Mavzu: Ochiq iqtisodiyotda pul kredit siyosatining xususiyatlari Reja: asosiy qism kirish


Prezident koronavirusning iqtisodiyotga salbiy ta’siri va global inqirozni yumshatish bo‘yicha Farmon imzoladi


Download 0.79 Mb.
bet12/15
Sana31.08.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1671980
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
iqtisodiyot fakulteti

Prezident koronavirusning iqtisodiyotga salbiy ta’siri va global inqirozni yumshatish bo‘yicha Farmon imzoladi
Shuningdek, tijorat banklari tomonidan xususiy tadbirkorlik korxonalariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun, shu jumladan, iste’mol bozorini eng zarur tovarlar bilan to‘ldirish uchun qayta tiklanadigan revolver kreditlar ajratila boshlandi.
Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan koronavirus inqirozi davrida tijorat banklari va to‘lov tizimlarining uzluksiz va barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida:

  • tijorat banklariga 2020 yil 1 apreldan boshlab Markaziy bankda depozitga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy zaxiralarning 35 foizini (2020 yil 31 martga qadar 25 foiz) vakillik hisobvaraqlarida saqlab qoldirishga ruxsat berildi; pul-kredit siyosatining mazkur instrumentiga kiritilgan o‘zgartirish yaqin kelajakda tijorat banklarini 2,6 trln. so‘m hajmidagi qo‘shimcha likvidlik bilan ta’minlashga imkon beradi;

  • likvidlilik yetishmovchiligiga duch kelgan tijorat banklariga har oyda umumiy summasi 1 trln. so‘mgacha bo‘lgan miqdorda qisqa muddatli likvidlik taqdim etish va zaruriyatdan kelib chiqib, 3 yil muddatgacha 2 trln. so‘mgacha miqdorda qo‘shicha likvidlik taqdim etishning maxsus mexanizmini joriy etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

  • G‘arbiy Yevropa davlatlarida pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari

Hozirda G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, ayniqsa, Italiya, Ispaniya va Germaniya koronavirus pandemiyasi o‘chog‘iga aylandi. Shuning uchun, mazkur davlatlarda inqiroz ta’sirini kamaytirish maqsadida yumshoq pul-kredit va soliq-byudjet siyosatlarini amalga oshirish uchun byudjet qoidalari va cheklovlari to‘xtatilmoqda va byudjet defitsitining oshishiga yo‘l qo‘yilmoqda.
Yevropa Markaziy Banki (ECB) mavjud aktivlarni sotib olish dasturi (APP) bo‘yicha 2020 yil oxirigacha qo‘shimcha 120 mlrd. yevro miqdorida va Pandemik favqulodda sotib olish dasturi (PEPP) bo‘yicha yana qo‘shimcha 750 mlrd. yevro miqdorida aktivlarni sotib olish orqali pul-kredit siyosati tomonidan iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.
Moliyaviy regulyator banklar qiyin vaziyatda qolgan mijozlarini va iqtisodiyotni kengroq qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishlari uchun prudensial talablarni yengillashtirmoqda. Xususan, ECB muhim ahamiyatga ega moliya institutlariga the Pillar 2 Guidance (P2G) bilan belgilangan kapital darajasidan (kapitalni saqlash buferi (CCB) va likvidlikni qoplash koeffitsiyentidan (LCR)) pastroq darajada vaqtincha faoliyat olib borishga imkon berdi.12

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling