'qituvchilarining o'z sohasiga oid atamalarni to'g'ri izohlab bersagina, ilmiy tushunchalarni boshqalarga to'g'ri yetkaza oladi. Ilmiy tadqiqotlarda, o'qituv jarayonida va har bir so'zlar ma'nosini to'g'ri, mukammal izohlab berish o'z navbatida so'z qo'llash sohasidagi yuksak nutq madaniyatini ta'minlaydi. Download 230.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling