Mavzu: odam embriologiyasining asoslari


Kindik yo’li yoki kindik tizimchasi


Download 347.73 Kb.
bet6/6
Sana17.11.2023
Hajmi347.73 Kb.
#1782518
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-MARUZA MASHG\'ULOT

Kindik yo’li yoki kindik tizimchasi. Kindik yo’lining hosil bo’lishida sariqlik qopcha, allantois va allantoisning tarkibidagi qon tomirlar ishtirok etadi. Bu tuzilmalarning barchasi tashqaridan amnion parda bilan o’ralgan bo’ladi.
SHakllangan kindik yo’li o’rtacha 50 sm uzunlikka ega bo’lib, spiralsimon o’ralgan to’qimadan iborat. Bu to’qima tarkibiga tezda reduktciyalanuvchi allantois, sariqlik qopchasi, sariqlik poyachasi, ikkita kindik arteriyasi va bitta kindik venasi kiradi.
Kindik yo’lining to’qimasi dirildoq moddadan iborat bo’lib, uni Bartomov ivitmasi deyiladi.
Modda tarkibidagi gialuron kislotasining juda ko’pligi hisobiga u ma’lum taranglikda bo’lib, egilishga yaxshigina qarshilik ko’rsatish xususiyatiga ega. Kindik yo’li tashqaridan iviq to’qimaga birikkan holda amnion parda bilan o’raladi.
Kindik yo’lining to’qimasi katta ahamiyatga ega. U kindik tomirlarini siqilishdan saqlab, shu bilan homilaga zarur oziq moddalar va kislorodni uzluksiz etkazib berishni ta’minlaydi. Undan tashqari, iviq to’qima yo’ldoshdan zararli moddalarning tomirlar atrofi bo’ylab homilaga o’tishiga qarshilik ko’rsatib, himoya vazifasini ham o’taydi.
Download 347.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling