Mavzu: odam embriologiyasining asoslari


Download 347.73 Kb.
bet4/6
Sana17.11.2023
Hajmi347.73 Kb.
#1782518
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-MARUZA MASHG\'ULOT

Yo’ldosh. Implantatciya qilingan homila taraqqiyotining boshlang’ich davrlarida bachadonning tushib ketuvchi qavati hamma erda bir xil tuzilishga ega bo’ladi. Tushib ketuvchi qavatning tarkibida joylashgan homila pufagining kattalashishi tufayli uni qoplab turgan tushib ketuvchi qavatning uch qismi ko’tariladi va bachadon bo’shlig’iga asta bo’rtib chiqa boshlaydi. Bu jarayon natijasida homila pufagining usti va yon tomonlarida joylashgan bachadonning tushib ketuvchi qavati-decidua capsularis nomini, homila pufagining ostida yotgan va yo’ldoshning vujudga kelishida katta ahamiyatga ega bo’lgan tushib ketuvchi qavat (decidua basalis) ning qolgan qismi bachadon devorini qoplab tu-ruvchi parda- decidua parietal is nomini oladi. Eng ko’p o’zgarishlar decidua basalis da yuz beradi. Homilaning o’sishi tufayli u cho’zilib, bachadon devorining qarama-qarshi tomonidagi decidus parietal is ga etib boradi va keyinchalik ular tutashib ketadi.
Homilaning embriotrof oziqlanishi haqida ran yuritilganda trofoblastning o’sishi, birlamchi so’rg’ichlarning tushib ketuvchi qavat ichiga botib kirishi va shu tariqa homila pufagi atrofi-dagi qon tomirlar devorining emirilib ketishi haqida aytib o’tilgan edi. Qon tomir devorlarining emirilishi homila pufagi atrofida qon quyilishiga sabab bo’ladi. Bu qon deiilual hujayralar parchalanishidan hosil bo’lgan modda va bachadon bezlari ishlab chiqargan suyuqliq, ya’ni embriotrof bilan atalashadi. Bu - embriotrof oziqlanishdan gematrof oziqlanishga, ya’ni qon orqali oziqlanishga o’tish davridir.
104-rasm. Odam yo’ldoshi (sxema).
1 - kindik tasmachasi; 2 - sariqlik qopi; 3 - kindik arteriyasi; 4 - kindik venasi; 5 -
amnion: 6-xorion; 7 - xorion so’rg’nchlari; 8 - bachadon devori; 9,10-ona qon tom irlari; 9 - arteriyalar, 10 - venalar 10
; 11 - qon to’lib turuvchi gemoxorial bo’shliqlar
9

(A. G. Knorredan).


Gematotrof oziqlanishda ona qoni bilan oqib kel-gan oziq moddalar trofoblast hujayralari tomonidan o’zlashti-riladi. Bachadonning tushib ketuvchi qavatining emirilishi to’xtay-di va aynan (decidua basalis) da homilani oziqlantiruvchi organ, ya’ni yo’ldosh vujudga keladi.
Xorion birlamchi so’rg’ichlarining ikkilamchi so’rg’ichlarga aylanishi; va shilliq qavat ichiga o’sib kirishi avval so’rg’ichli pardaning butun! yuzasi bo’ylab davom etadi. Keyinchalik zsa, so’rg’ichli pardaning decidua basalis ga tegib turgan yuzasida bu jarayon to’xtaydi. Ikkilamchi!
so’rg’ichlar yo’qolib, so’rg’ichli pardaning bu qismi endi silliq xo-rion - chorion lakeve ga aylanadi. So’rg’ichli pardaning decidua basalis ga tegib turgan qismida esa ikkilamchi so’rg’ichlar, aksincha, shidg dat bilan rijojlanib, xorionning bu bo’limi so’rg’ichli xorion-chorion frondosum ni vujudga keltiradi. So’rg’ichli xorionning so’rg’ichlari kattalashib, shilliq qavatning eng chuqur zich qaishmlariga yetib boradi. So’rg’ichlar ko’p marta shoxlanib, so’rg’ichli par-daning butachalari nomini oladi. Butachalar o’z yo’lidagi devorlarini emirib borishi natijasida qon bilan to’lgan so’rg’ichlararo bo’shliqlar vujudga keladi. SHu tariqa so’rg’ichli pardaning yuzasi, butacha va so’r-g’ichlarning hamma qismi, aniqrog’i, butun chorion frondosum ning so’rg’ichlararo bo’shlig’i ona qoni bilan to’lib turadi. Butachalarning bir qismi decidua basalis ning chuqur katlamlari bilan zich birikkan holatda qoladi, ularni tutib turuvchi so’rg’ichlar deyiladi. Bachadon shilliq qavatining zich qatlami so’rg’ichlararo bo’shliqlarga chuqur botib turgan to’siqlar, ya’ni yo’ldosh to’siqlarini hosil qiladi. To’siqlar yo’ldoshda faqat chetki qirralarida so’rg’ichli pardaning tashqi yuzasi bilan birikib, gorgina halqasimon yopuvchi plastinkani hosil qilishda ishtirok etadi; qolgan qismlarida esa to’siqlar so’rg’ichli pardaning yuzasiga etib bormaydi. So’rg’ichlararo bo’shliqning ikki to’-siq orasidagi qismi o’z ichidagi so’rg’ichli butachalar bilan birgalikda yo’ldosh orolchasi (coluledon) deyiladi. Shu vaqtga kelib bachadon tushib ketuvchi qavatining emirilishi to’xtaydi. Embriotrof suyuqlik endi hosil bo’lmaydi va embrion to’liq oziqlanishga o’tadi.
Decidua basalis zich qavatining emirilmay qolgan yupqa pla-stinkasidan Vinklerning bazal plastinkalari deb nomlanadigan yo’ldosh to’siqlari o’sib chiqadi. Bu plastinkalar, shu vaqtga kelib bachadonning o’ta yupqalanib ketgan bezlaridan iborat bo’lgan g’ovak qavatini qoplaydi.
Rivojlanishining 2,5- 3-oylarida shoxlangan yoki so’rg’ichli xorion va tushib ketuvchi qavatning bazal plastinkasi birgalikda duksimon yo’ldosh holiga keladi. R1o’ldoshning shakllanish jarayoni allantoisning rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Allantois odamda yuqori rivojlanish darajasiga etmasada, homilaning oziqlanishi va nafas olishi uchun katta ahamiyatga ega. Chunki allantois bo’ylab xorionga qon tomirlar o’sib kiradi va ularning oxirgi shoxchala-ri ikkilamchi so’rg’ichlarning stromasida joylashadi. Kindik yo’-lida allantoislarning qoldiqlari faqat hujayra tasmachalari yaiaklida saqlanib qolishi mumkin.
Odam yo’ldoshi diskoidal (gemoxorial) so’rg’ichli yo’ldoshlar tipiga kiradi va u homila hamda ona qismlaridan iborat bo’ladi.

Download 347.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling