Mavzu: odam embriologiyasining asoslari
Download 347.73 Kb.
|
5-MARUZA MASHG\'ULOT
5-MA’RUZA MAVZU: ODAM EMBRIOLOGIYASINING ASOSLARI Odam pushti taraqqiyoti. Odam embrioni taraqqiyotining bosh-qa umurtqali hayvonlar pushtining taraqqiyoti bilan taqqoslab o’rganilgandagina u to’g’risida to’la tasavvurga ega bo’lish mumkin. Chunki odam homilasining taraqqiyoti juda murakkabdir. U umurtqalilar ontogenezining evolyutcion o’zgarishlari tufayli vujudga kelgan hosiladir. Odam embriologiyasini o’rganishning ikkinchi murakkab tomoni shundaki, odam homilasining ilk rivojlanish bosqichlarining tadqiqotchilar qo’liga tabiiy holda kelib tushishi juda mushkul. SHu sababli odam pushti taraqqiyotining ilk davrnni boshqa sut emizuvchilar embrionlarining shu davrini tadqiqot qilish asosidagina o’rganish mumkin. Odam pushtining taraqqiyoti ko’plab hayvon va o’simlik organizmlaridagi kabi urug’lanish tufayli zigota hosil bo’lishidan boshlanadi. Buning yuz berishi uchun avval ko’rib o’tganimizdek, ayollar tuxumdonida ayollar jinsiy hujayrasi-tuxum hujayrasining etilishi (ovogenez) va erkaklar urug’donida urug’ hujayralari-ning etilishi (spermatogenez) shartdir. Odam jinsiy hujayralari boshqa yo’ldoshli sut emizuvchi hayvonlarning jinsiy hujayralariga juda o’xshash bo’lsada, ulardan farq ham qiladi. Urug’lanish tuxum yo’lining boshlang’ich qismida yuz beradi. Hosil bo’lgan zigota shu zahotiyoq embrional taraqqiyotning dastlabki davriga-maydalanishga 1 kirishadi. 99-rasm. Sut emizuvchilarda maydalanish. Mandalanish
Yo’ldosh tutuvchi sut emizuvchilar kabi odam zigotasining maydalanishi to’liq, asinxron (notekis) maydalanish bo’lib, maydalanish egatlarining notekis joylashishi va blastomerlar sonining notekis ortib borishi unga xosdir. Dastlabki maydalanishlardan keyinoq 2 xil - avval yirik va so’ngra mayda, ochroq blastomerlar hosil bo’la boshlaydi. Ochroq maida blastomerlar yirik va qoramtir blastomerlar atrofida bir qavat hosil qila boshlaydi, ularni qoplab oladi. Qoplovchi mayda oqish blastomerlar - trofoblastlar qavati homilaning ta-raqqiyot jarayonida faqat uni oziqlantirish vazifasini o’taydi. Ichki tomonda joylashgan yirik qoramtir blastomerlar to’dasi- embrioblastlar ham homilani vujudga keltirishda, hamda provizor organlarning rivojlanishida asos bòladi. Maydalanish jarayoni juda ssjin boradi. Taxmin qilinishicha, urug’lanish bo’lib o’tgandan keyin dastlabki 4 kunning har birida maydalanish faqat bir marta bo’ladi. To’rtinchi kunning oxirida homila 8-12 blastomerdan tashkil topadi. Homila tuxum yo’lidayoq o’ziga suyuqlik so’rishi tufayli homila pufakchasi, ya’ni blastotcistaga aylanadi. Blastotcistani atrofidan bir qavat trofoblast hujayralari qamrab turadi. Ichki bo’shlig’i suyuqliq bilan to’lgan bu pufakchalarning bir qutbiga hujayralar to’plami bo’lmish embrioblast yoki homila tugunchasi birikkan bo’ladi. Rivojlanayotgan 4-5 kunlik odam homilasi o’z tuzilishi bilan boshqa yo’ldoshli sut emizuvchi hayvonlar blastotcistasini eslatadi. Rivojlanishning birinchi haftasi 10 oxirlarida homila tuxum yo’lidagi 2 suyuqlikning oqimi, tuxum yo’li muskullarining oldinma-keyin (peristaltik) qisqarishi va epitelial hujayra-lar kiprikchalarining hilpillovchi harakati tufayli bachadog’g tomon yo’naladi va uning devorlariga yopishib, shilliq qavat ichiga o’sib kiradi - implantatciya bo’ladi. Trofoblast hujayralarining tcitolitik ta’siri tufayli bachadon shilliq qavatining epiteliy hujayralari parchalanadi va homila pufakchasi atrofida yarim suyuq holatdagi muhit yuzaga keladi. Homilaning dastlabki rivojlanishi davrida bu muhit uni oziqlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu davr gistiotrof oziqlanish davri deyiladi. Homila pufagi tezlik bilan o’sa boshlaydi. Keyinchalik bachadon devorining shilliq qavatida, trofoblast va embrioblastlarda bir vaqtda o’zgarishlar sodir bo’lishi tufayli ho mila taraqqiyoti jadal davom etadi. Homila bachadon devorining shilliq qavatiga implantatciya qilingan va o’suvchi pufakka aylangandan so’ng bachadon devorining shilliq qavati o’zgarishlarga uchray boshlaydi. SHilliq pardaning ikkala qavati yana ham yaqqol ko’rinadi. Uning birinchi zich qavati detcidual hujayralardan hamda bachadon bezlarining chiqaruv naylaridan iborat. Ikkinchi qavati esa g’ovak bo’lib,uni nihoyatda kattalashgan bachadon bezlari tashkil etadi. Bachadon-ning bu darajada o’zgargan shilliq qavati emiriladi. Bachadon shilliq qavati o’zgarishlari avval uning butun devori bo’ylab keng tarqaladi, keyinchalik esa har xil qismlarida ular turlicha bo’ladi. 100-rasm. Odam pushtida provizor organlarining hosil bo’lishi (sxema). 1-ekzoselomik membrananing saqlanib qolgan uchastkalari. 2-xsrienning biriktiruvchi to’qimali qavati; 3-«definitiv» sariqlik qopining entodermasi; 4 - amnion bo’shlig’i; 5 - amnion tayoqchasi; 6 - trofoblast; 7- bachadon epteliysi Download 347.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling