Nutq madaniyati (ON)
I-variant
1. Qaysi qatorda so’zlar urg’usi noto’g’ri qo’yilgan?
a) yangra, yasha, yashna
b) tangens, aibatta, afsuski
c) kelmadi, qorday, mardlarcha
d) A va C javoblarda urg’u noto’g’ri qo’yilgan.
e) barcha javoblarda urg’u belgisini to’g’ri qo’yilgan.
2. Bo’g’inga ajralmaydigan so’zlar qatorini belgilang.
a) qit’a, qal’a, echim
b) hukm, gramm, ong
c) ongi, yelgil, yangi
d) A, B va C
e) A va B.
3. Kabi ko’makchisiga sinonim bo’lgan so’zlar qatorini aniqlang.
a) misol, bilan, uchun
b) singari, uchun, tomon
c) yanglig’, sari, misol
d) yo’sin, sababli, misol
e) misol, singari, yanglig’.
4. Do’stim senga takror, takror aytaman //
Bilakni simarib, ishga tush, ishga //
Bu yerda // belgilari o’rnida qaysi tinish belgilari zarur?
vergul, undov belgisi
ikki nuqta, undov belgisi
vergul, ikki nuqta
tire, undov belgisi
tire, nuqta.
5. Sinus, o’zak, kesim, ildiz, son so’zlari qanday birikmalar sanaladi?
a) shevaga xos so’zlar
b) kasb-hunar atamalari
c) ilmiy atamalar
d) yangi paydo bo’lgan so’zlar
e) B va C.
6. Menimcha, fikrimcha, aytishlaricha, nazarimda, eshitishimcha kirish so’zlarining ifodasi to’g’ri berilgan qatorni ko’rsating.
a) his-hayajonni ifodalaydi
b) fikrni shakllantirishda xizmat qiladi
c) fikrning tartibini ko’rsatadi
d) noaniqlikni ko’rsatadi
e) fikrning manbaini ko’rsatadi.
7. Ilmiy hamda badiiy asar orasidagi farqni belgilang.
a) ilmiy adabiyotda mantiqiy cho’ziqlik mavjud, badiiy adabiyot undan qisqaligi bilan ajralib turadi.
b) ilmiy asarlarda qisqalik yo’q, badiiy asar voqealarni ixcham tasvirlashi bilan farqlanadi.
c) badiiy adabiyot hayot haqiqatini jonli, badiiy va jozibali tasvirlashi bilan ilmiy asarlardan keskin farqlanadi.
d) badiiy asar hayot haqiqatini hech o’zgarishsiz, mantiqiy izchillik va xronologik ketma-ketlikda aks ettirishi bilan farqlanadi.
e) ular orasida farq yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |