Mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi soda hayvonlar. Reja


Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi sodda hayvonlarning umumiy tasnifi


Download 45.19 Kb.
bet2/8
Sana16.03.2023
Hajmi45.19 Kb.
#1279279
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sodda hayvonlar

1.1 Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi sodda hayvonlarning umumiy tasnifi


Parazitologiya (yunoncha ikkita so’zdan kelib chiqqan bo’lib, parasitos - tekinxo’r, parazit va logos - ta’limot, fan demakdir) -- kompleks biologiya fanining bir tarmog’i xisoblanib, parazitizm, hodisalari, ya’ni parazit bilan xo’jayin o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, ularning tashqi muhit omillariga bog’liqligi, odam, hayvon va o’simliklarda uchrovchi parazitlar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar hamda bu kasalliklarga qarshi kurash usullarini o’rganadigan fan.


Parazitologiya parazitlar morfologiyasi, anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiyasi, embriologiyasi, ekologiyasi, geografiyasi, tasnifi, filogeniyasi hamda parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlarni tekshiradi.
Akademik K. I. Skryabin parazitlarning kelib chiqishi xususiyatiga ko’ra, ularni o’rganadigan fanni ikki guruxga bo’ladi. Birinchi gurux - fitoparazitologiya deyilib, u o’simliklar dunyosidan kelib chiqadigan bakteriya, virus va boshqa parazitlar hamda ular ta’sirida sodir bo’ladigan yuqumli kasalliklarni o’rgatadi. Ikkinchi gurux - zooparazitologiya deyilib, qo’zg’atuvchisi hayvonot dunyosidan kelib chiqadigan (protozoolar, gel’mintlar, zuluklar, bo’g’imoyoqlilar va boshqalar) va har xil parazitlar ta’siridan paydo bo’ladigan kasalliklar hamda ularga qarshi kurash choralarini o’rgatadi.
Sodda hayvonlar tipi, bir hujayrali hayvonlar kеnja dunyosini tashkil etib, sodda hayvonlarning umumiy xaraktеrli bеlgilari quyidagilar:
a)Gavdasi, hamma hayotiy jarayonlarni o’z ichiga olgan, mustaqil
yashay oladigan bitta hujayradan tuzilgan.
b)Bularning ko’pchiligi tanasi kichik (50-100 mikron) faqat
mikroskopda ko’rinadi, mikroskopik hayvon.
v)Hayotiy jarayonlarni bajaruvchi gavda bo’laklariga, hujayra
bo’laklariga tashqi bo’laklariga - orgonеlla, ichki bo’laklariga-orgonoidlar dеb ataladi.
g)Qulay sharoitda umri boqiy, ko’payib yashaydi.
Umuman, parazitlarni o’rganish ob’ektlariga ko’ra tibbiyot parazitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, agronomiya (o’simliklar) parazitologiyasi va umumiy parazitologiyaga bo’linadi. Parazitologiya ko’pgina biologik, tibbiyot va veterinariya soxasidagi maxsus fanlar bilan chambarchas bog’langan. Parazitlarning tavsifi, morfologiyasi, biologiyasi va tasnifini o’rganish bilan zoologiya fani shug’ullansa, ular qo’zg’atadigan kasalliklar patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolashini o’rganish bilan esa patologik anatomiya, patalogik fiziologiya, immunologiya, virusologiya, mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizootologiya, xirurgiya, bioximiya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, zoogigiena va boshqa fanlar shug’ullanadi hamda ulardagi tadqiq etish usullaridan keng foydalaniladi.
Parazitlar xaqidagi ma’lumotlar qadim zamonlardan beri fanga ma’lum. Eramizdan ancha ilgari yassi chuvalchanglarning vakillari hamda askarida xaqida qo’lyozmalar saqlangan. Eramizdan oldingi 460-375 yillarda yashagan atoqli olim va shifokor Gippokrat birinchi bo’lib fanga "askaridoz" degan tushunchani kiritgan. U odamlarda uchraydigan askarida, ostrisa, yassi chuvalchanglarning ayrim turlari bilan birga hayvonlar parazitini (exinokokkni) ham aniqlagan. Gippokrat gel’mintlarni invazion kasalliklarning qo’zg’atuvchisi emas, balki o’z-o’zidan vujudga keladigan biror kasallikning oqibati deb noto’g’ri tushuncha bergan.
Eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashagan yunon faylasufi Arastu qoramollardagi exinokokkoz, cho’chqalardagi sistiserkoz, odam askaridasi va ostrisasi to’g’risida ma’lumotlar yozib qoldirgan. Eramizdan oldingi 116-27 yillarda yashagan Rim olimi Varron hayvonlarni botqoqlik, to’qayzorlarda boqqanda og’iz va nafas yo’llari orqali mol organizmiga ko’zga ko’rinmaydigan parazitlar kirib kasallik qo’zg’atadi deb fikr yuritgan. Eramizdan oldin va eramizning dastlabki yillarida qo’tirga qarshi oltingugurt, gel’mintozlarga qarshi piyoz, sarimsoq va boshqa surgi dorilarni ishlatganlar. Parazitlar to’g’risidagi ayrim ma’lumotlar bir qancha olimlarning qo’lyozmalaridan ham topilgan, ammo ular parazitlarni xudo yuborgan ofat deb, bu kasalliklarni "davolash" uchun xudoga sig’inish, iltijo qilish kerakligini aytishgan.
Ko’p asrlar davomida olimlar faqat ko’zga ko’rinadigan parazit chuvalchanglar va tashqi parazitlarni ta’riflash bilangina chegaralanib kelganlar. Ko’zga ko’rinmas parazitlar to’g’risidagi ilk ma’lumotlar bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi.
XVII asrning o’rtalariga kelib Italiya tabiatshunosi Redi parazitlar ustida tajribalar o’tkazadi va chivin bilan bo’kalarning tuxumdan rivojlanishini isbot qilib, parazitlar tasodifan o’z-o’zidan paydo bo’ladi degan nazariyaga zarba berdi.
Golland tabiatshunosi A. V. Levenguk (XVII asrning oxir-larida) mikroskop ixtiro qilib, butun biologiya soxasida yangi davrni boshlab berdi. Lekin 17-18 asrlarda parazitlarning faqat morfologik tuzilishi o’rganilgan xolos.
Parazitologiyaning taraqqiyotiga mikroskopning va mikroskopik tadqiqotlarning takomillashuvi yordam beradi, shu tufayli 19 asrda parazitologiya fan sifatida shakllandi.
Mana shu vaqtdan boshlab parazitlarning biologiyasi o’rganila boshlandi va eksperimental parazitologiyaga asos solindi. 19 asrning ikkinchi yarmidayoq turli kasalliklarni qo’zg’atuvchi bir hujayrali hayvonlar (sodda hayvonlar) topildi. Keyinroq esa xasharot va kanalarning ba’zi kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini tarqatishdagi roli, shuningdek, faqat odamga xos bo’lgan parazitar kasalliklar ham aniqlandi.
. Akademik K.I.Skryabin sobiq ittifoq gel’mintologlari maktabini yaratdi.
O`zbekistonda parazitologiya bo’yicha ilmiy ishlar O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli Zoologiya institutida, O`RFAning Qoraqalpog’iston filiali institutlarida, O`zbekiston milliy universitetida, Samarqand davlat universitetida, O`zbekiston veterinariya ilmiy-tekshirish institutida, Samarqand qishloq xo’jalik institutida, O`zbekiston tibbiyot parazitologiyasi hamda O`rta Osiyo fitopatologiya institutlarida, Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlarida olib borilmoqda. O`zbekistonda parazitologiya fanining rivojlanishida N.B.Badanin, O`RFA akademiklari A.T.To’laganov, M.A.Sultonov, E.X.Ergashev, J.A.Azimov, professorlar S.N.Bobojonov, N.M.Matchonov, SH.A.Azimov, A.O.Oripov, ularning shogirdlari muhim ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Xozirgi vaqtda er yuzida 2 mln. dan ortiq hayvonlarning turi mavjud bo’lsa, shuning 6 foizini parazitlar tashkil qiladi, ya’ni bir hujayrali hayvonlarning 3500 dan ortiq turi, so’rg’ichlilar sinfining 5000 ga yaqin turi, tasmasimon chuvalchanglarning 1800 turi, tikanboshli chuvalchanglarning 500 ga yaqin turi, nematodalar sinfining 3000 dan ortiq turlari va bo’g’imoyoqlilar tipiga kiruvchi hayvonlarning bir qismi ham parazitlardir

Download 45.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling