Mavzu: odam embriologiyasining asoslari
Download 347.73 Kb.
|
5-MARUZA MASHG\'ULOT
Iuldoshning homila qismi so’rg’ichli xorion va uni qoplab tur-;gan amnion pardalarining yo’ldosh qismidan iborat. Yo’ldoshning homila qismi tarkibidagi amnion parda avval bir qavatli yassi, keyinchalik esa tcilindrsimon epiteliydan (bu epiteliy amnion bo’shliqqa qaragan) va xorionning biriktiruvchi to’qimasi tomon davom etuvchi embrional biriktiruvchi to’qimadan tashkil topadi.
Homiladorlik davrida murakkab tarmoqlangan xorion so’rg’ichlarining qalinroqlari bazal plastinkaga, ya’ni bachadon sep-talariga birikadi. Uning mayda shoxchalari qon ichiga erkin botib joylashadi. So’rg’ichlar yuzasidagi trofoblast epiteliy siyrak shakllanmagan biriktiruvchi to’qimali stromaniqoplaydi. Homiladorlik davrnga qarab trofoblast epiteliy yaqqol o’zgarishlarga uchraydi. Dastlab trofoblast ikki qavatdan: ichki (ostki) hujayralar qavati - sitotrofoblast (Lanxans) qavati va uning ustini qoplovchi xorial simplast yoki sintcitotrofoblastdan tashkil topadi. Sintcitotrofoblast tcitotrofoblast hujayralarining birlashib ketishidan vujudga kelib, u ko’p yadroli hujayralardan iborat. Simplast-sitoplazmasi tarkibida turli fermentlarning ko’pligi ona qonidan kelayotgan oziq moddalarni qayta ishlashda shu sinstotrof oblastning ahamiyati nihoyatda muhim ekanligidan dalolat beradi. Simplast yuzasining xuddi nefronning proksimal kanalchalari yoki ichak epiteliysi kabi hoshiya bilan qoplanganligini ko’rish mumkin. Homiladorlikning ikkinchi yarmida tcitotrofoblast yo’qolib, xorion so’rg’ichlarining yuzasi endi faqat sintcitotrofob-last bilan qoplangan bo’ladi. Xorion so’rg’ichlarining ayrim qismlarida xorial simplast ham nobud bo’lib, uning o’rnini to’q bo’yalish xususiyatiga ega bo’lgan gialinsimon modda koplaydi. Bu moddaga simplast parchalarining mahsuloti deb taxmin qilinadi. So’rg’ichlar stromasiui biriktiruvchi to’qima tashkil etadi. 6-8 haftalik homilada bu to’qima fibroblastlar, makrofaglar, retikulin va oz miqdorda kollagen tolalaridan iborat bo’ladi. Biriktiruvchi to’qimaning hujayralararo moddasida gialuron va xondrotinsulfat kislotalarini tutgan glikozolinoglikanlar (mukopolisaxaridlar) borligi aniqlangan. Xorial 'plastinkadan so’rg’ichlar stromasiga knndik arteriyasining shoxlari o’sib kirib, kapillyarlarga tarmoqlanadi. Kapillyarlar kislorod va oziq moddalarga to’ningan qonni kindik to- 'mirlari orqali homilaga etkazadi. Yo’ldoshning ona qismi. Yo’ldosh ona qismi bachadon shilliq qavatining bazal plastinkasidan va uni yo’ldoshning bola qismi bilan bog’lovchi biriktiruvchi to’qimali to’siq (septum placetae) hamda qon bilan to’lgan so’rg’ichlararo bo’shliq (lakunalar)dan iborat. Bazal plastinkani bachadon shilliq qavatining o’zgarishiga uchragan va xususiy, detcidural hujayralar tutuvchi biriktiruvchi to’yumali qavat hosil qiladi. Bu yirik, glikogenga mo’l detcidual hujayralar siyrak shakllanmagan biriktiruvchi to’qimaniig kam differentciallashgan hujayralaridan vujudga keladi. Bazal plastinkadan xorionga tomon biriktiruvchi to’qimali to’siqlar davom etib, ularning ba’zilari xorionso’rg’ichlariga ham birikishi mumkin. Bunday so’rgichlarni langar so’rg’ichlar deyiladi. Septalar va langar so’rg’ichlar yo’ldoshni ayrim bo’laklarga yoki kotiledonlarga bo’lady. Bo’lakchalar yo’ldoshning ona qismida yaqqol ko’rinadi. Lakunalardagi qon oqin tufayli beto’xtov yangilanib turadi. Xonni lakunalarga mushak qavatdan keluvchi bachadonning plasentar arteriyalari keltiradi. Bu arteriyalar shoxlanmay, platcentar to’siqlar orqali o’tib, qonni to’g’ridan-to’g’ri lakunalarga quyadi. Lakunalar qonni olib ketuvchi platcentar venalar bilan '‘og’langan. Odamning etuk yo’ldoshining shakli yumaloq, diametri 15-20 sm, qalinligy 3 sm, og’irligi 500 g atrofida bo’ladi. Yo’ldoshning joylanishi bachadon devorining tuxum hujayrasi bilan tshplantatciya qilingan eriga bog’liq. U ko’pincha bachadonning oldingi va orqa devorida va kamdan-kam yuqori devorida joylashadi. Ayrim holLarda yo’ldosh bachadonning ichki teshigini yopgan holda joylashishi ham mumkin (placenta praeri). Io’ldoshda qon sekin aylanadi. Har bir kotiledondagi laku-nalarning qon olib keluvchi va qon olib ketuvchi o’z venalari bo’ladi. Eng diqqatga sazovor narsa shuki, lakunalarda oqa-'yotganona qoni hech qaerda so’rg’ichlar stromasida oqayotgan homila qoni bilan aralashmaydi. Xorion so’rg’ichlari lakunalardan oziq moddani olib, pushtdan metabolik 'moddalarni qayta shu qonli bo’shliqqa chiqaradi. Bu jarayonda platcenta (xorion) vorsinkasining tuzilmalari muhim biologik filtr vazifasini o’taydi va u ona-bola qoni orasidagi bar’er (to’siq) ni hosil qiladi. Ona va bola qoni orasidagi to’siqni (gemoxorial bar’er) xorion so’rg’ichlari ichidagi tomirlar endoteliysi, so’rg’ichlar stromasi, qoplovchi hujayralar, ya’ni tcitotrofoblast hamda sintcitrofoblast tashkil qiladi. Bu qavatlar gematrof oziqlanishda eng muhim vazifani bajaradi. Io’ldosh ko’p qirrali vazifalarni bajaradi. Yo’ldoshning trofik funktciyasini xorion simplasti ona qonidagi oziq moddalarni so’rishi va qayta ishlashi tufayli amalga oshiradi. Shu yerning o’zida homila qonidagi modda almashinish mahsulotlari ona qoniga chiqarib tashlanadi, Io’ldosh orqali ona qonidagi kislsk rod bola qonini to’yintiradi, ya’ni yo’ldosh bolaning nafas oli-shini ta’min etadi. Yo’ldosh ona qonidagi zararli moddalarning (mikroblar, toksinlar va hokazolarning) bola qoniga o’tishiga to’sqinlik qiladi va bu uning himoya funktciyasidir. yo’ldosh en dokrin funktciyasiga ham ega. Uning xorial epiteliysi progeo teron va xoriogonadotropin kabi bir qator gormon-lar ishlab chiqaradi. Bola tug’ilganidan so’ng yo’ldosh va kindik, suv pardalari hamda bachadonning tushib ketuvchi qavatining zich pardasidan iborat tuzilmalar bachadondan ajraladi. Zich pardaning ajralishi uning bazal qavatiga o’tish chegarasida yuz beradi. Bazal qavat bachadon bezlarining saqlanib qolgan tub qismlari va detcidual hujay-ralardan tashkil topadi. Bola tug’ilgandan keyingi 2-3 hafta ichida bachadon bezlarining qoldiqlari (shilliq pardaning bazal qavati) hisobiga bachadonning shilliq qavati to’la tiklanadi. Download 347.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling